1-mazvu. Fan ijtimoiy – madaniy hodisa
Reja:
Fan ijtimoiy – madaniy hodisa sifatida bilim, faoliyat va ijtimoiy institut. Fan tushunchasining keng va tor ma’nolari.
Fan tarixiga oid yondashuvlar: prezentizm va antikvartizm, internalizm va eksternalizm, stsientizm va antistsientizm.
Fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Fanning funksiyalari.
Fan ijtimoiy – madaniy hodisa sifatida bilim, faoliyat va ijtimoiy institut. Fan tushunchasining keng va tor ma’nosi. Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida
insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo’ldi. Ko‘p
sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida
namoyon bo‘ladi. Bilim sifatida fan atrof-borliq narsalari va
jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan.
Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish,
yo'l tanlash, o’z manfaatlarini ko’zlash, mas’uliyatni tan olish
maydonida amal qiladi. V.I.Vemadskiy fanning aynan faoliyat sifatidagi
talqinini alohida qayd etgan edi: «Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar,
gipotezalar, modeller bo‘lib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan
cheklanmaydi, uning negizi asosan ilmiy omillar va ularning empirik
xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlarning ilmiy ishi uning asosiy
jonli mazmunini tashkil etadi».
Faoliyat stfatidagl fan obyektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlariga
javob beruvchi bilimlar tizimi sifatida amal qiluvchi ilmiy bilim о’ziga
erkinlik hududini ta’minlashga, mafkuraviy va siyosiy yo’nalishlarga
nisbatan betaraf bo'lishga harakat qiladi.1
Olimlar o‘z umrini baxshida
etuvchi haqiqat yo'lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |