O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzatish moslamalari.
Mashina va asbob-uskunalar. Mashina va uskunalar – asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
energetik uskunalarga - kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat enrgiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar) dir; ish mashinalari va uskunalariga - mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar) dir; o‘lchov va rostlash moslamalariga ma’lumotlarini tahlili qilish, qayta ishlash va taqdim qilish uchun ulchov asboblari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonlarini rotlash uskunalari, blokirovka apparaturasi, dispecher nazoratining chizikli uskunalari, signalizatsiya inshootlari va uskunalari, dispecher nazoratining markaziy va translyatsiya punktlari, samolyotlarni boshqarishning yerga joylashgan radionavigatsiya vositalari – radiomayaklar, lokatsiya kurilmalari. uchish-kunish yulaklarining yoruglik texnik inshootlari. Shuningdek tarozilar, dozatorlar, manometrlar, termostatlar, ilmiy-tadkikot labaratoriyalari, seysmik stansiyalar apparaturasi va boshqalar kiradi; boshqa mashina va uskunalarga -- yuqorida sanab o‘tilmagan mashina va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi. Uzatish moslamalari. Energiya va axborotlarni yetkazish uchun tugallangan fuksional uskunalal. Bunga elektr uzatish liniyalari, issiqlik o‘tkazgichlar, turli vazifali quvur o‘tkazgichlar, radiorele liniyalari, aloqa kabel liniyalari inshootlari va qator shunga o‘xshash ob’ektlardir. Bular mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’ektdan boshqa ob’etga yetkazib berishga xizmat qiladi. Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiklik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) kiradi. Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi: kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib boradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir; ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatl ar) dir; o‘lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko‘rsatkich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom ashyo, TMZlar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi; hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyu-terlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi; boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‘tilmagan mashina va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling