O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti San`atshunoslik fakulteti


Parda qatlamning dekorativ xususiyatlari


Download 0.88 Mb.
bet5/10
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1362295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5321241978963239023

Parda qatlamning dekorativ xususiyatlari. Parda qatlamning optik xususiyatlari. Insonda lok-parda qatlamining rangi va tiniqligi (shaffofligi) haqidagi tushuncha lok-bо‘yoq materiallar va yog‘ochining optik xossalari orqali paydo bо‘ladi. Ma’lumki, lok-parda qatlamlari har xil о‘tkazish koeffitsiyentiga ega, bu qatlamlar lok-bо‘yoqning rangi va tiniqligini xarakterlaydi. Juda yupqa parda qatlami ham yog‘ochning tabiiy rangini о‘zgartiradi. Bu ayniqsa har xil g‘ovak tо‘ldirgichlardan iborat tarkiblarni biror sirtga surtganda yaqqol namoyon bо‘ladi. Shuning uchun ma’lum optik kо‘rsatkichli lok va g‘ovak tо‘ldirgichni tanlash yog‘och buyumlarni sifatli pardozlashda muhim ahamiyatga egadir.
Lok-bо‘yoq materiallarning optik xossalari bu materiallar yorug‘lik oqimi bilan о‘zaro ta’sirlashganda namoyon bо‘ladi.
Yorug‘lik tо‘lqinining elektromagnit maydoni ta’siridan muhitda paydo bо‘ladigan energiya tebranishlari u yoki bu darajada boshqa energiyaga aylanishi mumkin (issiqlik harakati, lyuminessensiya). Lok-bо‘yoq materiallar bir-biridan faqat ximiyaviy tarkibi bilangina emas, balki makromolekulalarining tuzilishi bilan ham farq qilgani uchun yorug‘lik oqimi (nuri) sinishi, yutilishi, qaytishi yoki tarqalishi mumkin.
Yuqori molekulali moddalar spektrning kо‘rinadigan sohasida nurni yutish xususiyatiga ega emas. Shuning uchun polimerlarning spektrning kо‘rinadigan sohasida yorug‘likni о‘tkazishi asosan ularning yorug‘lik sochish va qaytarish xususiyatlari bilan bog‘lik.
Polimerlarning yorug‘lik о‘tkazish xususiyati bilan ularning tiniqligini farq qila bilish lozim. Tiniqlik modda qatlamlari orqali yо‘nalishini о‘zgartirmasdan о‘tayotgan yorug‘likning intensivligi bilan belgilanadi.
Lok-bо‘yoq qatlami ostidan yog‘och asos qancha aniq kо‘rinsa, polimer shuncha shaffof bо‘ladi. Material yorug‘likni yaxshi о‘tkazishi lekin tiniq bо‘lmasligi mumkin. Material yorug‘likni qancha kо‘p qaytarsa, u shuncha tiniqmas bо‘ladi.
Yuqorida aytib о‘tganimizdek, polimer materiallar spektr­ning kо‘rinadigan sohasida nurni yutish xususiyatiga ega emas. Yorug‘lik spektrning infraqizil va ultrabinafsha sohalarida yutiladi. Polimerlarni spektrning IQ nur sohasida nurlarni yutishi molekulalar tebranishining uyg’onishi bilan bog‘liqdir. IQ nur sohasining kichik va о‘rta uchastkalarida (760—2500 nm) molekulalarning ichida tebranish paydo bо‘ladi, natijada molekulalarni tashkil etuvchi atom yadrolarining nisbiy joylashuvi о‘zgaradi. Bunday tebranishlar (valent tebranishlar) atomlar va bog‘lar orasidagi valentlik burchaklarni (deformatsion tebranishlar) birlashtiruvchi bog‘lar uzunligining о‘zgarishi bilan amalga oshiriladi. IQ nur sohasining uzoq uchastkalarida og‘ir atomlarning, molekulalararo bog‘larning о‘z tebranishlari, makromolekulalar va ular segmentlarning bir-biriga nisbatan kо‘chish (siljish) tebranishlari yotadi.
Lok-bо‘yoq materiallar tarkibiga qо‘shiladigan barcha turdagi birikmalar ularning optik xossasiga ta’sir etmay qolmaydi. Lok-bо‘yoq qatlamlar qalin bо‘lsa, parda tiniqligi susayadi. UB nur va spektrning kо‘zga kо‘rinadigan sohalarida moddalar tomonidan yorug‘lik nuri yutilganda molekulalarning elektron qobiqlarigacha uyg‘onadi, natijada molekulalar past energiya: holatidan yuqori energiya holatiga о‘tadi. Parda qatlamning rangi. Lok-bо‘yoq parda qatlamning rangi uning eng asosiy dekorativ xossalaridan biridir. Yog‘ochni pardozlash texnikasida rangli shaffof parda qatlamlar hosil qilish uchun yo yog‘och sirtini bо‘yash yoki shaffof, bо‘yalgan loklarni surtish kifoyadir. Bunga, odatda yog‘och yuzasini bо‘yovchi moddalar eritmasi bilan bо‘yab, sо‘ngra tiniq rangsiz parda hosil qiluvchi moddalar surtib yoki tiniq, ammo kerakli rangga bо‘yalgan parda qatlamlari hosil qilib erishiladi. Shunday qilib, lok surtish jarayonida parda qatlamning qalinligi bir tekis bо‘lmasa, sirtning rangi notekis bо‘ladi. Lok-bо‘yoq materiallarga ularning tiniqligini о‘zgartmagan holda rang berish uchun bо‘yovchi moddalar qо‘shiladi. Odatda, ular organik moddalar bо‘lib, bо‘yovchi moddalarning sindirish kо‘rsat­kichi lok-bо‘yoq material va yog‘ochning sindirish kо‘rsatkichidan keskin farq qilmasligi kerak. Parda qatlamlarning rangi, odatda, spektrofotometr yordamida barcha spektral ranglar uchun kо‘rinadigan nurlarning qaytish yoki о‘tkazish koeffitsiyentlarini aniqlash yо‘li bilan aniqlanadi.
Parda qatlamning yaltiroqligi. Parda qatlamlarning tashqi kо‘rinishiga baho berishda faqat ularning rangi, tiniq yoki tiniqmasligigina emas, balki qatlamlarning strukturasi va yuzasining silliqligidan kelib chiqadigan yaltiroqligi ham e’tiborga olinadi. Chunki pardozlangan yuzaning tashqi kо‘rinishida yaltiroqlik muhim rol о‘ynaydi. Yaltiroqlikka parda qatlam yuzasining strukturasi va optik xossalari (yorug‘likning yutilish va sinish koeffitsiyentlari) ga katta ta’sir kо‘rsatadi. Lekin parda qatlamning yaltiroqligiga asosan uning yuzasining struk­turasi ta’sir qiladi.
Parda qatlam yuza strukturasini kо‘p sonli elementar maydonchalardan iborat deb qarash mumkin; ularning notekisligi yorug‘lik tо‘lqin uzunligining yarmidan ham kichik bо‘ladi; har bir maydonchaning о‘lchamlari esa tо‘lqin uzunligiga nisbatan katta bо‘lib, ular о‘zidan yorug‘likni xuddi elementar kо‘zgu singari qaytaradi.
Elementar maydonchalar xaotik ravishda joylashganda, masalan, yog‘ochni yoki parda qatlamni jilvirlagandan keyin, yorug‘lik tarqoq holda qaytadi va yuza xira bо‘lib kо‘rinadi. Agar yuza elementar maydonchalarning joylashuvida ayrim ustun keladigan yо‘nalishlar vujudga kelsa, nurlarning qaytishida ham ustunlik qiluvchi nurlar vujudga keladi, ya’ni bu nur yaltirab kо‘ri­nadi. Sirtning silliq bо‘lishi yaltiroqlikni keltirib chiqaradi. Agar hamma elementar maydonchalar bir tekislikda yotsa, sirt yorug‘likni kо‘zguga о‘xshab qaytaradi. Shunday yaltiroqlikni о‘zida mujassamlashtirgan parda qatlam hosil qilish uchun maxsus jarayon talab etiladi. Bu jilo berish jarayonidir.
Ham yaltiroq, ham ma’lum miqdordagi yorug‘likni diffuzion qaytaradigan sirtlarni qisman yaltiroq (poluglyansoviy) sirtlar deb atash qabul qilingan. Har qanday parda qatlam sirti yaltiroqligiga nisbatan bitta butun yuza bо‘ylab bir tekisda yaltiroq bо‘lishi talab qilinadi. Xira yuzada yaltiroq joylar, yaltiroq yuzada xira joylar bо‘lmasligi lozim. Lok-bо‘yoq parda qatlamlarning yaltiroqligi fotoelektrik yaltiroqlikni о‘lchaydigan FB-2 asbobi yoki B. M. Buglay tomoni­dan taklif etilgan R-4 reflektoskopida aniqlanadi. Formuladan kо‘rinib turibdiki, parda qatlam yaltiroqligiga asosan yorug‘likning yutilishi va sinishi bilan bog‘lik bо‘lgan uning optik xossalari ta’sir kо‘rsatadi. Optik xossalar о‘z navbatida lok-bо‘yoq material xossalariga va ular hosil qilgan parda qatlam strukturasiga bog‘lik bо‘ladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling