O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi
Download 224.77 Kb.
|
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат
1-bosqich 1991-1994 yillarda amalga oshirilgan. Viloyatlar ichida hisob-kitoblar pochta tashuvchilar orqali yagona hisoblash markazida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir haftani tashkil etar edi. Viloyatlararo hisob-kitoblar ham pochta orqali avizo hujjatlari asosida amalga oshirilgan. Bunda mablag’lar bir mijozning hisobvarag’idan ikkinchi mijozning hisobvarag’iga bir oydan ikki oygacha bo’lgan muddat mobaynida kelib tushar edi.
Markaziy bank Bosh axborotlashtirish markazida banklararo hisob-kitoblarda elektron pochta usuli yaratish ustida ishlandi. Shuningdek bank amaliy ish kunini kompyuterlar vositasida bajarish amaliy dasturini yaratish va ularni banklarda tadbiq etish bo’yicha ish olib borildi. 1993 yili qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonunini bajarish yuzasidan Markaziy bankda va uning hududiy Bosh boshqarmalarida axborotlashtirish boshqarmasi va bo’limlari tashkil etildi. Banklararo maxsus ajratilgan aloqa kanallari vazifasida elektron to’lov tizimini ishga tushirish borasida ish olib borildi. Respublika bank tizimini axborotlashtirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Sobiq Ittifoq respublikalari bilan o’zaro hisob-kitoblarni tartibga solish va ularga xizmat ko’rsatish amaliy dasturi yaratildi. Markaziy bankning hududiy boshqarmalari to’liq kompyuterlashtirildi. Ya’ni bir paytda respublika elektron to’lov tizimini zamini yaratila boshlandi. Shu yilning dekabr oyidan boshlab juda qisqa muddat uch oy mobaynida Sobiq Ittifoq respublikalari bilan 1991, 1992 hamda 1993 yillardagi yig’ilib qolgan o’zaro hisob-kitoblar, qarzlar hisoblab chiqildi va 1994 yilning mart oyiga kelib bu borada aniq ma’lumotlarga ega bo’lindi. 1994 yil 18 mart kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 146-sonli “Bank tizimini takomillashtirish, pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, Markaziy bank tizimida elektron pochtalarni joriy etishni oktyabrga qadar tugallash vazifasi yuklatildi. Shuningdek, Qarorda respublika bank kompyuter tizimini yaratish uchun zarur valyuta mablag’larini ajratish ham ko’rsatildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 iyul kuni “O’zbekiston Respublikasi bank tizimini moliyaviy qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaror qabul qilindi. Unga asosan banklar qator soliqlardan ozod qilindi va bo’shagan mablag’larni o’z faoliyatini kompyuterlashtirishga sarflash shart qilib qo’yildi. Mazkur Qarorlarga binoan tijorat banklarining bo’limlari kompyuterlashtirila boshlandi va ular elektron to’lov tizimiga qo’shib borildi. Avgust oyi oxiriga kelib mustaqillikning uch yilligi sharafiga elektron to’lovlar vaqtinchalik Nizomi yaratildi. Oktyabr oyidan boshlab esa elektron pochta respublika bank tizimida ishga tushirildi. Respublika bank tizimida buxgalteriya hisob-kitoblarni va bank amaliy ish kunini umumiy bir ko’rinishga keltirish uchun zarur ishlar amalga oshirildi. Markaziy bank qilingan bu ishlar bilan cheklanib qolmasdan o’zining mutaxassislari kuchi bilan elektron to’lov tizimi amaliy dasturini respublika miqiyosida tadbiq etish ustida ham tinimsiz ish olib bordi va 1995 yil uchun zamin yaratdi.
Download 224.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling