Tayyorlanadigan buyumni texnologiyasini ishlab chiqish va texnologik xaritasini tayyorlash
Quyosh yubkalarni loyihalash. Bunday yubkalar etak qismidagi kengayishi bo‘yicha eng katta miqdorni egallagan va bo‘ksa chizig‘ida esa bo‘ksa kengligi chegaralanmagan bo‘ladi. Bunday yubkalarni loyihalash uchun quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi.
BlYaA = 38 sm
YuU = 70 sm
QBl = 1 sm
„Yarim quyosh“ yubkani loyihalash (3-rasm, a)
1. To‘g‘ri burchak chizilib, uning burchagiga O nuqta ko‘yiladi.
2. R1=(BlYaA+QBl):3x2-2=24 sm (bel chizig‘igacha bo‘lgan oraliq).
3-rasm. Quyosh yubkalar chizmasi.
3. R2 = R1+YuU=24+70=94 sm (etak chizigigacha bo‘lgan oraliq)
4. Bichish jarayonida yubkaning bo‘yi gazlamaning bo‘yiga nisbatan 45° bo‘lishini e’tiborga olgan holda, buning natijasida gazlamaning cho‘zilishi yuzaga kelib, yubka etak qismining uzayishi sodir bo‘ladi. Shuning uchun E2 E3 = 1,5—3 sm (etak qismining ko‘tarilishi, bu qiymat gazlamaning xossasiga bog‘liq).
5. E1, E3, E nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.
„Quyosh“ yubkani loyihalash (3-rasm, b)
1. To‘g‘ri chiziqda O nuqta belgilanib, O nuqtadan pastga perpendikulyar o‘tkaziladi.
2. R1 = BlYaA:3-1 = 38:3-1 = 12 sm (bel chizig‘igacha bo‘lgan oraliq).
3. R2 = R1+ YuU = 12+70 = 82 sm (etak qismigacha bo‘lgan oraliq). Yubkaning etak qismi huddi „yarim quyosh“ yubkanikiga o‘xshab chiziladi.
Yubkalarni texnik modellash
Etak tomoni kengaytirilgan yubka
Yubkalarni texnik modellashtirishda ham ko‘ylakni yuqori qismini modellashtirishdagi qoidalariga rioya qilinadi. Yubkaning etak tomoni beldagi vitochkalarni etak chizig‘iga ko‘chirish, taxlamalar hosil qilish, gode singari juda ko‘p usullar bilan kengaytiriladi. Vitochkani beldan etak chizig‘iga ko‘chirish yo‘li bilan yubkaning etak tomonini kengaytirish eng ko‘p tarqalgan usullardan hisoblanadi.
To‘g‘ri yubkalarni etak qismiga kengaytirishning usullaridan yana biri uning old va ort bo‘laklarida ayrim qismlarni ajratib olib, shu qismlarni etak tomonga kengaytirishdir (4-rasm a).
Do'stlaringiz bilan baham: |