O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Xarajatlarni baholashda grafik va miqdor usullarni ko‘llashning xususiyatlari
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23.1-rasm. Ishlab chiqarishning turli darajasida texnik xizmat ko’rsatishga xarajatlarning grafik ifodasi.
- Eng ko’p va eng kam qiymat usuli
- Ishlab chiqarish hajmi, birlik Texnik xizmatlar ko’rsatishga sarflar
23.3. Xarajatlarni baholashda grafik va miqdor usullarni ko‘llashning xususiyatlari
Grafik usul yoki yoyilish diagrammasi. Bu usul faoliyatning har bir turiga umumiy xarajatlar grafikasini chizib borishni o’z ichiga oladi. Umumiy xarajatlar - tik o’q (U) bo’yicha, ishlab chiqarish hajmi - ko’ndalang o’q (X) bo’yicha o’tkaziladi, tarqalgan nuqtalar orqali to’g’ri chiziq tortiladi. Masalan, oldingi o’nta to’rt haftalik hisobot davri uchun quyida keltirilgan texnik xizmat ko’rsatishga umumiy xarajatlarga doir ma’lumotlardan hamda mashinalarning ish vaqtidan foydalanib diagramma tuzamiz.
Shu grafik usuldan foydalanib, regressiya tenglamasini aniqlash zarur.
23.1-rasm. Ishlab chiqarishning turli darajasida texnik xizmat ko’rsatishga xarajatlarning grafik ifodasi. 3.1-rasmsidan ko’rinib turibdiki, faoliyatning har bir darajasiga texnik xizmat ko’rsatish xarajatlari yozilgan, to’g’ri chiziq esa, undan yuqoridagi nuqtagacha jami masofa quyida joylashgan nuqtagacha bo’lgan masofaga taxminan teng keladigan qilib o’tkazilgan. To’g’ri chiziq tik o’qni kesib o’tadigan V nuqtasi (£ 240)doimiy chiqimlarga tengdir, ya’ni u = a + bx34 bu a ning qismi regressiya formulasida bir martalik o’zgaruvchi chiqim b to’g’ri chiziq nuqtalari o’rtasidagi og’ishlarni tahlil qilish va quyidagi hisob bilan aniqlanadi: b = (xarajatlardagi farq) / (Ishlab chiqar. hajmidagi tafovut) = (720-560)/(240-160) = 2 sh.b. Bu hisob ishlab chiqarish darajasining 160 dan 240 gacha darajasini birlashtiruvchi to’g’ri chiziqda xarajatlarda bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni qiyoslash asosida amalga oshiriladi. Buning natijasida regressiya formulasini olamiz: u = 240 + 2x. Agar X qimmatini 100 deb hisoblasak, tenglama bunday tus oladi u = £240 + (2 • 100) = 440 sh.b. Grafik usuldan foydalanish oson va u korrelyatsiya yo’q bo’lgan sharoitda yoki kuzatiladigan miqdorlar betartib o’zgarganda xarajatlarni foydali vizual tasavvur qilishni ta’minlaydi. Biroq bu usulning kamchiligi bor, bu kamchilikning to’g’ri chiziq qaerdan o’tishini aniqlashning sub’ektivligi bilan bog’liq, ya’ni turli kishilar turlicha og’ishdagi chiziq o’tkazishadi. Natijada xarajatlar bahosi ham farq qiladi. Bu qiyinchilikni engish uchun chiziqni sub’ektiv emas, balki matematik usullar asosida, masalan, eng kam kvadratlar usulidan foydalanib o’tkazish afzaldir. Eng ko’p va eng kam qiymat usuli eng yuqori va eng kam faollik davrini tanlash va xarajatlardagi o’zgarishlarni shu ikki darajaga muvofiq ravishda qiyoslashdan iborat. Bunday yondashuv quyidagi misolda ko’rsatilgan. Quyida mahsulot chiqish va texnik xizmatlar ko’rsatishga oldingi 12 oydagi oylik hisob ma’lumotlari keltirilgan.35 Bu ma’lumotlar ishlab chiqarishning eng past va eng yuqori darajasida olingan.
Mahsulot birligiga o’zgaruvchi xarajatlar quyidagicha hisoblanadi: b = (Xarajatlardagi farq) / (Ishlab chiqarish hajmidagi farq) = (32000-22000)/(10000-5000)=2 sh.b. Doimiy chiqimlar ishlab chiqarishning har qanday darajasida (mahsulot birligida o’zgaruvchi xarajatlar doimiy qoladi, deb faraz qilinadi) umumiy xarajatlardan o’zgaruvchi xarajatlar ulushini chiqarib tashlash yo’li bilan baholanishi mumkin. Chunonchi, ishlab chiqarish darajasi 5000 birlikni tashkil etganla umumiy xarajatlar 22 000 sh.b.ni tashkil qiladi, umumiy o’zgaruvchi chiqimlar esa — 10000 sh.b. (bitta sh.b.ga 2 tadan sh.b. - 5000) farqi £12 000 deb taxmin qilish mumkin. Demak bu doimiy xarajatlarga to’g’ri keladi. Bu holda xarajatlar funktsiyasi bunday ko’rinishda bo’ladi: u = 12 000 + 2x.
Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling