O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


-rasm. Boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilish modeli


Download 5.72 Mb.
bet282/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

32.8-rasm. Boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilish modeli
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, tahlil modeli shartli ravishda uchta blokka bo‘lingan:
I-blok - korxonaning ta’minot tahlili (kadrlar, moddiy, texnik, axborot va h.k.);
II-blok - boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv jarayonlari tahlili;
III-blok - ishlab chiqarish bo‘linmalari va hisob tizimi holati tahlili.
Ushbu tahlil bloklari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash boshqaruv tizimi samaradorligi tahlilini sifatli va ishonchli o‘tkazishni ta’minlaydi.
Shuni ta’kidlash zarurki, muayyan ob’ektning boshqaruv samaradorligiga baho berayotganda uning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi zarur.
Masalan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga tegishli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • sub’ektlarning strategik ahamiyatga molik ekanligi;

  • ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmog‘i xususiyatlarining uyg‘unlashganligi. Jumladan, sanoat ishlab chiqarishida mahsulot tannarxining asosiy qismini xomashyo tashkil etadi ya’ni bunda material sig‘imi yuqori;

  • qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishiga tabiiy iqlim omillarining bevosita ta’sir etishi.

Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqaruv samaradorligini haqqoniy baholash quyidagi tamoyillarni hisobga olishni taqozo qiladi:

  1. tezkorlik hamda boshqaruv jarayoni maqsad va vazifalarini bozor iqtisodiyoti talablarini e’tiborga olgan holda amalga oshirish;

  2. foydalilik va boshqaruvning tashkiliyligi ya’ni ishlab chiqarish hamda korxona boshqaruvining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;

  3. tejamkorlik yoki natijaviylik ya’ni boshqaruvni imkon darajada kam mehnat, moddiy va moliyaviy xarajatlar sarflash orqali tashkil etish.

  4. Yuqoridagilarga asoslanib xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar boshqaruvi samaradorligi mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin:

  5. ishlab chiqarishning yuqori darajadagi samaradorligi;

  6. bozordagi ulushning ortishi;

  7. xarajatlar darajasi;

  8. tashqi muhit bilan o‘zaro aloqadorlik darajasi;

  9. boshqaruv qarorlari qabul qilishning to‘g‘riligi va tezligi;

  10. tizimning o‘z-o‘zini tartiblash va tashkil etish imkoniyati.

Bu mezonlardan kelib chiqib boshqaruv samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimini quyidagicha asoslash mumkin (32.3.-jadval):

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling