O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi


-rasm. Mijozlarning elektron pul hisob – kitob hujjatlarini bankning ma’lumotlar bazasiga kiritish sxemasi7


Download 224.77 Kb.
bet5/24
Sana13.12.2021
Hajmi224.77 Kb.
#180724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат

1-rasm. Mijozlarning elektron pul hisob – kitob hujjatlarini bankning ma’lumotlar bazasiga kiritish sxemasi7
Bank tomonidan yaratilgan dasturlar va boshqa yangi ta’minotlar bankning shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank mijozlari ushbu dasturning asosiy foydalanuvchilari hisoblanib, ular munosabatlari tartibga solinishi uchun shartnoma tuziladi. Aloqa kanallari orqali mijoz bilan bank o’rtasidagi axborot almashinuvi shartnomada kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. Yangi amaliyot kuni boshlanishidan oldin mijoz o’tgan kun bo’yicha o’z depozit hisob varag’idagi harakatlar (oborotlar) va qoldiqlarni bank bilan taqqoslab (tekshirib) olishi shart. Agar harakatlar va qoldiqlar mos kelsa mijozga yangi amaliyot kunini boshlash va hujjatlarni kiritish uchun ruhsat beriladi. Aks holda, ular o’rtasidagi farq sabablari aniqlanadi va mijoz axboroti bank axboroti bilan muvofiqlashtiriladi. Shaxsiy hisob varaqlardagi harakatlar va qoldiqlarning taqqoslash natijalaridan qat’i nazar bank bilan mijoz o’rtasidagi axborot so’rovnomalari va xabarlar almashinishi amalga oshiriladi.

Bu tizim orqali hisob-kitob qilishda mijoz o’z hisob varag’idan mablag’larni faqat to’lov topshiriqnomasi shaklida amalga oshiradi.

Bankda mijozlardan aloqa kanallari orqali olingan elektron pul hisob-kitob hujjatlari, to’lovlar amalga oshirilgandan keyin ikki nusxada chiqariladi:


  • bir nusxasi umumiy tartibda bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi

  • boshqa nusxasi esa taqqoslash uchun pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalarini olguncha bankda qoldiriladi.8

Elektron to’lov tizimi orqali kelib tushgan pul hujjatlari ijro etilgandan keyin mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi. Kun davomida mijozlardan olingan barcha ma’lumotlar arxivlanadi va o’rnatilgan tartibda saqlanadi.

Tijorat banklarining ilk bor yagona vakillik hisobraqamlariga o’tishi «Feduayr» tizimi multikorporatsion va transmilliy banklarining yagona vakillik raqamlari tizimiga o’tish tavsiyasiga ko’ra AQShda amalga oshirildi. Respublikamiz tijorat banklarining yagona vakillik hisobraqamlariga o’tishi bilan esa mazkur masalalar yanada jadallashdi. Shuning uchun jahon tajribasini o’rganish alohida dolzarblik kasb etadi va bank likvidligini boshqarish sohasida amaliy bilimlar tizimi hamda yig’ilgan tajriba tahlillari va xulosalarini samarali qo’llash imkonini beradi. Yagona vakillik hisobraqami orqali boshqarishning mohiyati shundan iboratki, yirik tijorat banklari bo’limlari o’zlarining vakillik hisobraqamlarini bosh bankda ochadilar va bosh bank orqali amalga oshiradilar. Ushbu tizimning bir qancha ustunlik va qulaylik tomonlari mavjud. Masofadan bank xizmatlarini ko’rsatish tizimi bank va uning mijozi o’rtasidagi munosabatlarni avtomatlashtirishga mo’ljallangan bo’lib, pul mablag’larini boshqarishning tezkorligini hamda bank operatsiyalarining sifatli qayd qilinishini ta’minlaydi.

Mijoz yangi amaliyot kunida ishni boshlashdan oldin, o’zining shaxsiy hisobvarag’idagi avvalgi amaliyot kuni uchun aylanma va qoldiqlarini tekshirishi kerak. Aylanma va qoldiqlar to’g’risidagi ma’lumotlar mos kelgan holda mijoz elektron to’lov hujjatlarini kiritishni boshlashi mumkin, aks holda ular o’rtasidagi farq sabablarini aniqlashi shart.

Mijoz va bank o’rtasida axborot so’rovlari va xabarlari almashinuvi shaxsiy depozit hisobvaraqlardagi aylanma va qoldiqlarni tekshirish natijalaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi. Mijoz Tizimda quyida keltirilgan chizmaga muvofiq ishlaydi.






Download 224.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling