2. Masofaviy bank xizmatlarini rivojlanish bosqichlari
Ma’lumki, davlatning iqtisodiy sohasi rivojlanishini samarali faoliyat ko’rsatuvchi bank tizimisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Samarali faoliyat ko’rsatayotgan bank tizimi davlat moliya tizimi barqarorligining asosi bo’lib, iqtisodiyotda operatsion xarajatlarni kamaytirish, moliyaviy va boshqa resurslardan samarali foydalanish, moliya bozori likvidligini oshirish va pul-kredit siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda Mamlakatimizda shiddat bilan rivojlanayotgan masofaviy bank xizmatlarining rivojlanish bosqichi uning jozibadorligini o’zida namoyon qiladi. Masofaviy bank xizmatlari aholining ishonchiga kirishi bilanoq mamlakatimizda keng tarqala boshladi. Masofaviy bank xizmatlarini rivojlanishida to’lov tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda To’lov tizimini rivojlanishi yillar o’tib masofaviy bank xizmatlarini paydo bo’lishiga turtki bo’ldi. Masofaviy bank xizmatining paydo bo’lishida to’lov tizimi asosiy o’rinni egallaydi. Xususan, Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng samarali va jahon talablari darajasida deb hisoblangan mamlakatimiz masofaviy bank tizimining rivojlanishi to’rt bosqichga bo'linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |