O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
«Lizing» so‘zi inglizcha bo‘lib, «lease» feʼlidan kelib chiqqan bo‘lib va taxminan, «mulkni ijaraga berish»
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
«Lizing» so‘zi inglizcha bo‘lib, «lease» feʼlidan kelib chiqqan bo‘lib va taxminan, «mulkni ijaraga berish» yoki «mulkni ijaraga olish» maʼnolari ifodasini bildiradi. Baʼzi manbalarda taʼkidlanishicha, mashina, jihoz, transport vositalari va boshqa ishlab chiqarishga taalluqli harakatlanuvchi mulkni o‘zoq muddatli ijaraga olishdir.
Bir qator maxsus adabiyotlarda ham shunga yaqin taʼriflar beriladi, ularning mualliflari, lizing biznesiga xos ijara munosabatlarining o‘zoq muddatliligini taʼkidlaydilar. Biroq o‘z mohiyatiga ko‘ra, bu munosabatlarning krsdit xususiyatiga yega bo‘lgan tabiatini ko‘pincha inkor yetadilar. Ko‘pchilik mualliflar lizingning mohiyatini ochib beruvchi o‘ziga xos xususiyatlarni nazardan chetda qoldiradilar. Maʼlumki, lizing oddiy ijara yemas, balki bu uning o‘ziga xos kreditga yaqinlashtiruvchi xossa. Ijaradan farqli o‘laroq unda, qoidaga ko‘ra, uchta va undan ortiq subʼekt qatnashadi: uskunalarni etkazib beruvchi, lizing (moliya) kompaniyalari va foydalanuvchilar. Iqtisodchilar orasida, «lizing - ijara haqidagi oddiy kengaytirilgan, bitim» yoki «ijara butun muddati mobaynida ijaraga oluvchining mulkka yegalik huquqi saqlangan ijara shartnomasi» yoki «lizing ijara munosabatlarining alohida turi» deb hisoblovchilar ham mavjud. Yuqorida qayd etilgan ifodalarda asosiy etibor bitimning o‘ziga yoki ijara munosabatlar shakliga qaratilgan, shu bilan birga, uning mazmuni, mohiyati ular tomonidan ochib berilmaydi. Chet el adabiyotlarida lizingning boshqacha taʼrifi ham uchraydi. Baʼzi iqtisodchilar lizingni ko‘chma va ko‘chmas mulkni ijaraga berish bo‘yicha, qo‘zda tutuvchi kontraktni uni ijaraga oluvchiga sotilishini mumkinligining bir turi deb hisoblaydilar. Adabiyotlarda mulkni xususiy qilib sotib olish va keyinchalik maʼlum to‘lov asosida vaqtincha foydalanishga berish tufayli yuzaga keluvchi mujassama mulkiy munosabatlar lizing deb ataladi, degan fikrlar ham uchraydi. Pul, tovar kapitalni o‘zaro foydali taqsimlash va joylashtirish hamda lizing yordamida ishlab chiqarishga tadbirkorlik kapitalini jalb etish vositasida mavjud qiymatgina saqlanib qolmaydi, balki u kapitalga aylanadi, Tadbirkorlik tuzilmalarda moliyaviy resurslar cheklangan sharoitlarda lizing ham mikro darajada, ham butun milliy iqtisod miqyosida asosiy kapitalga moliyaviy investitsiyaning asosiy usullarining o‘rnini bosishi mumkin. Quyidagilar lizing munosabatlarning paydo bo‘lish shakllari hisoblanadi: qarzga olish (kreditga olish), investitsiyalash; xususiy mulk munosabati (lizingga oluvchi topshirig‘iga ko‘ra mulkni sotib olish va ijaraga berish); mulkiy munosabat (yegalik qilish, foydalanish, mulkiy huquqqa ko‘ra tasarruf etish huquqining alohidalanishi); huquqiy munosabat (lizing ishtirokchilarining o‘zaro masʼullik munosabatlari); - taqsimlash munosabatlari (lizing oqibati sifatida); - lizing mohiyatidan kelib chiqadigan ijara munosabatlari (yegalik, foydalanish, tasarruf etish munosabatlari va lizing beruvchi oldidagi masʼuliyat). Biz yuqorida bayon yetgan lizing tarixi va uning rivojlanishi, lizing tushunchasini juda qadimiy ekanligini bildiradi. SHunga qaramasdan, lizing munosabatlarining mohiyati bugungi kungacha turli olimlar va mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinib kelinmokda. Lizing amaliyotlarining hajmi kundan-kunga kengayib borayotganligi hamda uning ko‘pdan-ko‘p shakllari va turlari qo‘llanilayotganligi sababli, lizing to‘g‘risidagi mavjud tushunchalarga aniqlik kiritish va uning tub mohiyatini ochib berish ham amaliy, ham nazariy jihatdan muhim ahamiyatga yegadir. Amaliyotda qo‘llanilayotgan lizing bitimlarining bir-biridan farq qiluvchi muhim jihatlari bo‘yicha u joriy va moliyaviy lizing tushunchalariga bo‘linib ketgan. qonunchilik hujjatlarida ijara bu - joriy lizing, moliyaviy ijara esa moliyaviy lizing yoki bir so‘z bilan lizing deb qabul qilingan. Demak, moliyaviy ijara - bulizingdir. Mazkur tushunchalar xalqaro adabiyotlarda ham shunday maʼnoda qo‘llanilmokda. SHu sababli, O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabridagi 447-N -sonli qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi "Lizing to‘g‘risida"gi qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi va respublikaning lizing bo‘yicha qonunchiligi xalqaro andozalar talablariga moslashtirildi. Bundan tashqari, lizing mohiyatini ochishda uning tarkibiy qismlari bo‘lmish, lizing obʼekti va subʼektlariga ham aniqlik kiritib o‘tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing subʼektlaridir. Bunda: Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling