O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti
Bank ichki nazoratini tashkil etish tamoyillari va xorij tajribasi
Download 1.26 Mb.
|
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org
1.3. Bank ichki nazoratini tashkil etish tamoyillari va xorij tajribasi
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida ro’y bergan muhim o’zgarishlar, avvalo
xo’jalik aloqalari mustahkamlanganligi va yanada rivojlanganligi, bank biznesi globallashganligi, tijorat banklari faoliyati doirasi kengayganligida namoyon bo’ladi. Bu esa o’z-o’zidan tijorat banklarida nazoratni, xususan, ichki nazoratni amalga oshirish zarurligini, uning sifati va ko’lamini kengaytirish kerakligini keltirib chiqaradi. Dunyodagi ko’pgina rivojlangan davlatlarda banklar, shuningdek boshqa moliya tashkilotlarining faoliyatlari turli darajada nazorat qilib boriladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda ham bank-moliya sektori jiddiy ravishda nazorat qilinadi va tartibga solinadi. Bu erda, banklarni tartibga solish yuzasidan jahonda umumiy qabul qilingan tamoyillar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo’llaniladi. XX asrning
kelib xalqaro moliya
globalizatsiyaning kuchayishi mamlakatlarning iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bunda bank ishining baynalmilallashuvi natijasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimi xalqaro tavsif ola boshladi. Bank nazoratining zarurligi 1975 yilga kelib Evropa ittifoqi, AQSh, Kanada, Yaponiya kabi davlatlarda o’z aksini topdi. Natijada bank nazorati bo’yicha xalqaro tashkilot "Bazel qo’mita" vujudga keldi. Shu yilga kelib banklar faoliyatini tartibga solishning muhimligi hayotda o’z isbotini topgan. Nazorat deganda tijorat bank o’z faoliyatini yo’riqnoma va qonunchilikka asosan yuritishini vakolatli davlat organi tomonidan uzluksiz nazorat qilinishi tushuniladi. Ichki nazoratni samarali tizimini nazorat organlarining talablariga muvofiq ishlab chiqish jarayonida banklar uni tashkil qilishda aniq maqsad va tamoyillar asosida kelib chiqishi lozim. Ichki nazorat tizimini tashkil etishning asosiy maqsadi bank rahbariyatini ishonchli axborotlar bilan ta’minlash, aktiv va hujjatlarni saqlash, bankning turli faoliyat jabhalarini samaradorligi, bankda amaldagi hisob tizimining hisob tamoyillariga muvofiqligidan iboratdir. 26
rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak: 1) o’z aktivlari butligini ta’minlash; 2) hisobot ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish; 3) operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish; 4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish. Ichki nazorat tizimi bankning kundalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga oid boshqarish mexanizmi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: - boshqarish siyosati va tartibi; - majburiyatlarning taqsimlanishi; - vakolatlar; - tekshirishlar tartibi; - kundalik operatsiyalar ustidan nazoratni olib borish va ular hisobini yuritish; - harajatlarni nazorat qilish. Ichki nazorat tizimi ustidan muntazam nazoratni olib borish va uni takomillashtirish rahbarlar majburiyatidir. Nazorat tartiblari uchun javobgar xodimlar bevosita rahbariyatga hisobot berishlari lozim. Har bir tarkibiy tuzilma o’zi amalga oshirayotgan operatsiyalar ustidan ichki nazoratni olib borishi shart bo’lib, bunday nazorat mas’ul ijrochilardan tortib tuzilma boshlig’igacha barcha xodimlarning lavozim majburiyatlariga kirishi lozim. Aktsiyadorlar ham bank Kengashi va taftish komissiyasi orqali o’z ichki nazoratlarini amalga oshiradilar. Ma’muriy nazorat - bu bankning puxta o’ylangan tashkiliy tuzilmasining tasniflangan va aniq taqsimlangan vakolat va majburiyatlari, qaror qabul qilish va ular bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibining (bunga muayyan operatsiyalar bo’yicha vakolatlar berishga doir qaror qabul qilish ham kiradi) birligidir. Buxgalteriya nazorati aktivlarning saqlanishini va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga yo’naltirilgan, muayyan tarzda shakllantirilgan 27
quyidagilar bo’yicha asoslangan ishonch hosil qilishga yo’naltirilgan: - Barcha operatsiyalar rahbariyat tomonidan berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirilmokda. - Bank operatsiyalarining hujjatlarda belgilangan buxgalteriya tamoyillariga mos tarzda aks ettirilishi aktivlar hisobini aniq yuritish imkonini ta’minlamokda. - Xodimlarning aktivlar bilan ishlashiga ruxsat rahbariyat tomonidan berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirilmokda. Aktivlarning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan qiymati muntazam ravishda (samarali nazoratni amalga oshirish mumkin bo’lgan tarzda) haqiqatda mavjud bo’lgan aktivlar qiymati bilan solishtiriladi va aniqlangan har bir tafovutlar bo’yicha o’z vaqtida choralar ko’riladi. Biron bir shaxs tomonidan yo’l qo’yilgan jiddiy kamchilik qisqa vaqt ichida aniqlangan takdirda ichki nazorat samarali hisoblanadi. Ichki nazoratning zaruriy darajasiga erishish uchun bankda quyidagi asosiy tamoyil va uslublar mavjud bo’lishi kerak: - Samarali tashkiliy tuzilma. - Tegishli yo’nalishdagi buxgalteriya siyosati va uslublari. - Aktivlarning saqlanishiga oid zaruriy uslublar. - Ichki auditning samarali dasturi. Bank Kengashi bank strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish, shuningdek bank rahbariyati tomonidan zarur choralarini qabul qilish jarayonlarini nazorat qilishga doir tadbirlar bo’yicha ham mas’uldir. Bankning tashkiliy tuzilmasi bank rahbariyatining huquqlari, bo’ysunish tartibi va hisobdorlikni aniq ifodalashi kerak. Bank Kengashining tegishli ko’rsatmalarida xodimlar vakolati doirasi aniq ko’rsatilishi va ular lavozim tavsifnomalariga kiritilishi kerak. Masalan, kreditlash limiti, investitsiyalar va qimmatbaho kog’ozlar savdosiga doir huquqlar shular jumlasidandir. Xodimlarning majburiyatlari (vazifalari) shunday taqsimlanishi kerakki, bir shaxs bir operatsiyani boshidan oxirigacha 28
beriladigan mablag’larni ajratishda yoki hisobvaraqqa qabul qilishda ishtirok etmasligi kerak; to’lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxs bankning vakillik hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalarini bajarmasligi shart; yakunlovchi balansni tuzuvchi shaxs boshlang’ich hujjatlar bilan ishlamagan bo’lishi kerak). - Bank xodimlari bilan olib borilayotgan siyosat quyidagilarni ta’minlashi kerak: a) ogohlantirilmasdan turib xodimlarning majburiyatlarini almashtirish; b) xodimlarning ish samarasini va malakasini oshirish maqsadida xodimlar majburiyatlarini o’zgartirish muddatini uzaytirish; v) barcha xodimlar, shu jumladan, rahbar xodimlar ham ikki haftadan kam bo’lmagan muddatga (masalan, ta’til paytida) o’zlari bajarib turgan vazifalaridan ozod etilsalar, boshqa xodimlar ularning ishlarini bajarishlari to’g’risidagi talabga rioya qilishlari lozim. Bank ichki nazorati tizimi nomuvofiqliklarni tezda aniqlash imkoniyatini beruvchi uslublarni o’z ichiga qamrab olishi kerak. Barcha operatsiyalar o’rindoshlik bo’yicha majburiyati bo’lmagan yuqori malakali shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak. O’z majburiyatlarini bajarayotgan xodimlar etarli vaqtga, malakaga va bilimga ega bo’lishlari kerak. Barcha banklarda buxgalteriya hisobini yuritish qabul qilingan buxgalteriya va bank tamoyillariga to’g’ri kelishi kerak. Bankning hujjatlari va hisoboti uning real holatini aks ettirishi va operatsiya natijalarini to’g’ri ko’rsatishi kerak. Bankning buxgalteriya tizimi kamida quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: - Kundalik, oddiy operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha buxgalteriya yo’riqnomalari va qo’llanmalarining mavjudligi. - Har qanday sanada bankning moliyaviy holatini aniqlash imkonini ta’minlash maqsadida har bir bank operatsiyasini batafsil qayd qilish kerak. 29
chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiya bo’yicha ilova hisobraqamlar balans hisobotidagi nazorat raqamlari bilan solishtirilishi kerak. - Hisob yuritish va yozuvlar tizimi bankning har bir operatsiyasini bank daftarlari(registrlari)dan o’tkazish imkonini berishi kerak. - Hisoblarni taqqoslash ishlari doimiy ravishda bevosita shu hisoblar bo’yicha operatsiyalarni bajarmaydigan va ular bo’yicha yozuv kiritmaydigan xodimlar tomonidan olib borilishi kerak. Aktivlar butligini saqlashning asosiy usuli bu - ular bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish bo’yicha vakolat doirasini belgilash va aktivlardan foydalanuvchi ma’lum bir guruh xodimlar huquqlari sonini cheklashdir. Masalan: Nakd pul bilan bog’liq operatsiyalarni bajaradigan xodimlar o’zlarining vakolatlari doirasida faoliyat yuritishlari kerak. Bunda ularning vakolatlari bankning ichki siyosatida o’z aksini topgan bo’lishi kerak. Xalqaro hisob-kitoblar banki qoshida tashkil etilgan bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi dastlab katta o’nlik davlatlari (G10) * Markaziy banklari Prezidentlari tomonidan 1974 yilda Bazel shahrida tashkil etilgan. 2009 yildan esa barcha katta yigirmalik davlatlari (G20) uning ishtirokchilari hisoblanadi. Bazel qo’mitasi a’zolari bir yilda 4 marta yig’ilishadi. Qo’mitaning asosiy vazifasi bank sohasini doimiy boshqarish va nazorat qilish bo’yicha yagona standartlar ishlab chiqishdan iborat. Shu maqsadda Qo’mitaga a’zo davlatlarning boshqaruv organlari uchun ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqariladi. Bazel qo’mitasining asosiy hujjatlari quyidagilar hisoblanadi: Ø samarali bank nazoratining asosiy tamoyillari (1997 yil, 2006 yilda qayta ko’rib chiqilgan); Ø Bazel I kelishuvi (1988 yil); Ø kapitalning etarliligi bo’yicha yangi kelishuv (Bazel II, 2004 yil); * Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Gollandiya, AQSh, Frantsiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Yaponiya 30
Har bir kelishuv oldingisini o’zida namoyon etadi va unga qo’shimcha va yangiliklarni o’z ichiga oladi. Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi 1998-yili “Kredit tashkilotlarida ichki nazorat tizimini shakllantirishning umumiy asoslari” nomli dokladida ichki nazoratni tashkil qilishning umumiy tamoyillarini ko’rsatib berdi. Ushbu tamoyillarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Ichki nazorat 5 o’zaro bog’liq elementdan tashkil topadi: 1. Administrativ nazorat va amallar 2. Risklarni aniqlash va baholash 3. Majburiyatlarni chegaralash va nazorat qilish 4. Ma’lumot va aloqa 5. Monitoring va kamchiliklarni bartaraf qilish I. Administrativ nazorat va amallar 1-tamoyil: Bank Kengashi bank operatsion faoliyatining umumiy strategiyalarini tasdiqlash va davriy kuzatib borish uchun mas’uldir, ayniqsa, bankning umumiy yo’naltirilgan siyosatini; shuningdek, yuqori lavozimdagi shaxslar tomonidan ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilinishini ta’minlash. Umuman kengash samarali ichki nazorat mexanizmi yaratilishi uchun javobgardir. 2-tamoyil: Yuqori lavozimli xodimlar Kengash tomonidan belgilangan strategiya va siyosatni amalga oshirilishi bo’yicha javobgardir. Ushbu xodimlar kengash tomonidan berilgan samarali ichki nazorat tizimini yaratish bo’yicha mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. 3-tamoyil: Kengash va yuqori lavozimli xodimlar tashkilot doirasida o’rnatilgan amallarni va har bir xodimning o’z vazifa majburiyatlarini vijdonan bajarishi bilan bog’liq ahloqiy standartlarni shakllantirishiga yordam berishi kerak. II. Risklarni aniqlash va baholash 31
maqsadlarga erishishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklarni doimiy asosda aniqlashi va baholashi shart. Bunday baholash bank duch kelishi mumkin bo’lgan barcha risklarni qamrab olishi kerak. III. Majburiyatlarni chegaralash va nazorat qilish 5-tamoyil: Nazorat bank kundalik faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi bo’lishi kerak. 6-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi uchun majburiyatlarni chegaralash va manfaatlar to’qnashuvi bilan bog’liq javobgarlikni xodimlarga yuklanmasligini ta’minlash talab qilinadi. IV. Ma’lumot va aloqa 7-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi uchun ichki moliyaviy hisobotlar, operatsion faoliyat va o’rnatilgan tartiblarga amal qilinishi, shuningdek qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan tashqi ma’lumotlar haqida etarli hajmda ko’p tomonlama ma’lumotlar bo’lishi talab etiladi. Ma’lumot ishonchli, o’rinli va etarli darajada bo’lishi kerak. 8-tamoyil: Ichki nazorat tizimining samaradorligini oshirish uchun bank faoliyatining barcha muhim ko’rinishlarni qamrab oluvchi zaruriy ma’lumotlar tizimlari tarqatilishini taminlash kerak. Ushbu tizimlar elektron shaklda saqlanadi va foydalaniladi. 9-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi uchun barcha xodimlar to’liq tushunishiga erishish mumkin bo’lgan samarali aloqa kanali mavjud bo’lishi talab etiladi. V. Monitoring va kamchiliklarni bartaraf qilish 10-tamoyil: Bank tomonidan ichki nazorat bo’yicha ishlab chiqilgan barcha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish uchun muttasil kuzatuvni amalga oshirish zarur. Risklarni monitoring qilish bank kundalik faoliyatining ajralmas qismi bo’lishi kerak. 11-tamoyil: Ichki nazorat tizimini ko’rib chiqishda samarali ichki auditni shakllantirish zarur. Ichki audit xizmati ichki nazorat tizimlarini monitoring 32
yoki yuqori lavozimli xodimlarga hisobot berib turadi. 12-tamoyil: Ichki audit yoki boshqa nazorat organlari tomonidan ichki nazorat kamchiliklari haqida boshqaruv organlarining yuqori lavozimli shaxslariga o’z vaqtida xabar berilishi va aniqlangan kamchiliklar bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. Bundan tashqari, Bazel qo’mitasi tomonidan 2006 yilda qabul qilingan bank faoliyatini nazorat qilish bo’yicha 25 tamoyil ishlab chiqildi (qayta ko’rib chiqildi). Ushbu tamoyillar 7 guruhga bo’lingan. Ob’ektivlik, mustaqillik, vakolatlilik, shaffoflik va hamkorlik ( tamoyil 1);
prudental nazorat va tartibga solish (tamoyil 6-18); bank nazoratining usullari (tamoyil 19-21); hisobotlar va ularni oshkor etish (tamoyil 22); nazoratchilarning axloqi va ularning vakolatlari (tamoyil 23); konsolidatsiyalashgan banklar va xorijda faoliyat yurituvchi banklar nazorati (tamoyil 24-25). Ushbu tamoyillarda bank nazoratini tashkil etish asoslari va kapital etarliligi, yirik kreditlar, likvidlilik riski, bozor riski, operatsion risk, kredit riski, mamlakat riski, foiz riski, risklarni boshqarish riski, ichki nazorat va ichki audit kabi bo’limlari bor. Ichki nazorat tizimini aniq faoliyat ko’rsatishini kuchaytirish maqsadida hamda bankning moliyaviy barqarorliligi va obro’siga havf soluvchi muammolarni aniqlash Bazel qo’mitasining 14-tamoyili talablariga muvofiq bank ichki rahbariyati, shuningdek, rahbariyatdan mustaqil bo’lgan maxsus bo’linma orqali axborotlar tizimiga ega bo’lishi lozim. Bazel tamoyillari bo’limi faoliyatidagi riskni kamaytirish maqsadida uning amalga oshiradigan amaliyotlar tavsifi va masshtabidan kelib chiqqan holda ichki nazorat tizimini tashkil etish zarurati ham ko’rib chiqilgan. |
ma'muriyatiga murojaat qiling