23.2. Xarajatlarni baholashda muhandislik va buxgalteriya usullarining afzalliklari
1) muxandislik usullari;
2) buxgalteriya usullarini tekshirish;
3) grafik usul yoki tarqalish diagrammasi;
4) eng ko’p va eng kam miqdor usuli.
Bu yondashuvlar xarajatlar vazifalarini aniqlashning aniqlik darajasi bo’yicha va ularni amalga oshirish xarajatlari bo’yicha farq qiladi. Bu usullar bir-birini istesno qilmaydi, xarajatlarning turli toifalari uchun turli usullar qo’llanilishi mumkin.
Muxandislik usullari. Xarajatlar o’zgarishini tahlil qilishning muxandislik usullari keltirilayotgan resurslar bilan chiqayotgan mahsulot o’rtasidagi texnologik bog’liqlikni muhandislik tahlilidan foydalanishga asoslanadi. Masalan, ular qatoriga texnik tahlil tusidagi tadqiqot usullari, ishni tanlash va vaqt hamda harakatni o’rganish kiradi. Bu yondashuv xarajatlar bilan chiqimlar o’rtasidagi omillarni jismoniy bog’liqlik (tobelik) mavjud bo’lganda ma’qul hisoblanadi. Texnik tahlilni bajarish protsedurasi faoliyat turi uchun talab qilinadigan asosiy jismoniy xarakteristikani (tavsifni) to’g’ridan-to’g’ri kuzatishga va so’ngra olingan natijalarni chiqimlarning kutilayotgan qiymatiga aylantirishga asoslanadi. Texnik talablarni biladigan muxandislar talab qilinadigan materiallarning miqdorini va xodimlarning mehnati qancha davom etishini, turli operatsiyalar uchun uskunalarning ishini baholaydilar, shundan so’ng qiymat bahosini resurslar narxi va stavkalarini olish uchun jismoniy ko’rsatkichlar bilan bog’lanadi. Muxandislik usuli takrorlanuvchi jarayonlar xarajatlarini aniqlash uchun foydalidir, chunki bu jarayonda keltiriladigan resurslar bilan mahsulot chiqishi o’rtasidagi bog’liqlik ma’lumdir. Masalan, bu usul asosiy ishlab chiqarish materiallariga, xodimlarning mehnatiga, mashina-uskunalarning ishlash vaqtiga tegishli xarajatlarni baholash uchun qo’llaniladi, chunki ularni bevosita kuzatib turish va o’lchash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |