Udk: 159. 9(075) irodaviy xususiyatlarni mustahkamlashda autotrening mashg’ulotlaridan foydalanish afzalliklari yadgarova Ozoda Ibragimovna


Autotrening texnologiyasi nazariy jihatdan t


Download 27.96 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1166316
1   2   3   4
Bog'liq
Yadgarova. maqola, Autotrening ilmiy urnal

Autotrening texnologiyasi nazariy jihatdan tо‘rt tamoyilga asoslangan:



relaksatsiya
Relaksatsiya - bu tana va psixikaning hamkorlikda ishlashida namoyon bо‘ladi. Relaksatsiya vaqtida kishi bо‘shashadi, hech narsa haqida о‘ylamaydi, diqqatini ichki ovoziga qaratadi

Vizuallashtirish
Vizuallashtirish - bu kо‘rish, eshitish, hid, ta’m va tana sezgilari yordamida ichki obrazni yaratish bilan xarakterlanadi

Tasdiqlash
Tasdiqlash - bu ichki obraz bilan qayta-qayta takrorlanadigan sо‘zlarning uyg‘unlashuvidir. Kishi о‘zini omadining kelishiga, maqsadiga rishishiga ishontiradi. Miyasiga aniq vazifa qо‘yadi. Muayyan sо‘z yoki fikrni qayta-qayta takrorlash natijasida, miya kerakli “tо‘lqinga sozlanadi”.

Ritm
Ritm - bu о‘zida ikkita tushunchani mujassamlashtiradi: ya’ni individual ritm va faoliyat ritmi. Individual ritm kishi tomonidan bajariladigan u yoki bu faoliyatning qanday yuzaga kelishi haqidagi tasavvurdir. Faoliyat ritmi esa, kishining tabiiy ritmi bо‘lib, ayni paytda u yoki bu faoliyatni bajarishi hisoblanadi.



Quyida autotrening texnologiyasining nazariy jihatdan bo’lingan tо‘rt tamoyillariga amal qilgan holda insonlardagi irodaviy xususiyatlarni mustahkamlash mashqlarini ba’zilarini ko’rib chiqamiz. Bu kabi auto mashg’ulotlarni o’tkazishning ma’lum bir talablari ham mavjud. [3]
- Psixologlar о‘zini о‘zi boshqarish usullaridan xarakter va temperamentingizga kо‘proq mos keladiganini tanlash zarurligini ta’kidlashadi. Bunda individual xususiyatlaringiz tanlov mezoni bо‘lishi kerak.
- О‘zini о‘zi boshqarish usullari yо‘nalishi bо‘yicha farqlanishi mumkinligini ham inobatga olish zarur. Bir vaziyatda ular asabiy zо‘riqishni bartaraf etish, tinchlanish, mehnat qobiliyatini tiklashga yordam bersa, boshqasida safarbarlikka, xizmat sharoitlariga eng mos keladigan ruhiy holatga kirishishga yordam beradi.
Aksariyat odamlarda о‘z niyatlarini amalga oshirish uchun iroda yetishmaydi. Irodaviy faollikning ushbu tomonini mustahkamlash uchun autogen mashq jarayonidagi о‘zini о‘zi ishontirishdan foydalanish mumkin. Relaksatsiya holatida (ayniqsa, ertalab, uyg‘ongandan sо‘ng) irodaviy faollikni mustahkamlashga qaratilgan о‘zini о‘zi ishontirish mashqlari bajariladi. О‘zini о‘zi ishontirish formulalari mutlaqo individual bо‘lib, ular qisqa bо‘lishi va iloji boricha, tasdiq gap shaklida ifodalanishi lozim. Masalan, «qaror qat’iy...», «belgilangan vazifani bajaraman...», «diqqatim jamlangan!» kabi. Yomon odatlarga qarshi kurashish va nomaqbul xarakterologik xususiyatlarni tuzatish uchun ham о‘zini о‘zi ishontirish usuli foyda beradi. Deylik, juda qattiq gapirishga odatlanganda – «past ovozda gapiryapman», haddan tashqari hissiy ta’sirchanlikda – «men xotirjamman, о‘z his-tuyg‘ularimni oson ushlab turaman», chekishni tashlashni xohlaganda «men bemalol chekmay tura otaman... sigaretlar menda nafrat uyg‘otadi» usullaridan foydalaniladi.
Quyida irodaviy xususiyatlarni mustahkamlash mashqlarini ba’zilarini o’tkazilish tartibini keltirib o’tamiz:[6]
Meditativ nafas konsentratsiyasi” bu mashg’ulot nafas olish bilan bevosita bo’gliq bo’lganligi bois - nafas texnikasi deb ham ataladi.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling