Udk: 159. 9(075) irodaviy xususiyatlarni mustahkamlashda autotrening mashg’ulotlaridan foydalanish afzalliklari yadgarova Ozoda Ibragimovna


Download 27.96 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1166316
1   2   3   4
Bog'liq
Yadgarova. maqola, Autotrening ilmiy urnal

Ushbu mashqning maqsadi: tо‘laqonli bо‘shashish, nafas jarayonining ritmizatsiyasi, ichki barqarorlik, emotsional reaksiyaga erishish muvaffaqiyati.
Bajarish vaqti: 3-5 daqiqa.
Muolaja yo’riqnomasi: qulay joylashib oling. Tanangizni bо‘shashtiring. Diqqatingizni nafas olishga qarating. Nafas olishning tabiiy usulini о‘zgartirmang, biroq uni nazorat qiling. О‘zingizga: «men nafas olishimni his qilyapman, nafas chiqarishimni his qilyapman», deb ayting. Mashq bir necha marta bajarilgandan sо‘ng parishonlik holati yо‘qolib, diqqatning bir joyga jamlanishi mukammallashib boradi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu mashq juda samarali bо‘lib, faqat uni tо‘g‘ri qо‘llay bilish lozim.
Yuqori energiya” mashg’uloti - bu mashg’ulot qisqa muddatda o’tkaziladigan mashg’ulot bo’lib, agar to’g’ri qo’llanilsa, insonga yuqori energiya quvvatini hamda kuchini olish berish imkonini beradi.
Ushbu mashg’ulotningning maqsadi: qisqa muddatli energiya quvvati va uni tо‘g‘ri qо‘llay bilish mahoratini shakllantirish.
Bajarish vaqti: 3 daqiqa.
Muolaja yo’riqnomasi: Tungi yorqin osmonni tasavvur qiling. О‘zingiz uchun eng charaqlagan yulduzni tanlang. Mana endi… uni yutib yuboring... u sizning organizmingizda yorilib ketadi va butun tanangizni energiya bilan tо‘ldiradi. Energiya organizmning barcha katakchalariga kirib boradi va sizni nimadir qilish, biror narsani о‘zgartirish yoki tо‘g‘rilashga undaydi. Oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga erishish yo’lida paydo bo’lgan muammolarni bartaraf eta olishingiz uchun energiya, irodaviy kuch beradi. Dadilroq harakat qiling!
Davolovchi xotira” mashg’uloti. Bu mashg’ulot davomida insondan o’tmishida xotirasida qolgan har bir voqeani sinchiklab ko’rib chiqishni va tahlil qilishni talab qilganligi bois ham - kuzatuv texnikasi deb ham ataladi.
Ushbu mashqning maqsadi: ijobiy emotsiyalar faollashuvi yuzaga chiqarish, ichki resurslarni tiklash, ijobiy tafakkur darajasiga olib chiqish uchun tushkunlik holatidan olib chiqish.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling