4. O’zbekiston bank tizimi amaliyotida masofaviy bank xizmatlarining ilg’or tajribalarini qo’llash masalalari
Iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida, barcha ijtimoiy sohalarda raqobatning oshishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hayotimizga singib borishi, tijorat banklarini o’z faoliyatlarini tashkil etishdagi yondoshuvlarini o’zgartirishga undamoqda, banklarning o’zida innovatsion g’oyalarni amaliyotga tadbiq etish ishlari keng olib borilmoqda. O’rta muddat davrda tijorat banklarning asosiy maqsadlaridan biri bu aholiga ko’rsatiladigan bank xizmatlari sifatini darajasini oshirishdir. Bu maqsadga erishish, iqtisodiyotimizni yanada o’sishi va jahon davlatlari orasida raqobatbardoshligini oshishi uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi. Banklarni jahon arenasida raqobatbardoshligini oshirish yo’llaridan biri zamonaviy texnologiyalar, moliyaviy va tashkiliy innovatsiyalardir.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, banklarda oshib borayotgan axborot oqimlarini qayta ishlashga imkon beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish talab etiladi. Bank faoliyati innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Bank xizmatlari bozori elektron hujjat aylanishi tizimiga o’tgan davrlardan boshlab bir qancha turdagi elektron xizmatlar qo’llanila boshlandi va mijozlarga keng miqyosda taklif etildi. Kompyuter texnologiyalari hamda internetning faol qo’llanilishi xilma xil bank xizmatlari bozorini yuzaga kelishiga zamin bo’ldi.
Mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan bajaradigan xizmatlar soni oshib borishi mijozlarga qulayliklar yaratishi va bank xizmatlarining sifatiga qarab mijozlarni bankni tanlash imkoniyati yaratiladi.
Bank xizmatlarini rivojlanishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1. An’anaviy;
2. Noana’naviy.
An’anaviy bank xizmatlarining endilikda masofadan turib amalga oshirish imkoni barchaga birday ma’qul kelgani natijasi o’laroq uning segmentlarga ajralishiga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |