O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti San`atshunoslik fakulteti
Tayyor buyumlarga qoʻyiladigan talablar
Download 0.88 Mb.
|
2 5321241978963239023
Tayyor buyumlarga qoʻyiladigan talablar
Yog‘och va bo‘yaladigan yuzalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar. Yog‘och va yog‘och materiallar hamda ularning bo‘yaladigan yuzasiga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: mebelsoz- likda ishlatiladigan detallarning namligi kamida 8±2 %, qurilish va duradgorlik buyumlari uchun esa 10—15 % atrofida bo‘lishi kerak; pardozlanadigan yuzaning g‘adir-budurligi mebel detallari uchun 9—10 klass (yuzada mayda tolachalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi), qurilish va duradgorlik buyumlarida esa 7—8 klass- dan kam bo‘lmasligi lozim; yuza yaxshilab tekis gruntovka qilingan bo‘lishi va uning solishtirma hajmiy hamda yuza elektr qarshilik koyeffitsiyentlari mos ravishda pv=108—109 Om • sm va ps=109—1010 Om atrofida bo‘lishi talab etiladi. Lok-bo 'yoq materiallarga nisbatan qo 'yiladigan talablar. Yuqori sifatli parda qatlam olishda lok-bo‘yoq materiallar buyumga ko‘proq (isrof bo‘lmasdan) purkalishi va uning yuzasida yaxshi yoyilishi muhim ahamiyatga egadir. Lok-bo‘yoq material zarrachalari elektr maydonida purkalayotgan vaqtda o‘ziga elektr zaryadlarini ko‘p va tez qabul qiladi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytish joizki duradgorlik ishlarida mebelsozlik korxonalarida yog’ochdan tayyorlangan buyum va mebellarning sifatini yaxshilash, xizmat muddatini oshirish maqsadida pardozlash ishlari olib boriladi.Men bu kurs ishimni yozish jarayonida pardozlashning so’ngi bosqichi bo’lgan buyumlarni bo’yash, laklash, parda qatlamlarining dekarativ xususiyatlari, yog’ochlarga lak bilan pardoz berishda uning strukturasini to’la bilgan holda pardozlash kabi ma’lumotlarga ega bo’ldim. Kurs ishini tayyorlash jarayonida men ko’plab hunarmanchilik, texnologiya va boshqa turli xil kitoblarni o’qidim va o’z mavzuyimga to’g’ri keladigan jumlalarni joylashtirdim. Kurs ishini tayyorlash davomida men o’zim bilmagan ko’plab bilimlarni egallab oldim. Duradgorlikda buyumlarni qanday shaklda pardozlash va uni qanday qilib sifatli tayyorlashni o’rgandim va bu bilimlar keyingi faoliyatimda amalda qo’llay olishimga ishonaman. O’tgan o’quv yilida o’zim tayyorlagan sabzi taxtani texnoligik xaritasini qiynalmasdan kurs ishiga kiritdim.Ushbu ,,sabzi taxtani texnalogik xaritasini tayyorlash’’ mavzusini yoritishda quyidagi xulosalarga keldim: -yog’ochlarga to’g’ri ishlov berish asboblaridan to’g’ri foydalanib buyumlar yasashni o’rganish juda zarurligi; -pardozlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni; -unga turli uslubda naqsh va bezaklarni berishni o’rgandim. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling