Muzlatgichlar Muzlatgich


Download 14.82 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.82 Kb.
#1585535
Bog'liq
Muzlatgichlar


Muzlatgichlar
Muzlatgich maishiy texnika vositasi boʻlib, oʻz ichidagi mahsulotlarni tashqi sharoit va haroratdan saqlaydi. Muzlatgich termoizolatsiyalangan javon va mexanik, elektr yoki kimyoviy issiqlik nasosidan iborat. Nasos javondan issiqlikni tashqariga siqib chiqaradi, natijada javon ichi atrof-muhitdan sovuqroq ushlab turiladi. Sovutish oziq-ovqatni uzoq saqlash va unda bakteriyalar koʻpayishining oldini olish uchun zarur.Muzlatgich javoni ikki qismga ajratiladi. Yuqoridagi qism muzxona deyiladi, u yerda harorat −10 °C (kuchli muzlatgichlarda −30 °C) dan 0 °C gacha ushlanadi. Muzxona ostidagi boʻlimda esa harorat suv muzlash nuqtasidan ozgina yuqori harorat saqlanadi. Aksariyat taom mahsulotlarini saqlash uchun optimal harorat +3 dan +5 °C gachadir.[1]Muzlatgich nisbatan zamonaviy ixtirodir. Muzlatgich yaratilganiga qadar oziq-ovqat mahsulotlari zax yertoʻlalarda saqlanardi.Sovuq mavsum yaqinlashgani sayin qishda doimo yaxshi saqlangan meva, sabzavotlar, rezavorlar bo‘lishi uchun mahsulotlar zaxirasi haqida qayg‘urish vaqti keladi. Ularning ko‘pchilik qismi qisqa saqlash muddatiga ega bo‘lganligi sababli muzlatish talab etiladi. Muzlatkichlar mahsulot sofligini, shu bilan birga, uning foydali jihatlari hamda ta’m sifatini yanada uzoqroq saqlashga yordam beradi. Ushbu maqolada muzlatilgan zaxiralarni saqlashning asosiy qoidalari bilan o‘rtoqlashamiz.Muzlatkichga faqat yangi, sof mahsulotlarni qo‘yish kerak. Agar nimadir aynishni boshlagan bo‘lsa, muzlatkich mo‘jizalarni amalga oshirmaydi.Muzlatkich kamerasida barcha mahsulotlar past haroratlarda kutilmagan qurib qolishlarning oldini olish uchun, bir-biriga hidi o‘tib ketishini bartaraf etish uchun germetik tarzda o‘ralgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, mahsulotlar turiga qarab zonalashtirish ham muhim – rezavorlar bir tomonda, sabzavotlar – boshqa, uchinchi tomonda – go‘sht va baliq mahsulotlari. Shu bilan birga, bu kerakli masalliqni uzoq vaqt qidirishning ham oldini oladi.Mahsulotlarni tezroq muzlatish kerak. Agar porsiya qancha kiyin va ingichka bo‘lsa, u shuncha ich-ichigacha muzlay oladi. Buning uchun muzlatiladigan mahsulotni kichik bo‘laklarga 2 sm qalinlikda kesib chiqamiz yoki briket shaklidagi oziq-ovqat qoplariga qadoqlaymiz.Iliq va qaynoq taomlarni sovitish zarur, aks holda, ular muzlatkich ichidagi haroratni o‘zgartiradi, natijada esa qolgan mahsulotlar ham erishni boshlashi mumkin.
219-guruh talabasi Yangiboyeva Shahnoza
Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling