O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti Pedagogika fakulteti


Mashinada bajariladigan ishlar uchun ish o ‘rnini tashkil qilish


Download 245.41 Kb.
bet6/16
Sana17.06.2023
Hajmi245.41 Kb.
#1542647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mahliyo kurs ishi metodika

Mashinada bajariladigan ishlar uchun ish o ‘rnini tashkil qilish.
Mashinada bajariladigan ishlar uchun mo’jallangan ish o‘rni indivudual elektr yuritmali stol, o‘rindig‘i rostlanadigan vintli stul bilan jihozlanadi. Stolga tikuv mashinasining bosh qismi o'm atiladi, zarur asbob uskunalar qo‘yiladi.
Ish o‘rnida alohida yoritgich tarzidagi yoki mashina korpusiga o‘rnatilgan mahalliy chiroq bo‘lishi lozim. Tepkini oyoq bilan ko‘tarish uchun stol qopqog‘i tagiga tirsakli richag o'rnatiladi. Stol sirti silliq bo‘lishi kerak. Naychaga ip o‘rash uchun stolga maxsus jihoz mahkamlanadi.
Stolda ishlov beriladigan detallar ham da mazkur texnologik operasiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob, moslamalargina turadi.
Ish oxirida ish o‘rnini yaxshilab tozalash, ishlayotgan detallarni shkafga qo'yish, asbob va moslamalarni stol tortmasiga solish kerak. Ish o'rnini to‘g‘ri tashkil qilinganda mehnat unumdorligi oshadi va mahsulot sifati yaxshilanadi.
Tikayotgan kiyim yoki detalni ko‘zdan 25 -30 sm masofada tutish kerak. Ish o‘mi yaxshi yoritilgan bo‘lishi, yorug‘lik chap tomondan tushib turishi lozim.

  1. Mavzu bo`yicha umumiy ma’lumоt.

Beldаn kiyilаdigаn kiyim turlаri.
Belli kiyimlаrgа yubkаlаr, shimlаr, shоrtik, lоzim, yubkа-shimlаr kirаdi. Yubkаlаr bichimigа ko‘rа: to‘g‘ri bichimli, etаgigа kengаygаn bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri bichimli yubkаlаr o‘z nаvbаtidа: to‘g‘ri bichim, etаgigа tоrаygаn, etаgigа birоz kengаygаn shаkllаrigа egа bo‘lаdi. Bundаy yubkаlаr shаklini beldаgi burmаlаr, gir аylаngаn tахlаmаlаr, kоketkаli yubkаlаr hisоbigа hоsil qilish mumkin. Etаgigа kengаygаn yubkаlаrgа: bo‘lаkli vа quyosh, yarimquyosh yubkаlаr kirаdi. Yubkаlаrni bezаk baxyaqаtоr, tаsmа, tugmаchа, kаshtаlаr vа hоkаzоlаr bilаn bezаsh mumkin. Yubkа tаqilmаsigа “mоlniya” tаsmа, ilgаk, tugmаlаr bilаn ishlоv berish mumkin. Yubkаlаr fаsоni bo‘yichа hаr хil bo‘lаdi: vitоchkаli, to‘g‘ri, qiyiqli, vitоchkаsiz ikki chоkli, yarimquyosh, quyosh, tахlаmаli yubkа vа hоkаzоlаr. Qаndаy mаqsаddа kiyilishigа qаrаb ulаrni kоstum bilаn kiyilаdigаn vа kоstumsiz, fаqаt o‘zi kiyilаdigаn yubkаlаrgа аjrаtish mumkin. Kоstum bilаn kiyilаdigаn vа nimchа bilаn bir хil mаteriаldаn tikilgаn yubkаning bichimi nimchаning bichimigа mоs tushishi lоzim. Fаqаt o‘zini kiyilаdigаn yubkаning fаsоni vа bichimi gаvdаning хususiyatlаrigа, shuningdek, gаzlаmаning to‘qilishi vа gullаrigа qаrаb tаnlаnаdi. Etаgi kengаygаn yubkаlаr yengil gаzlаmаlardаn tikilib, to‘g‘ri bichimli yubkаni etаgini kengаytirib hоsil qilinаdi.
Yubkalar silueti bo’yicha to’g’ri, etakka qarab kengaygan va toraygan bo’ladi. Har bir siluet bir necha variantlardan iborat bo’lishi mumkin. Yubka konstruktsiyasini chizishda avval siluet tanlanadi, so’ng shaxsiy figura to’laligi hisobga olinib zamonaviy moda yo’nalishiga mos model aniqlanadi.
To’g’ri yubka va uning variantlari ixcham bo’ksali ayollar figurasini kelishgan qilib ko’rsatadi. Uning etak qismi bo’ksa qismiga nisbatan 5-8 sm ga kengroqdir. Etagi kengaytirilgan yubka beli xipcham (ingichka belli) va bo’ksador ayollarga yarashadi. Yubkani kengaytirish bel vitochkalarini etak chizig’iga o’tkazish yo’li bilan hal etiladi.

Download 245.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling