Sotish markazi javobgarlik markazining bir turi hisoblanib, bu bo’linmada rahbar faqat tushumga javob beradi. Shu sababli, unda sotishdan olinadigan tushum va uni belgilovchi ko’rsatkichlar: sotish hajmi va baho asosiy nazorat qilinadigan ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil etish shuni ko’rsatadiki, har bir bo’linma faoliyati natijalarini baholash uchun muayyan javobgarlik markazining olishi kutilayotgan foydasi hajmini belgilash zarur. Bunday sharoitda javobgarlik markazlari doirasida foyda markazlari tuzish alohida ahamiyatga ega.
Foyda markazi - bu bo’linma rahbari xarajatlar va foyda uchun javob beradigan markazdir. Bunday markazlarda xarajat va daromadlar - ishlab chiqarilgan mahsulotning puldagi ifodasi bo’lib, foyda esa ular o’rtasidagi farq hisoblanadi. Foyda markazi menejeri sotish hajmi va bahoni, shuningdek, xarajatlarni nazorat qiladi.
Foyda markazi - bu kichik ko’rinishdagi korxona iqtisodidir. Foyda markazi bo’yicha boshqaruv modelidan foydalanish ko’pgina korxonalarda foyda uchun javobgarlikni nomarkazlashtirishga imkon beradi.
Foyda markazi, o’z navbatida, bir qancha xarajatlar markazlaridan tashkil topish mumkin (23.1-rasm).
23.1-rasm. Funktsional javobgarlik markazlari bo’yicha
analitik hisob rasmsi
Foyda markazini moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, shuningdek, rejalashtirilgan foyda olish jadvali (operatsion byudjet) yordamida boshqarish mumkin.
Investitsiyalar markazi - bu rahbar nafaqat daromadlar va xarajatlarga, balki kapital quyilmalarga ajratilgan mablag’larga ham javob beradigan bo’linmadir.
Amaliyotda sof foydasini investitsiya qilish huquqiga ega bo’lgan bunday markazning maqsadi foyda olish hamda sarflanadigan mablag’larning rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi va xususiy mablag’ning ortishiga erishish hisoblanadi.
Investitsiyalar markazi faoliyatini rejalashtirilgan foyda olish jadvali (operatsion byudjet), shuningdek, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, buxgalteriya balansi yordamida boshqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |