Schetlarni tekshirish usuli bo’linma menejeri va buxgalter schetlardagi aniq bir davrga oid xarajatlarning har bir moddasini tekshirishlarini, so’ngra xarajatlarning har bir moddasini doimiy o’zgaruvchi yoki yarimo’zgaruvchi chiqimlar toifalari bo’yicha turkumlashni talab qiladi. O’zgaruvchi chiqimlar turkumiga kiruvchi moddalar uchun mahsulot birligiga xarajatlarning yagona o’rtacha ko’rsatkichi olinadi. Doimiy turkumidagi moddalar uchun esa boshqa yagona ko’rsatkichdan – hisobot davridagi umumiy xarajatlar ko’rsatkichidan foydalaniladi. Yarimo’zgaruvchi chiqimlar turkumiga kiruvchi moddalar uchun bo’linma menejeri va buxgalter xarajatlarning ular fikriga ko’ra bunday xarajatlarning o’zgarishini yaqqol ko’rsatadigan xarajat vazifasini (funktsiyasini) tanlaydi.
Masalan, kompaniyada xarajatlar bo’yicha quyidagi axborot mavjud, u chiqimlar markazining 10 000 birlik miqdorida mahsulot chiqqan so’nggi oyi schetidan olingan.
Bo’linma menejeri va buxgalter xarajatlarning har bir moddasini o’rganadi va ularni o’zgaruvchi va doimiy xarajatlar tarkiblari bo’yicha tahlil qiladi. Bu tahlil quyidagicha bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |