O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi


-rasm. Butun jahonda mobil banking xizmatidan foydalanuvchilar soni (mlrd.). 2019 yilga nisbatan prognoz qilingan12


Download 224.77 Kb.
bet13/24
Sana13.12.2021
Hajmi224.77 Kb.
#180724
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат

6-rasm. Butun jahonda mobil banking xizmatidan foydalanuvchilar soni (mlrd.). 2019 yilga nisbatan prognoz qilingan12
Joriy yilda UBSEvidencelab tomonidan o’tkazilgan savolnomaga asoslangan tadqiqotda mobil va mobil bo’lmagan bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlarning davlatlar miqyosida o’rtacha yoshi o’rganib chiqildi (3-jadval).

3-jadval

Mobil va mobil bo’lmagan bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlarning davlatlar miqyosida o’rtacha yoshi

Davlat

Mobil banking xizmatidan

foydalanmaydiganlar

o’rtacha yoshi

Mobil banking

xizmatidan

foydalanuvchilar

o’rtacha yoshi

Avstraliya

56,4

38,5

AQSh

53,0

37,7

Kanada

58,1

42,8

Buyuk Britaniya

50,6

37,5

Shvetsiya

56,8

43,9

Xitoy

38,8

35,1

Rossiya federatsiyasi

38,3

34,8

Butun dunyo bo’yicha

46,1

36,1

3-jadvaldan ko’rinib turibdiki, dunyo bo’yicha mobil banking xizmatidan foydalanadigan mijozlarning o’rtacha yoshi foydalanmaydigan mijozlarning o’rtacha yoshidan 10 yoshga kichikdir, bu degani, iqtisodiy faolroq bo’lgan aholi qatlami mobil banking xizmatidan foydalanadilar. Tadqiqot natijalaridan mobil banking kelajakda yanada rivojlanishiga ishonch xosil qilishimiz mumkin.

2015 yil axborot texnologiyalari asridan raqamlashtrish asriga o’tish yili bo’ldi deb hisoblasak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Shu sababdan, Katta hajmdagi ma’lumotlar (BigData) texnologiyasi hayotimizga tobora kirib bormoqda. Jahondagi barcha banklar uchun ma’lumotlarni yig’ish va ularni tahlil qilish asosiy raqobat ustunligiga aylanib bormoqda. Banklar mijozlarning turar joyi, yoshi, millati, ish kasbi, qiziqishlari kabi ma’lumotlar asosida ularga mos keluvchi bank mahsulotini yoki xizmatini taklif qilishlari mumkin. Internet tarmog’i ommalashgan davrda, bu tarmoqdan chetda qolgan shaxsni o’zi bo’lmasa kerak, katta hajmdagi ma’lumotlar texnologiyasidan foydalangan holda internetdan mijozlar to’g’risida ma’lumot yig’ib ularning ehtiyojini bilish mumkin.

Xorij banklari katta hajmdagi ma’lumotlar texnologiyasiga asoslangan holda mijozlarni kreditga layoqatligini baxolovchi skoring tizimlarini ishlab chiqmoqdalar bu tizimni ishlash printsipini o’rganadigan bo’lsak, avvalambor mijozlar to’g’risidagi ma’lumotlarni kreditni qaytarmaslik holatlari korrelyatsiyasini tahliliga asoslanagan.

Jadal sur’atlarda rivojlanayotgan yana bir bank texnologiyasi bu ijtimoiy bankingdir. Ijtimoiy banking texnologiyasi – bu ijtimoiy tarmoqlar yoki ijtimoiy kreditlash (P2P) orqali amalga oshiriladigan banking usuli.13

Ijtimoiy kreditlash (P2P) – bu texnologiya 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan keyin rivojlana boshladi, buning asosiy sababi, banklar inqirozdan keyin kredit berish shartlarini keskin oshirdi. Natijada kichik biznes sohasidagi mijozlar uchun kredit olish juda qiyin bo’lib qoldi. Texnologik yangiliklar tufayli kredit olmoqchi va kredit bermoqchi bo’lgan shaxslar o’zaro to’g’ridan to’g’ri (P2P) bank ishtirokisiz kreditlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniga ega bo’ldilar. MorganStanley hisobotiga asosan bugungi kunda global P2P bozor hajmi 24 milliard AQSh dollariga tenglashtirilmoqda, 2020 yilga kelib bu ko’rsatkich 290 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilishi kutilmoqda. Bunday o’sish davlatlarning qonun chiqaruvchi organlarining yangi qonunlar ishlab chiqarishga undamoqda, ayniqsa terrorizmni moliyalashtirish, noqonuniy yo’l bilan topilgan pul mablag’larini legallashtirish kabi faoliyatni oldini olish uchun bu texnologiyani tartibga solish talab etilmoqda. Insonlarni jahon bo’ylab bir biri bilan aloqa P2P texnologiya orqali moliyaviy aloqalar o’rnatishi cheklanmagan istiqbolga ega (7-rasm).






Download 224.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling