Yashil energetikaga o’tishning afzalliklari begmatova Muxlisaxon Mutalibjon qizi, assistant


Download 63.84 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi63.84 Kb.
#1463089
  1   2   3
Bog'liq
14.12.2022 Termiz MI


YASHIL ENERGETIKAGA O’TISHNING AFZALLIKLARI
Begmatova Muxlisaxon Mutalibjon qizi, assistant
Oxunov Shoxruxbek Olim o’g’li
Farg’ona politexnika institute
begmatova.muxlisaxon@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqida ma’lumot berilgan. Asosiy e’tibor qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish afzalliklari va uni O’zbekistondagi istiqbollariga qaratilgan.
Kalit so’zlar: No’ananaviy energiyaning afzalliklari, o’zbekistondagi shamol elektr stansiya qurilish joylari, no’ananaviy energiyaning jahon miqyosida tutgan o’rni
Аннотация: В этой статье содержится информация о возобновляемых источниках энергии. Основное внимание уделяется преимуществам использования возобновляемых источников энергии и их перспективам в Узбекистане.
Ключевые слова: Преимущества нетрадиционной энергетики, площадки строительства ветряных электростанций в Узбекистане, роль нетрадиционной энергетики в мире.
Annotation: This article gives information about renewable energy. The main focus in on the advantages of using renewable energy sources and their prospects in Uzbekistan.
Key boards: Advantages of non-conventional energy, wind power plant construction sites in Uzbekistan, the role of non-conventional energy in the word.
Noan'anaviy energiya qayta tiklanadigan va noyob manbalardan olinadigan elektr energiyasi; ya'ni elektr energiyasiga aylanish uchun tabiatda tutish qiyin bo'lgan manbalar. Shamol energetikasi (shamol), quyosh panellari (quyosh), to'lqin energiyasi (dengiz to'lqinlari), geotermik energiya (tuproq), biogaz va biomassa energiyasi ajralib turadi.
Ushbu shakllarning barchasi tabiatda u yoki bu tarzda mavjud va ularning barchasi atrof-muhitni saqlashga mos keladi. Ushbu energiya manbalarini qayta ishlash murakkab bo'lganligi konversiya jarayoni bilan bog'liq xarajatlarni yuqori darajada oshiradi.
Shu bilan birga, ifloslantiruvchi gazlarning past emissiyasi va ular asosan qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ekanligi, ularning samaradorligini oshiradigan yangi texnologiyalarni rivojlantirishga turtki beradi; bularning barchasi odatdagi energiyadan intensiv foydalanishni kamaytirish va shu bilan tabiatga ta'sirini sezilarli darajada kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Hozirgi kunga kelib insonlarda elektr energiyaga ehtiyoj tobora ortmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ishlab chiqarish firmalar soni ko’pligidir va biz ishlatayotgan an’anaviy elektr stansiyalar yetarli darajada elektr energiyasini ishlab chiqarib berolmasligidir. An’anaviy elektr energiyasini olishda biz atrof-muhitga juda katta zarar yetkazmoqdamiz. Shu sababdan Global muammolar kelib chiqmoqda. Misol uchun muzlar erib okeanlarda keskin suv sathi ko’tarilishi, insonlar orasida turli tuman kasalliklar kelib chiqishi, havoning keskin isib ketishi va boshqalar. Shu sababdan biz noan’anaviy elektr energiya turini olish yo’liga o’tishimiz kerak. Bu energiyadan foydalanishdan asosiy maqsad atrof-muhitga ortiqcha zararli gazlar chiqarishni, odamlar orasidagi kasalliklarni oz bo’lsada bartaraf qilish va tabiiy resurslarimizni asrab qolishdir.
Noan’anaviy energiya olishning bir qancha afzalliklari mavjud. Quyida shulardan bir nechta turlarini keltirib o’tamiz.
Qayta tiklanadi (vaqt o’tishi bilan bu manba o’zini qayta tiklay olishidir. Misol tariqasida quyoshni olishimiz mumkin. Quyoshdan kelyotgan quyosh radiatsiyasi cheksiz. Uning nuri kamaymaydi va cheki yo’q.)

Download 63.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling