O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 483.74 Kb.
bet49/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

Nazorat uchun savollar.

  1. Moliyaviy bozorning faoliyat ko‘rsatishiga taʼsir yetgan obʼektiv sabablar nimalardan iborat?

  2. Ssuda kapitallar bozori nima?

  3. Moliyaviy bozordagi moliyaviy resurslar nima?

  4. Moliya bozorida muomalada bulgan qimmatli qog‘ozlar xususiyatiga kura kanday guruxlarga bulinadi?

  5. Moliya bozorini tashkil etish va rivojlantirishda subʼektlar kanday vazifalarni amalga oshiradilar?

  6. .Birlamchi moliya bozori nima?

  7. Ikkilamchi moliya bozori nima?

  8. Qimmatli qog‘ozlar bozorining xududlararo xarakati shartli ravishda kanday turlarga bulinadi?

  9. Qimmatli qog‘ozlar bozori nima?

  10. Qimmatli qog‘ozlar bozorining kanday turlarini bilasiz?.

11-mavzu: Investitsiya faoliyatini kreditlash
Reja:
1. Investitsiya faoliyatini kreditlashning obʼektiv zarurligi.
2. Kreditni rasmiylashtirish tartiblari.
3.Korxonalarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlari.
4. Kreditdan foydalanishi ustidan bank nazorati.


Tayanch iboralar: kredit, mikrokredit, mikrofirma, kichik korxona, yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor, garov shartnomasi, sug‘urta polisi, muddatli kredit, muddati o‘zaytirilgan kredit.


1. Investitsiya faoliyatini kreditlashning obʼektiv zarurligi.

  1. Mamlakatimizda tadbirkorlikni moliyaviy kullab-kuvvatlash borasida bank tizimining urni alohidadir. Markaziy bank mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanok, xususiy tadbirkorlarga bank xizmati ko‘rsatish, ularga bank kreditlari berishning soddalashtirilgan tartib-koidalari amaliyotini joriy etishni boshlagan yedi. Markaziy bank o‘zining bu boradagi siyosatini takomillashtira borib, 2000 yil fevral oyida yakka tartibdagi tadbirkorlar va kichik biznes subʼektlariga tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar berish tartiblari to‘g‘risidagi Nizomlarini amalga kiritdi. 2006 yil sentyabr oyida esa O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib Respublikamizda faoliyat ko‘rsatuvchi har qanday mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subʼektlarini tijorat banklari tomonidan mikromoliyalash tartiblariga asos solindi.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va islox. qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2000 yil 21 martdagi farmoni talablaridan kelib chikkan xolda, tijorat banklarida ishlab chiqarish mikrofirmalari, xususiy tadbirkorlar, dyexkon va fermer xo‘jaliklarining yuqori tyexnologik hamda innovasiya loyihalarini kreditlash maqsadida mamlakatimizda amal kilayotgan barcha tijorat banklarida Maxsus imtiyozli kreditlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Vazirlar Maxkamasining «Tijorat banklarining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlatirishga doir kushimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2000 yil 19 maydagi 195-sonli Qarori bilan Maxsus imtiyozli kreditlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlash tartibi tasdiqlandi. Mazkur qarorda ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar uchun hisoblanadigan foizlar miqdori Markaziy bankning kayta moliyalash stavkasining 50 foizi xajmida belgilangan.
Ushbu mablag‘lar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning kayta moliyalash stavkasining 50 foizidan yuqori bulmagam foizlarda tulaligicha investitsiya loyihalarini moliyalashga yunaltirildi. Bu esa tadbirkorlarning o‘z faoliyatlarini boshlash va rivojlantirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Kichik korxonalar, dyexkon va fermer xo‘jaliklarini mablag‘ bilan taminlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kushimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2001 yil 10 sentyabrdagi 366-sonli Qarorida tadbirkorlik faoliyatini yendigina boshlayotgan yuridik shaxs makomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan dyexkon xo‘jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklariga «Biznes-fond» hamda Dyexkon va fermer xo‘jaliklarini kullab-kuvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali dastlabki (boshlangich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar berilishi belgilandi. Bu tadbir o‘z faoliyatini boshlash uchun dastlabki mablag‘ga yega bo‘lmagan tadbirkorlarga amaliy yordam berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy etildi.
Ushbu tartiblar amaliyotga kiritalganidan keyin yuridik shaxs makomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayogan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dyexkon xo‘jaliklari tijorat banklaridan mikrokredit olish uchun fakatgina 2 ta xujjat, yuridik shaxs makomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari va kichik biznesning boshqa subektlari esa 3 ta xujjat taqdim etishlari kifoya qiladigan buldi.
Kreditning qaytarilishi taminoti sifatida taqdim etish uchun tadbirkorda garovga qo‘yiladigan mulk yoki uning boshqa turlari mavjud bo‘lmagan xolda, taʼminot sifatida tadbirkor yashayotgan maxalla kumitasining kafilligini taqdim etish amaliyotga joriy etildi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan mazkur kredit hisobiga sotib olinayotgan uskunalar va mulklar ular kiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit taminoti uchun garov sifatida olinishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlarning kredit ajratishni surab tijorat banklariga yozgan arizalarining banklar tomonidan ko‘rib chiqilish muddati yakka tadbirkorlar arizalari bo‘yicha 5 ish kuni va yuridik makomiga yega kichik biznes subʼektlari uchun 10 ish kuni qilib belgilab qo‘yildi.
SHu bilan birga, tijorat banklarining mazkur soxani kullab-kuvvatlash bo‘yicha faoliyatlarini rag‘batlantirish maqsadida, ushbu soxaga ajratgan kreditlar miqdori bank aktivlarining 20 foizidan oshgan taqdirda Markaziy bankdagi majburiy zaxiralarga ajratmalar o‘tkazishdan ozod kilinishi belgilab qo‘yildi.
Bularning barchasi respublikada xususiy tadbirkorlar hamda yakka tadbirkorlik uchun iqtisodiy va xuquqiy shart-sharoit yaratib berishga bo‘lgan saʼy-xarakat hamda ular faoliyatini keng rivojlantirish uchun moliya, bank va boshqa bozor tuzilmalarining tadbirkorlar bilan munosabatlarini mustaxkamlab borayotganliklaridan darak beradi.
Tijorat banklari tomonidan xususiy tadbirkorlarni rivojlantirish uchun ajratilayotgan kreditlar respublikada isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni riaojlantirishda muxim rol uynamokda.
Tijorat banklari tomonidan respublikamizning chekka va myexnatga yarokli axoli ko‘p tumanlarida qo‘shma korxonalar tashkil etilishini taʼminlash hamda xorijiy kredit liniyalari sarmoyalarini o‘zlashtirishga ko‘maklashish maqsadida tijorat banklari va ularning xududiy bulimlarida loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar tashkil etilib, mazkur bo‘linmalar orqali tadbirkorlarga loyihalarni tanlashda marketing, injiniring va konsalting xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, kredit liniyalarini o‘zlashtirishga ko‘mak berib kelinmokda.
O‘zbekiston Respublikasi bank sistemasi amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini qanchalik darajada mustaqil olib borishi bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida o‘z xarakatlari va ularning natijalariga o‘z maʼsuliyatlari bilan hisoblashishadi. Barcha banklar yangicha xo‘jalik yuritish sharoitlarida bir xilda faoliyatlarini davom yettira olishmadi. Baʼzi bir banklar kreditlarni kaytmasligi oqibatida moliyaviy kiyinchiliklarga uchrab qolgan bo‘lsa, baʼzilari xo‘jalik faoliyatlarini to‘xtatishga majbur bulishdi.
Xozirgi kunda xususiy tadbirkorlarni kreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan eng asosiy muammolardan biri ushbu kreditlarni o‘z vaqtida qaytarilishini taʼminlashdan iborat. Tijorat banklari uchun xususiy tadbirkorlarni qaytadan imtiyozli foiz va muddatlarda moliyalashtirish uchun ushbu kreditlarning o‘z vaqtida kaytishi albatta shart. SHu sababli Xususiy tadbirkorlar va bank tizimini mutanosib ravishda rivojlanishini taʼminlash uchun tijorat banklarning manfaatini va shu bilan birga xususiy tadbirkorlar subʼektlarining manfaatini ximoya qiluvchi moliya xizmat turlarini tadbik qilish, kreditlashning mukammallashgan va qulay usullarini tashkil etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Yendilikda kichik biznes ishtirokchilari va korxonalar banklarning ishonchliligini aniqlashga g‘oyat jiddiy yondashmoqdalar. O‘z navbatida banklar ham xususiy tadbirkorlarni kreditlashni ancha xatarli deb bilishmokda.
Bank bush pul mablag‘larini to‘playdigan va ularni o‘z ishini rivojlantirish uchun mablag‘ga muxtoj bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subʼektlar o‘rtasida kayta taksimlaydigan moliyaviy vositachi rolini bajaradi.
Foyda olishni ko‘zlab ish yuritadigan bank fakat mablag‘lardan samarali foydalana oladigan hamda kreditni va uning foizlarini o‘z muddatida to‘lashga tayyor bo‘lgan karz oluvchilargagina kredit beradi. Fakat ana shunday sharoitlardagina bank omonatchi talab qilishi bilanok uning omonatini qaytarib berishga va foizlarni to‘lashga, mijozlarning topshirig‘i bilan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga, operasion xarajatlarni qoplashga, o‘z aksiyadorlari uchun foyda ishlashga, hamda davlat byudjetiga soliqlar to‘lashga qodir bo‘ladi.



Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling