371
Zarur ashyolar:
• Tibbiy termometr.
• Buyrak shaklidagi idish (lotok yoki maxsus tog‘ora).
• Sochiq.
• Harorat qayd qilinadigan daftar.
• Harorat varag‘i.
• Dezinfeksiyalovchi eritma uchun idish.
• Toza termometrlarni saqlash uchun idish.
• Momiq paxta.
Qo’ltiq ostidagi haroratni o’lchash
Amalni ketma-ketligi:
1. Termometrni ehtiyotkorlik bilan 34ºCgacha silkiting.
2. Bemor o‘tirtiriladi
yoki yotqiziladi, bemor
yonida issiq suvli shisha, muz
to‘plami yoki isitish asboblari (grelka) yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
3. Mahalliy yallig‘lanish jarayonini inkor qilish uchun qo‘ltiq sohasini ko‘zdan
kechiring, chunki o‘lchov natijalari ortiqcha baholanishi mumkin.
4. Qo‘ltiq sohasini
quruq sochiq bilan arting, chunki
namlik simobni sovutishi
mumkin.
5. Termometrni qo‘ltiq ostiga qo‘ying, simob rezervuarining
tana terisiga har
tomonda tegib turganligiga ishonch hosil qiling.
6. Kuchsizlangan, holsiz bemorlarni yelkasini tanasiga biroz siqib turishga yordam
bering.
7. 10 daqiqadan so‘ng termometr ko‘rsatgichini ko‘ring
va bemor haroratini
aniqlang.
8. Agar harorat 37°C yoki undan yuqori bo‘lsa, o‘lchov
natijasini haroratni qayd
qilish daftariga yozib qo‘ying.
9. Ishlatilgan termometrni dezinfeksiyalang.
10. Termometrni suv bilan dezinfeksiyalovchi hid yo‘qolguncha
yuvib tashlang va
toza sochiq artib quriting.
372
11. Termometrni tagiga paxta qatlami mavjud toza quruq idishga solib qo‘ying.
Idishga "Toza termometrlar" degan yozuvni yozing.
12. Harorat jadvalidagi o‘lchov natijasini grafik yozuv ko‘rinishida kiriting (bitta
katakchanin farqi 0,2°C).
Do'stlaringiz bilan baham: