Nou-hau - ishlab chiqarish ho‘jalik faoliyati jarayonida foyda keltiruvchi yangi texnologiyadir.
Nou-xau xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ta’sischilari kelishuvida aniqlangan qiymat bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ustav kapitaliga ulush hisobida ta’sischilar kiritishi ham mumkin.
Tashkiliy xarajatlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tashkil qilish davomida vujudga keladi, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt har bir ishtirokchisi faoliyatning boshlang‘ich davridagi tashkiliy harajatlar va yo‘qotishlardan tashqari, maslahatchilar hizmatlari, reklama tadbirlari, hujjatlarni tayyorlash, ro‘yhat olish va harajatlardan iborat bo‘ladi.
Savdo markalari yoki tovar belgilari (misol uchun "Artel, Biliss, Coca-cola")-mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab beruvchi) identifikatsiyalar. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatga olinishi, ro‘yxatga olinganlari esa-ularning faoliyat muddatlarini ma’lum bir davrga uzaytirish asosida yangilanib borishi mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotniig boshqa aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi.
Savdo markasining sotib olinishi vaqtida to‘langan pul mablag‘lari qiymati kapitallashtirib boriladi. Uning foydalanilishi, himoya qilinishi, kengaytirilishi, ro‘yxat-dan o‘tkazilishi yoki sudda himoya qilinishi natijasida yuzaga kelgan pul summalari ham kapitallashtiriladi.
Bu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasi-ning foydali xizmat qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nisbatan qisqa bo‘lib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim.
Sanoat dizaynini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlab chiqarishda yaratilgan buyumning namunasi yoki patentga o‘xshab ketadi. Ammo patent faoliyatni himoya qilsa, sanoat dizaynini ro‘yxatga olish esa tashqi ko‘rinishni himoya qiladi.
Dasturiy ta’minot - texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo‘yicha texnik va foydalanish hujjatlari yig‘indisi
Do'stlaringiz bilan baham: |