O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
-rasm. Tayyor mahsulotning turkumlanishi
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
17.1-rasm. Tayyor mahsulotning turkumlanishi
Tayyor mahsulotni turkumlashdan asosiy maqsad uni hisobga olishni ixchamlashtirish nazarda tutilishini inobatga oladigan bo‘lsak, bizning fikrimizcha, tayyor mahsulotni yuqoridagi rasmda berilganidek, ya’ni hisobvaraqlar rejasida tayyor mahsulot hisobi bo‘yicha ochilgan hisobvarakdarga mos ravishda turkumlash kerak: ombordagi tayyor mahsulot, ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot va komissiyaga berilgan tayyor mahsulot. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi. Shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqaruvchilar oldida bozorni chuqur o‘rganish, marketing strategiyasini to‘g‘ri belgilashi lozim. Bunda asosiy e’tibor quyidagi uchta asosiy muammoga qaratilishi lozim: 1. Nima ishlab chiqarilishi zarur, ya’ni ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi sababli, bir-birini o‘zaro inkor qiluvchi tovarlar va xizmatlardan qaysisi va qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kutiladi? 2. Tovar va xizmatlar qanday ishlab chiqariladi, ya’ni jamiyat ixtiyoridagi mavjud resurslardan qanday texnologiyadan foydalanish ko‘zda tutiladi? 3. Ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar kim uchunmo‘ljallangan, ya’ni yaratilgan yalpi milliy mahsulotning taqsimlanishi qanday tartiblarda amalga oshiriladi? Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar, ularni sotish hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMA, «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 2-son BHMA, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 3-son BHMA, «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA, «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMA, «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 21-son BHMAlar uslubiy asos sifatida ko‘llanilishi mumkin. Korxona ishini biznes rejasidagi sotish rejasining bajarilishiga qarab baholash korxona rahbarlarini mahsulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko‘proq e’tibor berishga chaqiradi hamda korxonaning bir maromda ishlashiga va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bular esa, o‘z navbatida, korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib jo‘natish vazifalariga quyidagilar kiradi: - tayyor mahsulot harakati bilan bog‘liq barcha xo‘jalik operatsiyalarini hisobda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish, ombordagi mahsulotning belgilangan zaxira va me’yorlariga rioya qilish hamda saqlanishi ustidan nazorat olib borish; ombordagi zaxiralarning holatini va butligini saqlash; ish va xizmatlarning bajarilish hajmi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha uzluksiz nazorat o‘rnatish, ortib jo‘natilgan va yuborilgan mahsulotlar (ish, xizmat) bo‘yicha hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitoblarni aniq tashkil qilish; Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, xo‘jalik operatsiyalarining hujjatlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga bog‘liqdir. «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMAga muvofiq tayyor mahsulot xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi sub’ektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy zaxiralari tarkibiga kiradi. Bizning fikrimizcha, korxonada tayyor mahsulot (ish, xizmat)ni sotish hisobini tashkil qilish vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: Mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma xo‘jalik operatsiyalarini hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish; Mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish; Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasining bajarilishini nazorat qilish; Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr xarajatlarini o‘z vaqtida aniq hisob-kitob qilish; Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini to‘g‘ri aniqlash va boshqalar. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling