Udk: 159. 9(075) irodaviy xususiyatlarni mustahkamlashda autotrening mashg’ulotlaridan foydalanish afzalliklari yadgarova Ozoda Ibragimovna


Download 27.96 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1166316
  1   2   3   4
Bog'liq
Yadgarova. maqola, Autotrening ilmiy urnal


UDK: 159.9(075)


IRODAVIY XUSUSIYATLARNI MUSTAHKAMLASHDA AUTOTRENING MASHG’ULOTLARIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI


Yadgarova Ozoda Ibragimovna
Samarqand davlat chet tillar instituti
E-mail: yadgarovaozoda514@gmail.com


Annotatsiya: Ushbu maqolada insonning irodaviy xususiyatlarini mustahkamlashda yordam beradigan autotrening mashg’ulotlarini ayrimlari va ularni qo’llash usullarining afzalliklari bayon etilgan. Inson o’z oldiga maqsad qo’yar ekan, maqsadiga ersishish yo’lida turli ruhiy to’siqlarga uchrashi tabiiydir, bu kabi muaommolarni yengishga foydalansa bo’ladigan psixologik mashg’ulotlarni o’tkazilish tartiblari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: autotrening, iroda, ruhiy zo’riqish, autogen mashqlar, relaksatsiya, vizuallashtirish, tasdiqlash, ritm

Аннотация: В этой статье описаны некоторые упражнения аутотренинга, помогающие укрепить силу воли человека и преимущества методов их применения. Когда человек ставит перед собой цель, для него естественно встречать различные психические препятствия на пути к достижению своей цели.


Ключевые слова: аутотренинг, воля, психическое напряжение, аутогенные упражнения, релаксация, визуализация, аффирмация, ритм.


Abstract: This article describes some auto-training exercises that help strengthen a person’s willpower and the benefits of their methods of application. When a person sets a goal, it is natural for him to meet various mental obstacles on the way to achieving his goal.
Key words: auto-training, will, mental stress, autogenic exercises, relaxation, visualization, affirmation, rhythm.

Ma’lumki, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etishga mo‘ljallangan fanlardan bittasi psixologiya fani hisoblanadi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tatbiq etilayotganligi uning nufuzi, mas’uliyati ortayotganligidan dalolat beradi. Istiqlol sharofati tufayli ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona munosabatda bo‘lish imkoniyati vujudga keldi. Hozirgi kunda psixolog mutaxassislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmaning ko’payishi, psixologlardan nafaqat o’z fanini chuqurroq bilishni, balki insonlar bilan ishlashda psixologik mash’g’ulotlardan keng foydalanishni taqozo qilmoqda. Inson o’z oldiga maqsad qo’yar ekan, maqsadiga ersishish yo’lida turli ruhiy to’siqlarga duch kelishi tabiiy.[2] Biz quyida tavsiya etgan ba’zi autotrening mashg’ulotlar insonni o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishdagi to’siqlarni yengishga, o’z irodasini mustahkamlashga, stresslarni yengishga yordam beradi. Shu o’rinda Autogen mashg’ulotlar haqida to’xtalib o’tsak. Psixologiyada autogen mashg’ulotlar deganda nimani tushunamiz. Bu kabi mashg’ulotlarni kimlar va qanday holatda foydalanadi. Autogen mashq (yun. autogenes – oʻzi bajaradigan), autotrening – ichki a’zolar funksiyasi, harakat faoliyati buzilganda oʻz-oʻzini ishontirish va oʻz-oʻzini boshqarish orqali shu holatdan forigʻ boʻlishga olib keladigan psixoterapiya (ruhiy davolash) usuli. [1] Bu psixologik usul birinchi bo’lib, Nemis olimi I. Shuls tomonidan taklif qilingan. Autogen mashq biror texnik moslama (xotira, diqqat trenajeri va boshqalar) yoki kishining oʻz xohish irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu mashg’ulot nafaqat bemor insonlarga balki sog’lom ammo ruhiy zo’riqishi bor insonlarga qo’llasa ham bo’ladi. Bunda mijozni oyoq-qoʻllarini boʻsh qoʻyishga, hech narsani oʻylamaslikka, faqat sogʻayib ketishga ishontirishga harakat qilinadi. Bu usul boshqa ruhiy davolash usullari bilan birga qoʻshib olib borilganda yaxshi naf beradi. Asosan nev yuzlarida, ayniqsa uyqu buzilganda qoʻllaniladi. Qisqa muddatli dam olish va ta’kidlaganimizdek sogʻlom kishilar ham undan foydalanadilar.


Inson doim tinch, xotirjam, osuda hayot kechirishga intilib keladi. Biroq kundalik tashvishlar, ortiqcha siqilishlar, davomli stress oxir-oqibat ruhiy-emotsional barqarorligimizga salbiy ta’sir kо‘rsatmay qо‘ymaydi. Bu holat kо‘payib borgani sari, insonda ruhiy о‘zgarishlar rо‘y bera boshlaydi. Mutaxassislar bunday vaziyatlarni yengish uchun autotrening mashqlarga murojaat qilishni maslahat beradilar. Davolash va ongni boshqarish usuli bо‘lgan autotrening о‘zini о‘zi ishontirish orqali amalga oshiriladi. “Maind fitness”, ya’ni “psixologik trening” deb ham yuritiladigan ushbu mashq bosh miya, psixika va skelet mushaklari orasidagi о‘zaro aloqadorlik xususiyatlariga asoslanadi. Autotrening – bu ongni xayolan boshqarish hisoblanadi. Uning yordamida inson о‘z xayolini boshqarishi, stressdan xalos bо‘lishi, kamchilik, nuqson va qо‘rquvlardan qutulishi, eng muhimi, ishchanlik qobiliyatini shakllantirishi mumkin. Psixologik trening о‘qitishning yangicha yondashuvi bо‘lib, shaxsiy hayolimiz bilan harakatlarimizni erkin boshqara olish uchun о‘zimizga nisbatan ishonch hissini beradi. Psixologik treninglar harakatlarga yо‘naltirilgan kompleks mashqlardan iborat. Kishida ustanovka va idrok bir vaqtning о‘zida ishlasa, shuningdek, erishmoqchi bо‘lgan maqsadi aniq bо‘lsa, bunday mashqlarni bajarish hamda natijaga erishish osonroq kechadi.
Autotrening xayoliy mashg‘ulotning individual dasturi bо‘lib, kishining ma’naviy-ruhiy sohasining rivojlanishi hisoblanadi. U eski stereotiplardan voz kechib, yangi xulq-atvorni yuzaga keltirishni ifodalaydi. Bilamizki, xayol harakatlarimizni boshqarishda ishtirok etadi. Autotrening yordamida kishilarning xayoliy obrazlari turlicha о‘zgarishi mumkin. Ya’ni u о‘z imkoniyatlarimiz doirasidan yuqori darajaga erishish, о‘zimizga bо‘lgan ishonchni oshirish uchun ham autotrening metodikasini qо‘llashni bilishimiz kerak.[3]




Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling