O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet129/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

19.8-rasm. Qimmatli qog‘/ozlarni tasnifi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘/zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. AJ tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘/lishi kerak. AJning ustavida aksiyadorlar olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilanishi kerak. Qimmatli qog‘/ozlarga dividend hisoblanganda, xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga muvofiq, ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1. Qiymat usuli. Mazkur usul qo‘llanganda investor o‘z mablag‘ini boshqa korxonaga dastlabki qiymati bo‘yicha qo‘/yadi. Uning asosiy tamoyillari shundan iboratki, investitsiyalar qiymati sho‘‘ba tuzilmalarining moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida hisobga olinadi. Bu usulni quyidagi hollarda qo‘/llash tavsiya etiladi:
- sho‘‘ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va uni nazorat qilish ham vaqtinchalik bo‘lganda;
- sho‘‘ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag‘/ o‘/tkazish qobiliyatini jiddiy darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar doirasida faoliyat yuritganda. Masalan, sho‘‘ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan qo‘yiladigan dividendlarni to‘/lashda cheklashlar mavjud bo‘lishi mumkin.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho‘‘ba jamiyatiga sezilarli darajada ta’/sir o‘/tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalarning joriy qiymati sho‘‘ba jamiyatining xo‘/jalik faoliyati natijalariga bog‘liqlikda o‘/zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi, zarar ko‘rganda yesa kamayadi;
- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani yegalik ulushiga munosib ravishda aks yettiradi: uning sho‘‘ba jamiyatidagi ulushi qancha ko‘/p bo‘/lsa, bosh jamiyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko‘/p summaga oshiriladi;
- olingan dividendlar daromad sifasida qaralmaydi, balki investitsiyalar qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Misol. Korxona boshqa jamiyatning aksiyalarini 60 foizini 900 mln. so‘m nominal qiymati bo‘/yicha sotib oladi va buxgalteriya hisobidan quyidagicha yozuvlarni amalga oshiradi;
Debet 0620 900 000 ming so‘/m
Kredit 5110 900 000 ming so‘/m
Hisobot yili tugagach, sho‘‘ba jamiyati 65 000 ming so‘/m sof foyda oladi va u bosh jamiyat nazoratida bo‘lganligi bois investitsiyalar qiymatining oshganligini hamda daromad summasini yegalik ulushiga munosib ravishda, 39 000 ming so‘/mni (65 000 x 60%) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks yettiradi:
Debet 0620 39 000 ming so‘/m,
Kredit 9590 39 000 ming so‘/m.
Mazkur muomaladan so‘ng investitsiyalarning balans qiymati 939 000 (900 000 + 39 000) ming so‘/m, ya’ni sho‘‘ba jamiyatining foydasi darhol bir tomondan - investitsiyalar qiymatining oshishi, boshqa tomondan - bosh jamiyatning daromadi sifatida aks ettiriladi.
Faraz qilaylik, sho‘‘ba jamiyati dividendlar sof foydaning 50 foizi miqdorida, ya’ni 32 500 mmng so‘/m to‘lash haqida ma’lum qiladi. Bu holatda bosh jamiyat o‘/zining ulushiga mutanosib ravishda mazkur summaning 60 foizini olishi va buxgalteriyada quyidagicha aks yettirilishi lozim:
Debet 4840 19 500 ming so‘/m,
Kredit 0620 19 500 ming so‘/m.
Bu muomalalardan keyin investitsiyalarning balans qiymati 880 500 (900 000 – 19 500) ming so‘/mni tashkil qiladi. Ya’ni, ulushbay ishtirok usuli bo‘yicha sho‘‘ba jamiyatiga investitsiyalar hajmi sho‘‘ba jamiyat olgan foydaning tegishli ulushini undan olingan dividendlarni ayirgan holda vaqti-vaqti bilan uzatib boriladi.
Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar ko‘rinishidagi daromadlarni hisobga olish. Foiz ko‘rinishidagi daromadlar bu korxona bo‘sh pul mablag‘/larini boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qarzga va kredit tashkilotlariga vaqtinchalik depozitga qo‘yishdan oladigan ustama haq sanaladi. Foiz ko‘/rinishidagi daromadlar 9530 “Foiz ko‘rinishidagi daromadlar” schyotida hisobga olib boriladi. 9530-“Foizlar ko‘/rinishidagi daromadlar” schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4830-“Olinadigan foizlar”
Kredit 9530-“Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”.
Misol. Aksiyadorlik jamiyati har birining nominal qiymati 100 ming so‘/m bo‘lgan 1 000 dona obligatsiya uchun 12 oy muddatga sarmoya joylashtirdi. Obligatsiyalar 110 ming so‘/m narxi bo‘yicha to‘/liq joylashtirilgan. Obligatsiya qarzining sharti bo‘/yicha obligatsiya qiymati va yillik 36 % (nominal qiymatdan)dan kelib chiqqan to‘/lovlar bir vaqtda qoplanishi nazarda tutilgan.
Debet 4830-“Olinadigan foizlar” 36 000 so‘m
Kredit 9530-“Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” 36 000 so‘m


Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling