2-rasm. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko’rsatish tizim
sxemasi9
Mijoz Tizimda to’lovlarni to’lovchi sifatida amalga oshirishda faqat to’lov topshiriqnomalarini qo’llashi mumkin. Bundan tashqari, soliq organlari bevosita to’lovchining bankiga elektron ko’rinishda inkasso topshiriqlarini qo’yishi mumkin. Tizim orqali telekommunikatsiya provayderlari va operatorlari yoki kommunal xizmat tashkilotlari foydasiga mijoz tomonidan bir xil turdagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank bilan mijoz o’rtasidagi shartnomada to’lovchi - mijozning aniq identifikatsiya ma’lumotlari (telefon raqamlari, shaxsiy hisobvaraqlari va boshqalar) ko’rsatilishi lozim.
Masofaviy bank xizmatlari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tushuncha mavjud bo’lib bu Innovatsiya tushunchasidir. Shuningdek, Innovatsiya inglizcha so’zdan olingan bo’lib innovation – yangilik kiritish, yangilik, novatorlik so’zining ma’nosi “novatsiyaga investitsiya” degan ma’noni anglatadi. Novatsiya (lotincha novation – o’zgarish, yangilash degan ma’noni) ilgari bo’lmagan yangilikni kiritishni anglatadi. Fuqarolik huquqiga ko’ra novatsiya ikkala tomon o’rnatgan majburiyatlarni boshqasi bilan almashtirishni bildiradi. Bunday almashtirish natijasi novatsiya kiritishni anglatadi. Moliyaviy sferada amal qiluvchi novatsiya moliyaviy novatsiya deyiladi. Moliyaviy novatsiyaning bir qismi bank tomonidan bank mahsuloti va operatsiyalari shaklida tashkil qilinadi. Bu bankning novatsiyasidir. Bankning novatsiyasi yordamida mamlakatdagi pul aylanishini yaxshilab, to’lov tizimini rivojlantiradi. Shu jumladan, aholi ishonchini ta’minlab, aholiga turli xil qulayliklar yaratadi.
Masofaviy bank xizmatlarining nazariy asoslaridan kelib chiqib quyidagi xulosaga kelish mumkin. Masofaviy bank xizmatlari bankning samaradorligi va bozorda uning raqobatbardoshligi ko’p jihatdan ularning faoliyatida qo’llaniladigan yangi bank mahsuloti va texnologiyalariga bog’liq bo’lib. Bankning yangi mahsulot va texnologiyalari yaratilgan paytda masofaviy bank xizmatlariga keng yo’l ochadi. Yangi mahsulot va texnologiyalar innovatsiyalarni o’zida aks ettiradi. Bu o’z navbatida mamlakat bank tizimi rivojlanayotganini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |