O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Kreditdan foydalanishi ustidan bank nazorati


Download 483.74 Kb.
bet55/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

4. Kreditdan foydalanishi ustidan bank nazorati.
Investitsiya dasturida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida qurilishlarning aniq ro‘yxatini shakllantirish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtmachi investitsiya dasturi tasdiqlangandan keyin bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga qurilishlarning aniq ro‘yxatlarini kelishish uchun taqdim yetadi.
Qurilishlarning aniq, ro‘yxatlariga birinchi navbatda keyingi yilga o‘tuvchi obʼektlar, shu jumladan bajarilgan ishlar uchun isbotlangan kreditorlik qarzlar mavjud bo‘lgan obʼektlar kiritiladi.
Aniq ro‘yxatlarga yangidan boshlanadigan obʼektlarni kiritishga, agar keyingi yilga o‘tuvchi qurilishlar va obʼektlar, kapital qo‘yilmalarning zarur hajmlari bilan taʼminlangan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi ishtirokida buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan yangidan boshlanadigan qurilishlar bo‘yicha aniq ro‘yxatlarni ularga rozilik berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun ko‘rib chiqadi.
Keyingi yilga o‘tuvchi obʼektlar bo‘yicha qurilishining borishini va obʼektlarning tayyorlik darajasini hisobga olgan holda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda kapital qo‘yilmalar hajmlariga aniqliklar kiritilishi mumkin.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan tyexnik iqtisodiy asoslash, loyiha-smeta hujjatlari va mablag‘ bilan taʼminlash manbalari bilan taʼminlanmangan qurilishlarning aniq ro‘yxatlarini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qurilish materiallari va konstruksiyalar, butlovchi buyumlar, foydalanish davrida xom ashyo va materiallar hamda bajarilgan pudrat ishlari uchun erkin muomaladagi valyuta xarajatlari bilan amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari Pul —kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi bilan kelishib olinishi kerak.
YAngidan boshlanadigan qurilishlar uchun ishlarni bajaruvchilarni va moddiy —tyexnika resurslari etkazib beruvchilarni tanlash buyurtmachilar tomonidan, qoidaga ko‘ra, tender asosida amalga oshiriladi.
Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar ajratiladigan buyurtmachi ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet mablag‘lari ajratish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ish xajmlarini bajarish, asbob-uskunalar, butlovchi materiallar, buyumlar va konstruksiyalar etkazib berish hamda mablag‘ bilan taʼminlash jadvaliga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq ro‘yxatlariga binoan amalga oshiriladi.
Byudjet mablag‘lariga bo‘lgan extiyojni aniqlashda quyidagi xarajatlar hisobga olinadi:
-o‘tgan yilda bajarilgan ishlar hajmi uchun kreditorlik qarzlarni to‘lash;
-qurilishlarining aniq, ro‘yxatlariga kiritilgan obʼektlarda bajariladigan ishlar bo‘yicha joriy yilning hisobot oyidagi kreditorlik qarzlarni to‘lash;
-hisobot oyi kapital qo‘yilmalari hajmlarini o‘zlashtirish asosida aniqlangan joriy oyda kapital qo‘yilmalarni kutilayotgan o‘zlashtirishning 40 foizigacha miqdorda avans to‘lash.
Bunda avans miqdori xarid qilinadigan asbob-uskunalar, buyurtmachi tomonidan materiallar etkazib berish, pudrat tashkilotlarga avans to‘lash, shuningdek har bir aniq, holatda hukumatning qaroriga ko‘ra respublika obʼektlari qurilishini jadallashtirish maqsadida respublika tashqarisidan mahsulotlar sotib olish uchun konvertasiya qilish mablag‘larini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Kapital ko‘yilmalarni mablag‘ bilan taʼminlash davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifnomasiga muvofiq xarajat jadvali bilan rasmiylashtiriladi.
Xarajat jadvali asosida buyurtmachilar mablag‘ bilan taʼminlovchi banklarga moliya organlari tomonidan byudjet mablag‘lari bilan qoplangan mablag‘ bilan taʼminlash limitlarini etkazadilar.
Davlat byudjeti hisobidan mablag‘ bilan taʼminlashni rasmiylashtirish uchun buyurtmachilar mablag‘ bilan taʼminlovchi banklarga:
-loyihaning belgilangan tartibda tasdiqlangan tyexnik-iqtisodiy asoslanishini (loyiha –smeta hujjatlarini);
Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan yangidan boshlanayotgan qurilishlarning yillar bo‘yicha bo‘lingan aniq ro‘yxatlarini, keyingi yilga o‘tuvchi qurilishlarning aniqlashtirilgan aniq ro‘yxatlarini;
qurilishning barcha davri uchun bajarilgan ishlar uchun hisob —kitob shakllari ko‘rsatilgan pudrat shartnomalari (kontraktlar)ni;
qurilishning yig‘ma smeta hisob—kitoblarini;
loyiha xujjatlari bo‘yicha "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining davlat idoradan tashqari ekspertizasi va davlat yekologiya ekspertizasining xulosalarini taqdim yetadilar.



Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling