O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi


XULOSA………………………………………………………...…………...44


Download 224,77 Kb.
bet2/24
Sana13.12.2021
Hajmi224,77 Kb.
#180724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат

XULOSA………………………………………………………...…………...44

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………….…………..46












KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti tobora rivojlanib borayotgan sharoitda bank tizimida sezilarli darajada o’zgarishlarning guvohi bo’lmoqdamiz. Bu aholi talabining oshishi bilan birga aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchi hamda masofaviy bank xizmatlariga ehtiyoj sezilishi bank tizimida innovatsion bank xizmatlarni takomillashtirishga zamin yaratmoqda.

O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, bank xizmatlari yangi turlarini yaratish natijasida aholiga turli xil qulayliklarni yaratish maqsadida 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”ni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat ko’rsatish tizimlaridan (“SMS-banking”, “Internet-banking”, “Mobil-banking”) foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi jihatlarga e’tibor qaratildi1. Zamonaviy axborot texnologiyalari yangi bank mahsulotlari va xizmatlarining joriy etilishi mamlakatimiz bank xizmatlari bozori kengayishiga sharoit yaratmoqda. Respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlangani sari tijorat banklari ham chakana amaliyotlar, mijozlarga taqdim etadigan xizmatlar turini oshirish orqali o’z faoliyatini diversifikatsiyalashga erishmoqda.

Bugungi kunda bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga zaruriyat tug’ilmoqda. So’ngi yillarda qishloq va tumanlarimizda xizmat ko’rsatish sohasini izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ammo boshlangan innovatsion islohotlarni, ya’ni yangi axborot kommunikatsion-texnologiyalarni barcha sohalarda bo’lgani kabi bank tizimida ham keng joriy etish ishlarini izchil davom ettirish zarurdir. Buning boisi shundaki, agar ana shu amaliy ishlarni hal qiluvchi islohot va yangiliklardan boshlamasak, o’z-o’zidan ayonki, biz kutayotgan barqaror o’sish sur’atlari bilan rivojlanishni qo’lga kiritishni aslo tasavvur etib bo’lmaydi. 

Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: “Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo’lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o’tgan yili printsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo’yicha qat’iy qadamlar qo’yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so’zsiz davom ettiriladi.

Hozirgi zamon bank-axborot texnologiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri, bu to’lovlarni amalga oshirishning plastik kartochka tizimidir. Ushbu texnologiya iqtisodiyotga va mamlakatning to’laligicha rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatish mumkin.

Bank tizimining faoliyati bir qator qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaramasdan hali-hanuz bank xizmatlari istiqbolda jamiyatning manfaatlarini to’la to’kis bajara olmayotgani, bu esa bo’lajak investorlarning mamlakatga kirib kelishiga ta’sir ko’rsatmoqda desak adashmagan bo’lamiz. Bunda masofaviy bank ximatlarini takomillashtirish masalasi dolzarb muammolardan biri sanaladi.



  1. Download 224,77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling