O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti tarix fakulteti “tariх” kafеdrasi «tariх falsafasi va mеtоdоlоgiyasi»
Download 1.07 Mb.
|
Tarix falsafasi va metodologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Artur SHopengauer. Fridrix Nitsshe
Stsientizm va antistsientizm
Fanning jamiyat xayotidagi o’rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri - stsientizm (lot scientia - fan) ya’ni, fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni xal etishi mumkinligini, ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm goyalari neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi. Ikkinchisi — antistsientizm, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat xayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistentsializm, Frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoqlarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antistsientizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat xayotini xavf ostiga qo’ymaslik talabi bilan bogliqdir. Antistsientizmning ayrim o’ta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to’xtatib qo’yish goyasini xam ilgari suradilar. Umuman olganda, XX asr falsafasida bir-biriga muqobil bo’lgan yo’nalishlar ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, stsientizm va antistsientizm, materializm va idealizm o’z o’rniga ega bo’lmoqda. Artur SHopengauer. Fridrix Nitsshe Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko’pchilik nemis olimi Artur Shopengauer (1788-1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud narsalarni irodaning namoyon bo’lishi, irodani esa ongsiz ko’r-ko’rona intilish tarzida tushunadi. Maxluqotlarning instinktlari, xatti-xarakatlari - irodaning namoyon bo’lishidir. Inson faoliyati xam aqldan begona bo’lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson moxiyati irratsional asosga ega. Aql esa tasodifiydir. Inson xayoti doimo aylanib turgan iroda gildiragiga boglikdir. Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844-1900) fikricha, "borliqning eng chuqur moxiyati xokimiyatga erishish uchun bo’lgan irodadir." Nitsshe inson borligida maxluqlik va xoliqlikning birlashib ketganini asoslab berishga xarakat qildi. Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini o’rganib yaratgan "Zardusht tavallosi" asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash goyasi ilgari surilgan. U o’z ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaklashga qodir bo’lgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash tarafdori bo’lgan. Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning so’nishi va barxam topishi to’grisidagi goyasiga asoslanib, 1918 yilda G. Shpengler "Yevropaning so’nishi" degan asarini yozadi. O’tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turgunlikdan chiqishning yo’lini G’arbda mumtoz falsafiy merosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda ko’rdilar. Shu zaylda "Orqaga, Kantga" shiori ostida neokantchilik, "Orqaga, Gegelga" shiori ostida esa neogegelchilik paydo bo’ldi. Shu bilan birga, falsafaning mumtoz ildizlarini saqlab qolishni diniy oqim bo’lgan neotomizm xam yoklab chiqdi. Neotomizm shu bugunga qadar xam o’z mavqeini yœqotmagan bo’lib, katolik cherkovi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi, Bunda, ayniqsa, Rim papasi rax-barlik qiladigan Vatikanning faoliyati muxim o’rin tutadi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling