Konservatsiyalangan asosiy vositalar - hukumat idoralarining qarorlari asosida zaxiraga o‘tkazilgan va konservatsiyalangan asosiy vositalar. Qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni va asosiy fondlarni konservatsiyalash va konservatsiyalashdan chiqarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 20 avgustdagi 397-son maxsus qarori bilan tasdiqlangan.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriyasida asosiy vositalar korxona faoliya (ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi) qarab ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan ob’ektlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari ishlab chitsarishning asosiy fondlari deb ataladi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishdagi roli har xil, ba’zilari, masalan, mashinalar, uskunalar, asbob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat qurollari sifatida qatnashadi, ba’zilari esa ishlab chiqarish jarayonining to‘htovsiz ishlab turishini ta’minlaydi, masalan, inshootlar, yana boshqalari esa, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan sharoit yaratib beradi. Masalan, ishlab chiqarish binolari, yo‘llar va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashmaydigan ob’ektlarga uy-joy-kommunal ho‘jaligi vositalari, sog‘liqni saqlash muassasalarining asosiy vositalari (ka-salhona, ambulatoriya, poliklinika), madaniyat va maorif muassasalariga qarashli ob’ektlar (zavod klublari, teatrlar, kutubhona, bolalar muassasalari) va boshqalar kiradi.
Foydalanilishi nuqtai nazaridan asosiy vositalar harakatdagi (foydalanishdagi), zaxiradagi va foydalanilmaydigan (konservatsiyadagi) ob’ektlarga bo‘linadi.
U yoki bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektga qarashliligi nuqtai-nazaridan asosiy vositalar korhonaning o‘ziga qarashli va ijaraga olingan ob’ektlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-15.3-rasm: Asosiy vositalardan foydalanish darajasiga ko‘ra turkumlanishi
Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektga berish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek, ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |