O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi
Masofaviy bank xizmatlarining nazariy asoslari
Download 224,77 Kb.
|
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат
Masofaviy bank xizmatlarining nazariy asoslari
Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan keyin o’tgan yillar mobaynida respublikamiz iqtisodining barcha sohalarida katta o’zgarishlar yuz berdi. Endilikda respublikamiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat va fuqoralik jamiyatini qurish yo’lidan bosqichma - bosqich qadam tashlamoqda. Bular qatorida iqtisodiyotning turli sohalari, jumladan bank tizimidagi islohotlar ham samarali amalga oshirilmoqda. Binobarin, bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ayniqsa, bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalaridan biri hisoblandi. To’lov tizimisiz bank faoliyatini tasavvur qilish mumkin emas. Chunki har bir bank faoliyati birinchi navbatda to’lovlar o’tkazish hisob kitoblar qilish bilan bog’liq. Iqtisodiy islohatlarning bosqichma bosqich amalga oshirilishi xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi mablag’lar xarakatini izchilligini ta’minlaydi. Banklar to’lov tizimining butkul yashashini taqozo qiladi. Hozirgi davrda mamlakatimizda innovatsion texnologiyalardan foydalanuvchilar bilan bir qatorda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlari (bank-mijoz, internet banking, mobil-banking, sms-banking) dan foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hukumati tomonidan bank tizimida naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirishni rag’batlantirish borasida bir qancha imtiyozlar berilmoqda. Shulardan biri bu plastik kartochkalarga xizmat ko’rsatadigan protsessing markazlari va bankomatlarni keltirish hamda ularni o’rnatish borasida bojxona to’lovlaridan 2020 yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangandir. 2 Shu bilan birga to’lov tizimi to’lovlar o’tkazilishi va to’lov oboroti bilan uzviy bog’liqdir. Shu bois kommunikatsiyalar va axborot texnologiyasidagi yangi loyihani amalga oshirish mamlakatimizda elektron to’lov tizimini rivojlantirdi. Bu borada xizmatlar tarkibi ham tubdan o’zgarib borayotganini ta’kidlash joiz. Mobil aloqa, yuqori tezlikda ishlaydigan internet, kabelli televizion aloqa, masofaviy bank xizmatlari, qishloq xo’jaligi texnikasi, avtomobillar va texnologik uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish kabi zamonaviy yuqori texnologiyalar asosidagi xizmat turlari aholi o’rtasida tobora ommalashib bormoqda. Masofadan turib boshqariladigan zamonaviy bank xizmatlari avtomatizatsiya vositalari va axborot tizimlari, filiallar o’rtasidagi elektron ma’lumot almashish, nazorat qilish va axborot xavfsizlik, telekommunikatsiyalar kiradi. Hozirgi kunda masofaviy xizmatlarsiz bankni tasavvur qilish juda qiyin, chunki oldingi yillarga nisbatan ma’lumotni qayta ishlashga belgilangan vaqt keskin kamaygan, ma’lumotlarning hajmi bir necha barobar oshgan hamda aholi qo’lidagi mablag’lar keskin oshayotganligi sababli masofaviy bank xizmatlarining o’rni bugungi kunda juda muhim ahamiyatga ega. Masofaviy bank xizmatlari bu – qarorlar qabul qilishni optimallashtirish, bank mahsulotini yaratish va bank xizmatini ko’rsatishga qaratilgan metod va uslublar to’plamiga asoslangan faoliyat turi bo’lib, mijozlarga bank xizmatlarini amalga oshirishda bir qancha qulayliklarni yaratadi. Masofaviy bank xizmatlari nafaqat mijozlar va investorlar nazarida bank imidjini aniqlash uchun ishlatiladi, balki bankning professionalik darajasini baxolashda eng muhim mezonlardan biri hisoblanadi. Masofaviy bank xizmatlari qulayligi bilan o’z xususiyatiga ega. Xususan, masofaviy bank xizmatlari aholini bank xizmatlariga bo’lgan ishonchini oshiradi Shu bilan bir qatorda bank xodimlariga ham turli xil qulayliklar yaratadi.3 Masofaviy bank xizmatlari - bu moliya tashkilotlar, biznes-tashkilotlar va internet foydalanuvchilari o’rtasida hisob-kitoblarini internet orqali olib borish xizmati hisoblanadi. Agar oddiy so’z bilan aytadigan bo’lsak elektron to’lov tizimi bu to’lovlarni internet orqali amalga oshirish hisoblanadi. Bu tizim orqali saytning domeni yoki hostingi orqali, kommunal to’lovlarni, mobil aloqa to’lovlarini, reklama xizmatlarini amalga oshirish yoki internet do’konlardan mijozlar o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida biror narsani elektron amalga oshirish imkonini beradi. Bu xizmatlar asosan veb saytlarda amalga oshiriladi. Masofadan boshqariladigan bank xizmatlarining paydo bo’lishiga turtki bo’lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bank tizimiga foyda keltirgan birinchi qadami kompyuter bo’lsa keying o’rinda elektron pochta tizimi hisoblanadi. Ko’pgina tijorat banklarida bankning hisob ishlarini mexanizatsiyalash darajasi juda past ekanligini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklararo hisob-kitoblarni elektron pochta tizimi orqali tashkil etishga qaror qildi. Elektron pochta orqali to’lovlar tizimining texnik jihatdan o’rnatishning uncha qimmat emasligi, qisqa muddatda tadbiq etilishi, kadrlarni tez muddatlarda o’qitilishi yangi tizimning joriy etilishini tezlashtirdi. Dastlab tajriba o’tkazildi. 1994 yilning iyul-oktyabr oylarida Markaziy bank tomonidan programma ishlab chiqildi va shu 1994 yilning 1-oktyabridan e’tiboran elektron pochta tizimidan tajriba sifatida foydalanila boshlandi. Tajriba davomida uni ishlatish bo’yicha o’zgarishlar kiritildi. Dastlab to’lovlarni 2-4 kun ichida o’tkazilishga erishildi. Xalq xo’jaligidagi hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida 1995 yil boshidan boshlab har bir viloyat Markaziy bank qoshida xududiy hisob markazlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir rayondagi ilgari faoliyat ko’rsatib kelgan kliring markazlari yopilib, ularning faoliyati to’xtatildi. Shu munosabat bilan oddiy pochta avizolari bekor qilindi. Respublika ichidagi barcha hisob-kitoblar uzog’i bilan ikki kun ichida o’tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to’lovlar tizimi joriy etildi. Elektron to’lovlar tizimi bu- umumdavlat tizimi bo’lib, banklararo to’lovlarni tashkil etadi va u qog’ozsiz texnologiyalarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki elektron pochta vositalari orqali o’tkazilishiga asoslangandir. Hozirgi kunda elektron to’lovlar tizimi yuqori o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lib, to’lovlarning respublika miqyosida 15-20 daqiqa mobaynida o’tishini ta’minlaydi. Bir xudud, ya’ni viloyat ichida esa to’lovlar 3-5 daqiqa ichida yakunlanadi. Elektron to’lovlar ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlaridir. Elektron to’lovlar tizimidan foydalanuvchilar hisob-kitob kassa markazlari va tijorat banklaridir. Elektron to’lovlar tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari tijorat banklari, axborotlash markazlari va hisob - kitob markazlari o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinib turiladi. Shunday qilib, elektron to’lov tizimi oddiy pochta-telegraf tizimidan butunlay farq qiladi. Buni elektron to’lov tizimining qator afzalliklari orqali yaqqolroq ko’rish mumkin. Download 224,77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling