O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi
Internet-bankingdan foydalanuvchilar ulushi
Download 224.77 Kb.
|
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, taraqqiy etgan mamlakatlarda Internet-banking xizmati ko’rsatish darajasi juda yuqori. Ayniqsa, Lyuksemburg, Germaniya, Shvetsiya, Frantsiya va AQShda ushbu ko’rsatkichning darajasi yuqori. Firma bir daqiqa ichida elektron pullar orqali tovarlar va xizmatlar uchun internet orqali to’lovlarni amalga oshirishi mumkin. Agar ushbu to’lovlar tijorat banki orqali amalga oshirilsa ancha vaqt ketadi. Birinchidan, bankka borish kerak. Ikkinchidan, navbat kutib turib qolish mumkin. Internet orqali to’lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan pullarni raqamli pullar deb nomlash iqtisodiy adabiyotda keng uchraydi. Shu bilan birga, smart-kartlardagi pullar ham raqamli pullar deb ataladi. Smart kartlar oddiy plastik kartalardan keskin farq qiladi. Ularda protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmasi mavjud. Shuningdek, savdo bilan shug’ullanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning virtual to’lov tizimidan foydalanishi savdo aylanmasi hajmini keskin oshirish imkonini beradi. Chunki, tovar xarid qiluvchilar uchun ham ushbu xarid qulaylik tug’diradi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda internet orqali to’lovlarni amalga oshiruvchilarning sonini keskin oshib borishi kuzatilmoqda. Bu esa, elektron tijorat bir kuni kelib, do’konlar faoliyatining barham topishiga olib keladi, degan xulosalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Internet orqali tovar xarid qiluvchilar uchun quyidagi qulayliklarning mavjudligini e’tirof etish mumkin: * uydan chiqmay turib, tovarlarga buyurtma berish mumkin; * xaridor tovarlar to’g’risida etarli darajada ma’lumotlarga ega bo’ladi va tovarlarning bahosi, sifati to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’ladi; * xaridor sotuvchi bilan muloqotga kirishish zaruriyatidan xalos bo’ladi. O’z tovarlarini internet orqali sotadigan kompaniyalar uchun virtual to’lov tizimining afzalliklari: * o’zgaruvchan bozor sharoitlariga tez moslashish imkonini beradi; * tovarlar assortimentini va baholarini tezlik bilan o’zgartirish imkonini beradi (natijada kompaniyaning bozordagi raqobatbardoshligi oshadi); * xaridorlarning takliflarini tahlil qilish asosida reklamaga o’zgartirishlar kiritish mumkin; * tovarlarni do’konlarga etkazish xarajatlari iqtisod qilinadi. Bugungi kunda internet orqali to’lovlar bo’yicha xizmatlar ko’rsatayotgan o’nlab internet-kompaniyalar paydo bo’ldi. Ular ko’rsatayotgan virtual to’lov xizmatidan katta miqdorda daromad olish bilan birga, ushbu to’lov tizimidan foydalanuvchilarning xarajatlarini iqtisod qilish imkonini bermoqda. Internet kompaniyalarning faoliyatini rivojlanib borayotganligi ko’p jihatdan internet tarmog’ini texnik va texnologik jihatdan yangilanib borayotganligi bilan izohlanadi. Xususan, kompyuterlarning yangi avlodi yaratilmoqda, internetning ishlash tezligi oshmoqda. Bu esa, albatta katta miqdordagi investitsiyalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Virtual to’lov tizimidan foydalanuvchilar elektron hamyonga ega bo’lishlari lozim. Elektron hamyon ikki xil bo’ladi: 1. Oddiy elektron hamyon. 2. To’liq funktsional hamyon. Oddiy elektron hamyon to’lov tizimidagi bitta bank bilan ishlash imkonini beradi. To’liq funktsional hamyon esa, tizimdagi barcha banklar bilan ishlash imkonini beradi. Bundan tashqari, barcha tijorat banklari bir xil turdagi elektron pullardan (elektron shaklda muomalaga chiqariladigan pullik majburiyatlar) foydalanishlari va ular tizimdagi barcha banklar tomonidan cheklanmagan miqdorda qabul qilinishi lozim. Virtual to’lov tizimidan har bir foydalanuvchiga elektron hamyon orqali to’lovlarni tez va xavfsiz amalga oshirish imkonini beradigan texnik vositalar va dasturiy ta’minot bo’lishi lozim. Mobil banking 2000-2005 yillarda juda cheklangan imkoniyatlarga ega edi: hisobdagi mablag’ qoldig’ini ko’rish, hisob varaq to’g’risida hisobotlar olish va h.k. Hozirda deyarli hamma banklar mobil banking xizmatini taklif etmoqdalar. Dunyoda planshet va smartfonlar sonini oshishi mobil banking xizmatidan foydalanuvchilar sonini oshishiga olib kelmoqda. 2014-yil Juniper tomonidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra dunyo bo’yicha jami 800 million mobil banking xizmatidan foydalanuvchilar mavjud bo’lgan. Foydalanuvchilar soni kundan kunga o’sib bormoqda, tadqiqotga ko’ra 2019 yilga kelib bu ko’ratkich 1,8 milliardga yetadi (6-rasm). Download 224.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling