O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi
-jadval Masofaviy bank xizmatlarining afzalligini bildiruvchi jadval4
Download 224.77 Kb.
|
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy korsatkichlar Elektron tolov tizimi Pochta-telegraf tizimi
1-jadval
Masofaviy bank xizmatlarining afzalligini bildiruvchi jadval4
1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki banklararo to’lovlarni amalaga oshirish vaqti ancha qisqargan, ya’ni 2-7 kunda bir necha daqiqagacha (3-15 daqiqagacha), to’lovlarni amalga oshirshda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar soni 20 kishidan 7 kishiga kamaygan. Bugungi kunda bank tizimini rivojlantirish va aholi ishonchini qozonish maqsadida bir qator islohotlar olib borilmoqda, Shu o’rinda aholi talabidan kelib chiqgan holda Masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi paytda respublikamiz tijorat banklari “Bank-mijoz” tizimi bo’yicha o’z mijozlariga uylarida va ishxonalarida bank xizmatlarini ko’rsatishni taklif qilmoqda. “Bank – mijoz” tizimi to’lov hujjatlarini bankka uzatish, mijozning hisobidan ko’chirmalar olish, mijozlarning hisobiga pul mablag’larining kelib tushishi bo’yicha to’lov hujjatlarining massasini olish, bank bilan elektron matnli xabarlar orqali axborot almashinish, axborot tariqasidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi va uzatilayotgan ma’lumotlarning maxfiyligi, saqlanishini va xaqqoniyligini ta’minlaydi. Mijozllarga uylarida xizmat ko’rsatish tizimi chakana bank xizmatlarining asosiy shakliga aylanib bormoqda. Bank bo’limlari tomonidan mijozlarga ko’rsatiladigan xizmatlar, kredit va to’lov kartochkalari, bankomatlardan foydalanishga asoslangan xizmatlarni mijozlarga uylarida ko’rsatiladigan bank xizmatlarining yagona tizimini shakllantiradi. Respublikamiz bank tizimida mavjud bo’lgan zamonaviy yangi texnologiyalarga asoslangan bank dasturlari bank va mijozning avtomatlashtirilgan o’zaro aloqasi uchun belgilangan bo’lib, pul mablag’lari operativ boshqarishning o’sishiga va quyidagilarga imkoniyatlar yaratadi:5 мijozlarni har kuni bankga bormasligi hisobiga o’z vaqtini va mablag’ini tejashga; мanzilning uzoq yoki yaqinligiga qaramasdan mijozning bankni o’zi ixtiyoriy ravishda tanlashiga; кunning istalgan vaqtida foydalanish; bank mijozlari bo’lgan fuqarolarga ularning uyida, yuridik tashkilotlarga esa ularning idoralarida avtomatlashtirilgan ish joyini tashkil qilgan holda bank xizmatini ko’rsatishga; operatsion va axborotlar sohasida mijozga ko’rsatiladigan xizmat doirasini kengaytirishga; bank buxgalterlarining mehnat unumdorligini oshirishga; amallar (operatsiyalar)ning yuqori tezlikda va sifatli ro’yxat qilinishini ta’minlashga; bank mijoz dasturiy majmuasining ishlashi bank bilan mijoz o’rtasida kommunikatsion aloqa tarmog’i orqali faylda ma’lumotlar almashinuviga asoslangan. Bankning mijozlarga bank yangi xizmatlarini ko’rsatish borasidagi dasturlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: elektron pul hisob kitob hujjatlarini tayyorlash; elektron imzo va ma’lumotlarni raqamlash; bank bilan modem aloqasi; ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish; qabul qilingan ma’lumotlarni qayta ishlash; kerakli ma’lumot va hisobot shakllarini bosmadan chiqarish; ma’lumotlarni arxivlash.6 Mijozlarning elektron pul hisob-kitob hujjatlarni bankning ma’lumotlar bazasiga kiritish quyidagi sxema bo’yicha amalga oshiriladi: Download 224.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling