O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi


Masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish yo’llari


Download 224.77 Kb.
bet21/24
Sana13.12.2021
Hajmi224.77 Kb.
#180724
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат

5. Masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish yo’llari
Jahondagi iqtisodiy vaziyatni tahlil etish shuni ko’rsatmoqdaki, jahon iqtisodiy tizimi zamonaviy axborotlashgan jamiyatga kirib bormoqda. Bunday jamiyat elektron mehnat qurollariga asoslangan bo’lib, sifat jihatidan yangi boshqarish apparati hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng miqyosda samarali foydalanish kabi jihatlari bilan tavsiflanadi. Kirib kelgan yangi asrda jahon mamlakatlari iqtisodiy o’sishining asosiy sharti – bu ularning barcha sohalarni qanchalik darajada kompyuterlashtirishi bo’lib qoladi. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning bank, buxgalteriya, marketing, ta’lim, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko’lamda kirib kelmoqda.

Har bir tizim va mahsulot muayyan turdagi xatar bilan ayrim hollarda esa bir necha turlardagi xatarlar bilan bog’liq. Masalan kreditor uchun xatar qarzdor majburiyatini bajara olmay qolishlik natijasidir. Operatsion xatar axborot tizimlarining nobop ishlashi, ichki boshqaruv vositalaridagi buzilishlar yoki oldindan aytib bo’lmaydigan yo’qotishlarga olib boruvchi tasodiflar natijasida yuzaga keladi. To’lov tizimining nazoratchilar va servis xodimlari xatarlarni yumshatishga qaratilgan bir butun tadbirlar arsenaliga egadirlar. Xatarni kamaytirish strategiyasi tizim turi bilan belgilanadi va u yirik bitimlar uchun ayniqsa muhimdir. Shuni qayd etish kerakki kichik tizimlar orqali amalga oshiriladigan kichik buzilishlar, ayniqsa aniq bitim ishtirokchilari o’rtasidagi ishlarda tartibsizlikka olib kelishi mumkin.

Operatsion likvidlik va o’zaro kredit bog’liqligi sohalaridagi yirik to’lov tizimlari esa global xatar manbai hisoblanadi. Ulgurji hisob-kitob operatsiyalari va to’lovnomalarni yuritish turli texnologik bo’linmalarda amalga oshirilganligi sababli turli avtomatlashtirilgan texnologiyalarni yaratish dasturiy va o’zaro aloqada ishlashini tashkil qilish xarajatlari ko’p marta oshib ketadi.

O’zbekistonda bank xizmatlari bozorini rivojlantirish va banklararo raqobat sharoitida mijozlarga ko’rsatiladigan bank xizmatlarining samaradorligini oshirishda jahon banklari tajribasidan foydalanish, tashkil etilgan bank xizmatlari bozorini rivojlantirish muhim omilga aylanishi lozim. Bunga bog’liq holda quyidagi holatlarni ajratib ko’rsatish zarur:



  • Xorij tajribasidan foydalanish samaradorligi banklarimizning Yevropa kliring to’lov tizimi doirasida hisob-kitoblarni o’tkazishning zamonaviy shartlariga moslashish darajasiga bog’liq. Mijozning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko’rsatishdagi risklarni boshqarish kabi bunday bank xizmatlari va mahsulotlarini rivojlanishi, elektron bank xizmatlarini yaratish uchun Internetdan foydalanish, investitsion bank xizmatlarini rivojlanishi, xususan, korporativ moliyalar sohasida, aktivlarni boshqarishda, sekyuritizatsiyasida, ssuda kapitallari bozorida bank xizmatlarining rivojlanishi uchun banklarning xalqaro kredit tarixini yaratish muhim ahamiyatga ega.

Yuqorida aytib o’tilganlardan kelib chiqqan holda, mijozlarga bank xizmatlarining rivojlangan davlatlardagi namunaviy to’plami taklif qilish mumkin:

  • To’lov xizmatlari:

  • rivojlangan davlatlar to’lov tizimlari orqali yevroda kliring hisoblari bo’yicha xizmatlar;

  • boshqa sub’ektlar qoldiqlari hisobiga yevro hisobvarag’i likvidligini ta’minlash imkoniyati bilan turli valyutali schotlarni ochish;

  • mijozlarning qisqa muddatli likvidligini boshqarish;

  • real vaqt tartibida yevrodagi hisobvaraqlar bo’yicha hisobotlarni taqdim etish;

  • internet orqali yevro hisobvaraqlarini boshqarish.

  • Korporativ mijozlar uchun xizmatlar:

  • valyutada tuzilgan eksport-import shartnomalarining valyuta-moliya va to’lov shartlari, valyutani nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha maslahatlar;

  • sindikatlashgan kreditlarni qo’shib hisoblagan holda tijorat bitimlarini yevroda qisqa va o’rta kreditlashtirishni tashkil qilish;

  • valyuta risklarini shartnoma valyuta kursi yoki yevro kursi bo’yicha to’lovlar valyutasiga bog’lash vositasida xedjirlash;

  • LIBOR (5.8%) foiz stavkasiga nisbatan yevro zonasida qabul qilingan nisbatan past EONIA (yillik 3.2%) foiz stavkasini hisobga olgan holda yevrodagi qisqa muddatli kreditlarni jalb qilish.

Milliy banklarimizda korporativ mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish xorij tajribasidan foydalanish yo’lida korporativ mijozlarni jalb qilishga va ular bilan hamkorlikni rivojlantirishga javobgar bo’linmalar va bitimlarni strukturalash va bank xizmatlari va mahsulotlarini sotish, bank bo’linmalarining birgalikdagi harakatlari tizimini ishlab chiqish, turli tabaqadagi mijozlar uchun xizmatlar paketini shakllantirish, ya’ni “moliyaviy xizmatlar”ni shakllantirish bilan shug’ullanuvchi, bo’linmalar tarmog’ini tuzish bo’yicha bankni boshqarish strukturasini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bank menejerlarini ixtisoslashishiga, korporativ mijozlar guruhi segmentatsiyasiga va bank xizmatlarini korporativ mijozlarga sotish tizimini markazlashtirishga talabning tug’ilishi bunday bo’linmalarning zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu tariqa, mahalliy banklar amaliyotiga xizmatlar realizatsiyasi, risklarni har bir bosqichda aniqlash va baholashning bank va mijoz uchun bosqichma-bosqich tartibining optimal yo’lini ishlab chiqish shaklida bitimlarni strukturalash bo’yicha xizmat ko’rsatishning xorij tajribasini tadbiq etish zarur. Bu esa operatsiyalar strukturasini kompleks tahlil qilishga, kontragentlarning kredit, valyuta va to’lov risklarini, shuningdek xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.

Yirik reyting agentliklari tomonidan xorij banklarini baholagan reyting bahosidan kelib chiqqan holda ular bilan hamkorlikka tanlanma yondashuvning jahon tajribasidan foydalanish aktualligini namoyon qiladi. Bank xizmatlari jahon tajribasidan foydalanish mahalliy banklarning korporativ mijozlar, faoliyati eksportga yo’naltirilgan korporatsiyalar bilan ishlashda zarur. Buning uchun ayrim bank filiallari va bo’linmalari ushbu xizmatlarni ko’rsatish uchun ixtisoslashtiriladi. Mijozlarni jalb qilishning muvaffaqiyatliligi bank xizmatlarining sifatiga bog’liq va “bank xizmati – hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar – boshqa yordamchi xizmatlar” printsipiga asoslangan. Jahon tajribasidan foydalanish nuqtai-nazaridan tashqi iqtisodiy bitimlar bilan bog’liq risklarni boshqarishni rivojlantirish muhim hisoblanadi. Savdo bitimlari riskini baholashning jahon tajribasiga asoslangan holda risklar hisob-kitobi jadvalini ishlab chiqish kerak.

Kichik biznesning paydo bo’lishi bunday operatsiyalarning bizning bozorimizda paydo bo’lishining asosiy sabablaridan biri hisoblanishi mumkin. Overdraft va faktoring butun dunyoda kichik va o’rta biznes toifasiga tegishli bo’lgan korxona va firmalarni kreditlashtirishning nisbatan qulay shakllaridan biri. Bu esa ushbu xizmat turlarining qonuniy asoslanishini rivojlantirish va takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish va rivojlanish tijorat banklarning kredit siyosatida o’zgarishlar bo’lishini talab qiladi, ya’ni bank bilan mijozlar o’rtasidagi kredit munosabatlarga yangicha yondashishni taqozo qiladi. Mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish va takomillashtirish bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarb sohalardan biri hisoblanadi. Bu sohaning dolzarbligi quyidagi omillarning ta’sirida yuzaga chiqadi.



  • Bank tizimi tarkibining o’zgarishi. Bank xizmatlariga talabning ortishi, banklarning davlat monopoliyasidan chiqarilishi banklarning mijozlari bilan munosabatni o’zgartirdi. O’zbekistonda bank tizimining rivojlanishi Markaziy bank boshchiligida ikki pog’anali bank tizimining yuzaga kelishiga zamin tayyorladi. Bank tizimining qayta isloh qilinishi banklarning makro va mikro darajada faoliyat ko’rsatishiga zaruriyat bo’lganligiga asoslanadi.

Bozor munosabatlari bank marketingi va menejmentini rivojlantirishni, bank ishida yangi texnologiyalar qo’llashni, mijozlarga bo’lgan munosabatlarni o’zgartirishni va munosabatlarning yangi shakllarini qo’llashni, mamlakatda mavjud iqtisodiy risklarni inobatga olgan holda, mijozlarga kam xarajat keltirgan holda ularning ehtiyojini qondirish yo’llarini ishlab chiqishni zarur qilib qo’yadi.

  • Bozor iqtisodi sharoitida banklarning ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatini mustahkamlash zarur bo’lib bormoqda. Bu sohada banklar aholiga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashlari lozim. Banklarning bu operatsiyasi ularning kredit potentsialini mustahkamlash omili sifatida maydonga chiqishi mumkin.

Bank xizmatlarini O’zbekistonda rivojlantirish yo’nalishi sifatida yangi bank xizmatlarini tashkil etishni ham qo’shish mumkin.

Yangi bank xizmatlarini taqdim etish bilan bank o’zini ma’lum bir ma’noda xavfga qo’yadi. Ayniqsa, xizmat ko’rsatishga qaratilgan sohada risk darajasi yuqoridir, chunki sanoatning yangi mahsulotlar patentlar bilan himoyalangan ko’plab tarmoqlariga qaraganda bu sohada raqobatchilar aynan o’sha xizmatlarni yo’lga qo’yishlari mumkin. Bundan tashqari, bank ishida yangi xizmatlarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi alohida bank firmalarining nazoratidan, ayniqsa yangi xizmatlar atrofida qattiq barerlar (to’siqlar), shuningdek, xususan yangi xizmatlar xarajatlari va daromadlari o’rtasidagi munosabatlarni keskin va tubdan o’zgartira oluvchi foiz stavkalarining o’sishi yordamida iqtisodiy shartlar qo’ya oluvchi bank faoliyatini tartibga solishdan tashqarida bo’lgan umumiy omillar yordamida aniqlanadi.

Yangi bank xizmatlarini takomillashtirish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:


  • yangi g’oyalarni muammoni ommaviy tahlil qilish, mijozlar bilan shaxsiy muloqotlar va pochta korrespondentsiyasi sharxi yordamida ishlab chiqish;

  • yangi xizmatning mohiyati va uning natijaviy maqsadini formulirovkasi, yangi xizmat maqsadining bankning umumiy maqsadlari o’rtasidagi munosabati, bu xizmat kimlarni jalb qila olishi tahlili;

  • ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun yangi xizmatlarga talab yetarliligini aniqlash va bu xizmatlardan xohlagan bittasini tarqatish, shuningdek, uning bank umumiy daromadidagi hissasini tahmin qilish;

  • yangi xizmatlar bozorini mavjud xizmatlarga va bank personaliga mos kelishi tahlil etish;

  • bank mijozlarga kerakli xizmat turini taklif qilayotganligi haqida ularga yetkazish imkonini beruvchi marketing rejasini ishlab chiqish;

  • yangi servis dasturini amalga oshirish uchun bank boshqaruvi va personalini jalb qilish va kapital qo’yishga arzirligi haqida qaror qabul qilish;

  • avval ishlab chiqilgan marketing rejasidagi yangi xizmatlarni qo’llash natijasida tez-tez takrorlanib turuvchi holatlardagi omadsizliklarni baholash.

  • birinchi olingan natijalarga asoslangan holda yangi xizmatni taqdim etishni davom ettirish yoki bankning xizmat ro’yhatidan chiqarib tashlash kerakligi haqida qaror qabul qilish.

Yangi bank xizmatlarini ishlab chiqish va taklif etishning samarali strategiyalari marketingning fundamental kontseptsiyalariga (bank xizmatlar differentsiatsiyasiga o’z mijozini u taqdim etayotgan xizmatlarning soni va sifati bo’yicha ushbu turdagi muassasalar orasida yagona ekanligiga ishontira olgandagina erishadi) asoslanadi. Xizmatlar samarali differentsiatsiyasi bu qimmat mashg’ulotdir.

Boshqa servis strategiyasi bu bozor segmentatsiyasidir. Bu strategiyaga muvofiq bank o’z mijozlarini alohida tavsiflari (daromadlari, ixtisosligi) bo’yicha guruhlarga yoki segmentlarga bo’lib olishi zarur. So’ngra marketing bo’limi mavjud xizmatlarni to’plashga yoki to’g’ri iste’molchilarning aniq bir guruhiga mo’ljallangan, yangi xizmat turlarini ishlab chiqishga harakat qiladi. Bank boshqaruvi mijozning talabini bank raqobatchiligining eng past darajasi bilan to’qnash keluvchi bozor segmentlarini aniqlashga yo’naltirilishiga umid qilib qolamiz. Boshqa moliyaviy servis firmalari ham bank operatsiyalarini har birini amalga oshira olish imkoniyatiga ega ekanliklari uchun, tez orada daromadli bo’lib borayotgan differentsiyalash va segmentlash sohalarida raqobat yuzaga keladi. Bu holatda bank yangi servis g’oyasini izlashiga to’g’ri keladi.

Vaqt o’tishi bilan moliyaviy bozorda erishilgan mavqening pasayishiga to’sqinlik qiluvchi uslublardan biri yodda qolarli shior, savdo markasi yoki boshqa hech bir xizmat ko’rsatuvchi moliyaviy firma foydalana olmaydigan patentlashtirilgan nomlardan foydalanishdir. Mijoz moliyaviy muassasa reklamasini ko’rganda yoki ushbu bankka borganda, bu unda bank uchun zarur bo’lgan hissiyotlarni uyg’otadi. Biroq, bu uslublarning mavjudligi samaradorligining davomiy emasligi, bank boshqaruvi mijozlarining servis talablarini va holatlarning o’zgarishi bilan doimo hamqadam bo’lishi kerakligini bildiradi. Bunda mijozlarni tez-tez o’rganib turish, mijozlar tarkibidan konsalting guruhlarini yoki bank mijozlari uchun hohlagan vaqtlarida qo’ng’iroq qilib, o’zlarining takliflari va e’tirozlarini bildira olishlari uchun tekin telefon tarmoqlarini tashkil qilish uslublari ahamiyatli bo’lib qoladi.

Iqtisodiy adabiyotlarda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etishda banklarga quyidagi muommolarga e’tibor qaratishligi tavsiya etiladi:



  • Mijozlar ehtiyojlariga e’tibor qaratish. Internetning asosiy ustunliklaridan biri bu mijozlar to’g’risida ko’p ma’lumotlarni tez va oson yig’ish mumkin. Ammo bu ma’lumotlardan foyda olish uchun ular bilan ishlashni o’rganishlari va olingan xulosalardan kelib chiqib tez ish ko’ra bilishlari lozim;

  • Ana’anaviy xizmat turlari ustunliklaridan foydalanish. Internet tarmog’ida butunlay avtonom bo’lgan kompaniyani ishga tushirish ko’p xollarda eng oson yo’ldir, lekin bu yo’l xar doim ham o’zini oqlayvermaydi. Tovar belgisi, keng mijozlar bazasi, rivojlangan filliallar tarmog’i kabi ana’naviy xizmat turlari ustunliklari zamonaviy bank texnologiyalarini tadbiq etishni osonlashtirishi mumkin.

Zamonaviy bank texnologiyalarni mamlakatimizda takomillashtirishda asosiy omillardan yana biri bu axborot xavfsizligidir. Zamonaviy bank texnologiyalari yordamida bankning faoliyat doirasi Internet olamiga borgan sari singib boradi, bunda «bank siri»ga tegishli ma’lumotlar ham raqamlashtirilgan ko’rinishda bo’lishi ko’zda tutiladi. Bu ma’lumotlarni himoyasini ta’minlash banklarga kelajakda aholi tomonidan o’z konfedentsial ma’lumotlarini ishonib topshirishlarini belgilab beradi.

Mamlalakatimizda bank sohasini yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda olib borilayatgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashganlik darajasi oshishiga, zamonaviy bank texnologiyalarini o’z faoliyatlarida tadbiq etishiga va iqtisodiyotning tizimli o’zgarishlarda aktiv ishtirok etishiga olib keldi. Shunday qilib, yaqin kelajakda biz bank sohasida Internet, Mobil banking, ijtimoiy yuqori texnologik banking kabi zamonaviy texnologiyalar yordamida taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanishimiz mumkin, bir so’z bilan aytganda raqamlashtirilgan banking vujudga kelishiga guvoh bo’lamiz.

Xulosa o’rnida aytish joizki, mustaqilligimizning keyingi yillarida respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada isloh qilish, bo’yicha olib borilayotgan ishlar barcha banklar tomonidan tizimli amalga oshirilishi, elektron to’lovlar va elektron tijorat bo’yicha axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bank mijozlariga sifatli bank xizmatlarini ko’rsatishni ta’minlash bilan birga, O’zbekiston bank tizimining muqarrar yuksalishiga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatishi shubhasiz.
XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotining qon-tomiri hisoblangan bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘na-lishlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar banklarimiz tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, to‘lov intizomi va madaniyatini yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda har bir kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo’luvchi yangiliklarga boy bo’lmoqda, jumladan, jahon bank-moliya tizimining jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog‘idan biri hisoblangan bank sohasida ham yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanishga yanada ko‘proq ehtiyoj sezilmoqda.

Darhaqiqat, tijorat banklari tomonidan axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati va shaffofligi bugungi kun talabidir. Endilikda an’anaviy bank xizmatlari o‘rnini to‘la egallayotgan zamonaviy masofaviy bank xizmatlarining turli ko‘rinishlari aynan shu tezlik, sifat va ishonchni ta’minlayotgani hech kimga sir emas. Zamonaviy bank xizmatlari mijozlarga yanada kengroq qulaylik yaratgan holda ularning imkoniyatlari oshirilishiga xizmat qiladi. Zamonaviy Masofadan boshqariladigan bank xizmatlari tijorat banklar faoliyatida samarali tadbiq etish uchun qog’oz shaklidagi hujjatlarni qonuniy kuchini yo’qotmagan holda elektron shakl ko’rinishiga keltirish va ularni elektron tizimda almashish, bank operatsiyalarini elektron hujjat asosida o’tkazish, mijozlarning konfidentsial ma’lumotlari xavfsizligini qonun miqyosida belgilash kabi masalalar mavjud edi. Bugungi kunga kelib, O’zbekiston Respublikasida zamonaviy masofadan boshqariladigan bank xizmatlari tijorat bank faoliyatiga tadbiq etish uchun bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va mustahkam huquqiy baza yaratildi. Shuningdek, «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida», «Elektron to'lovlar to'g'risida», «Axborotlashtirish to'g'risida», «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi qonunlariga, shuningdek tizim ahamiyatidagi to'lov tizimlarini tuzishning umumqabul qilingan xalqaro tamoyillariga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida banklararo elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan. Sanab o’tilgan bir qator me’yyoriy huquqiy bazaning masofaviy bank xizmatida ahamiyati juda yuqori hisoblanadi.

Tаdqiqоt nаtijаlаri bo’yichа quyidаgi хulоsа vа tаkliflаrni bеrish mumkin:

1. Bаnk хizmаtlаri turli tumаnligini tаkоmillаshtirish uchtа yo’nаlishlаr bo’yichа аmаlgа оshirish mumkin: mаvjud bo’lgаn хizmаtlаrni mоdifikаtsiyalаsh, mаvjudlаridаn tubdаn fаrq qiluvchi butunlаy yangi хizmаtlаr ko’rsаtish, qo’shimchа хizmаtlаrni rivоjlаntirish.

2. Bаnk sеktоridаgi innоvаtsiyalаr mijоz vа bаnk mаhsulоtlаri bilаn ishlаshni tехnоlоgik tа’minlаshning yangi sifаtidа, eng yangi dаsturiy tа’minlаshdаn fоydаlаnishdа kаrtоchkаli tехnоlоgiyalаrni kеng qo’llаnishi, mаsоfаviy bаnk хizmаtlаri rivоjlаnishidа аks ettirish.

3. Bаnk hisоbvаrаqlаrigа mаsоfаdаn хizmаt ko’rsаtish tizimlаri – bu mijоzning mаsоfаdаn bеrgаn tоpshiriqlаrigа аsоsаn(bаnkkа kеlmаsdаn) bаnk хizmаtlаrini tаqdim etish tехnоlоgiyalаridir. Аsоsаn kompyuter vа tеlеfоn tаrmоqlаri оrqаli аmаlgа оshirish

4. Jahondagi barcha banklardagi masofaviy bank xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va ularni tahlil qilgan holda O’zbekiston Respublikasi hududida joriy qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish.

5. Banklar mijozlarning turar joyi, yoshi, millati, ish kasbi, qiziqishlari kabi ma’lumotlar asosida ularga mos keluvchi bank mahsulotini yoki xizmatini taklif qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2003. 8 dekabr.

  2. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi Qonuni. – T.: “O’zbekiston”, 1995. 21 dekabr.

  3. O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” gi Qonuni. – T.: “O’zbekiston”, 1996. 25 aprel.

  4. O’zbekiston Respublikasining “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi Qonuni. – T.: “O’zbekiston”, 2006. 24 fevral.

  5. O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi Qonuni. – T.: “O’zbekiston” 526-II, 2003. 11 dekabr.

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi Qarori

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ3945-sonli “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ2751-sonli “Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob- kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

  10. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O’zbekiston respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi” 2465-sonli Nizomi, 2013 yil 3 iyun

  11. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PF-4947 sonli Farmoni asosida “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi nutqi.

  12. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari. Monetar siyosat 2018 yilga mo’ljallangan chora tadbirlari.


Download 224.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling