O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


-BOB. MATERIAL XARAJATLARINING HISOBI


Download 5.72 Mb.
bet207/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

24-BOB. MATERIAL XARAJATLARINING HISOBI.

24.1. Materiallarni boshqarish jarayonining asosiy tushunchalari.


24.2. Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimini farqlash.
24.3. Ishlab chiqarishga beriladigan materiallar qiymatini baholash.


Tayanch so‘z va iboralar: bevosita (asosiy) materiallar, bilvosita materiallar, materiallar, davriy tizim, uzluksiz tizim, Yalpi identifikatsiyalash usuli, LIFO usuli (Last-in, first-out LIFO), O’rtacha qiymat usuli (Average-cost AVECO), FIFO usuli (First-in, first-out FIFO), NIFO usuli (next-in, first-out NIFO ), me’yoriy qiymat usuli,


24.1. Materiallarni boshqarish jarayonining asosiy tushunchalari

Materiallar - bu ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadigan va bir ishlab chiqarish tsiklida qatnashib o’z qiymatini yangi yaratilayotgan mahsulotga o’tkazidigan mehnat buyumlaridir.


Bevosita (asosiy) materiallar - mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo. Avtomobil korpusi tayyorlanadigan po’lat taxta bunga misol bo’la oladi.
Bilvosita materiallar – bu ishlab chiqarishda iste’mol qilinadigan zahiralar, masalan moylash materiallari, gaykalar, vintlar hamda xo’jalik yuritishda foydalaniladigan boshqa materiallardir. Bilvosita materiallar ishlab chiqarish ustama xarajatlarining bir qismini tashkil etadi.

Materiallarni xarid qilish


Materiallarni korxonaga kelishini xarid bo’limi nazorat qiladi, bu bo’lim material etkazib beruvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarishini nazorat qiladi, materiallar sifati va kamomadi bo’yicha ularga da’vo rasmiylashtiradi, yuklar korxona omboriga o’z vaqtida etib kelmasa, ularni qidiradi. Xarid qilish jarayoni materiallarga ehtiyoji bo’lgan bo’linmalarning talabnoma berishi bilan boshlanadi. Unda qanday material qancha miqdorda kerakligi ko’rsatiladi. Tegishli shaxs talabnomani ma’qullagandan so’ng hujjatning bir nusxasi xarid bo’limiga yuboriladi. Xarid uchun ma’sul xizmatchi o’zidagi mavjud axborotdan foydalanib, tegishli material etkazib beruvchini tanlaydi, shundan so’ng xaridga buyurtma tuzadi, unda buyurtmachi talab qilayotgan materiallarga oid axborot bo’ladi. Xarid qilishga buyurtmaning bir nusxasi shu hujjatdagi ma’lumotlarni olingan tovarlar miqdoriga solishtirish uchun qabul qiluvchi bo’limga yuboriladi.36
Material tovarlarni qabul qilish bo’limiga etib kelganda, bo’lim xodimi shu materialga tegishli xarid qilish uchun berilgan buyurtma raqami, miqdori, sifatini aniqlaydi. Material to’g’risidagi to’la axborot material olingani to’g’risidagi xabarnomaga yoziladi, so’ngra material omborga yuboriladi. Omborda yukni ko’zdan kechirishadi, tovar etkazib beruvchi to’ldirgan yukka qo’shib yuboriladigan hujjatdagi ma’lumotlarga, buyurtma nusxasiga solishtiriladi

Materiallarni saqlash


Ombor xodimi materiallar uchun quyidagilarga javobgardir

    • foydalanish uchun olishga qulay bo’lishi uchun;

    • sifati buzilishidan, yong’in va o’g’irlashdan himoyalangan bo’lishi uchun;

    • tejamli saqlanishi uchun.

Ko’p hollarda ombor xodimlari ombor hisobi kartochkalaridan foydalanib, omborga kelgan, ishlab chiqarishga berilgan materiallar va ularning zahiralarini hisoblab boradilar.
Materiallarni ishlab chiqarishga berish

Ishlab chiqarish tsexlariga materiallar berilganda, material berish talabnomalari bilan beriladi va nazorat qilinadi. Talabnomalar quyidagi vazifalarni bajaradi:

    • ombor xodimiga materialni berishga ruxsat etadi;

    • bosh daftarga va ombor hisob kartochkasiga yozishga asos bo’ladi.


Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling