O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi
Download 224.77 Kb.
|
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат
2-bosqich 1995-1997 yillarni qamrab oladi. 1995 yil aprel oyida Markaziy bank Jahon banki mablag’lari hisobidan O’zbekiston Respublikasi banklararo to’lov tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan xalqaro tanlov tender e’lon qildi.
Markaziy bankda tashkil etilgan elektron to’lov tizimini yaratish ishchi guruhi o’tgan yillardan olingan tajribalar va xulosalar, shuningdek jahonning ilg’or davlatlari yutuqlarini o’rganish va tahlil qilish asosida elektron to’lov tizimi texnologiyasini yaratdilar. Eski tizim 19 avgustdan boshlab yangi texnologiya bilan almashtirila boshlandi. Bu paytga kelib Markaziy bank tizimida hisob-kitob markazlari tashkil etildi va tijorat banklariga elektron to’lov bo’yicha xizmat ko’rsatila boshlandi. Yangi texnologiyaga o’tila borishi sababli yilning oxirigacha respublikada 2 tizim: elektron pochta va elektron to’lov tizimlari ishlab turdi. Yil oxiriga kelib esa barcha tijorat banklari Markaziy bankning hisob-kitob markazlari, kliring markazlari elektron to’lov tizimiga qo’shildi. Yangi tashkil etilgan hisob-kitob markazlari tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarini kliring markazlaridan o’zlariga o’tkaza boshladilar. Iyul oyiga kelib kliring markazlari butunday qisqartirildi. Shu bilan bir qatorda Markaziy bank Bosh axborotlashtirish markazi mutaxassislari va bank xodimlari to’lovlarning o’tishi muddatini yanada qisqartirishni ta’minlash borasida tinmay izlanish olib bordilar. Buning natijasi o’laroq, yil oxiriga kelib to’lovlar o’tishi muddati respublika miqyosida 2 soat, viloyat miqyosida 1 soatni tashkil etdi. Respublika bank tizimida yangi hisob tizimi rejasiga o’tilishi Markaziy bankning to’lov tizimini rivojlantirishda tub burilish yasadi. Elektron to’lov tizimining mavjud amaliy dasturi rivojlantirilib, tizimning katta o’tkazish qobiliyati va hujjatlarning yuqori tezlikda qayta ishlanishi (hududlararo hisob-kitoblar - 15 daqiqada, bitta hudud ichidagi hisob-kitoblar esa – 3-5 daqiqada) pul mablag’lari aylanishini jiddiy oshirdi. Bu esa respublika iqtisodiy sub’ektlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir etdi, banklarga vaqtincha bo’sh turgan mablag’lardan samarali foydalanish va kredit xavf-xatari darajasini hamda likvidlilik xavf-xatarini tezkorlikda boshqarish imkonini berdi. Download 224.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling