2018-2019 - yillarning o‘n ikki oyi davomidagi
qisqa muddatli oylik
umumiy iste’mol narxlari indeksi taqqoslash natijalariga ko‘ra, ko‘rsatkichlar
orasidagi maksimal chekinish yana avgust oyiga to‘g‘ri keladi (2019-yildagi
102,9 % ga qarshi 2018-yildagi 100,3 %). Dekabr oyidagi farq esa 0,4
darajani tashkil etgan (2019-yil dekabrdagi 101,7 %ga qarshi 2018-yil dekabr
oyidagi 102,1 %).
O`zbekiston Respublikasi bo`yicha umumiy INI, dinamikasi % da
O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2018 va 2019-yillarning
oylar
davomidagi umumiy INIning taqqoslash natijalariga ko‘ra ko‘rsatkichlar
orasidagi minimal tafovut aprel oyida qayd etilgan (105,3 %
ga qarshi
105,8%, yoki 0,5 daraja). Sezilarli darajadagi farqlanish esa avgust oyi natijasiga
to‘g‘ri keladi (108,2 %ga qarshi 106,2 % yoki 2,0 daraja).
Dekabr oyida ko‘rsatkichlar orasidagi uzilish 0,9
darajani tashkil etgan
(115,2 % ga qarshi 114,3 %).