O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning innovasion faoliyatga taʼsiri
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning innovasion faoliyatga taʼsiri.
Xar kanday davlatning tashki iktisodiy faoliyati butun jaxon xo‘jaligidagi jarayonlar bilan uzviy boglikdir. SHu sababli, bu faoliyat fakat milliy konun meʼyori bilangina yemas, balki xalkaro xukuk bilan ham tartibga solinadi. Tabiiyki, xukukiy standartlarning mana shu ikki turi o‘rtasidagi fark va nomuvofikliklar mavjud. Jaxon amaliyotida so‘nggi o‘n yilliklarda ichki namunalarning xalkaro namunalari bilan yakinlashish tamoyili anik ko‘zga tashlanadi. Respublika prezidenti I.A.Karimov Oliy majlis 14-sessiyasida bu xakda to‘xtalib, tashki iktisodiy faoliyat tizimini tubdan kayta kurish zarurligi taʼkidladi. Xalkaro mezonlar nuktai nazaridan karaganda O‘zbekistonning milliy iktisodiyotini «Ochik iktisodiyot» deb hisoblashi mumkin, yaʼni bu iktisodiyotda 4 ta belgi yaxlit tizimni tashkil yetmokda. Jaxon xo‘jaligi bilan o‘zaro alokaning asosiy vositalari tovarlar va xizmatlar bilan xalkaro ko‘lamda savdo kilish, sarmoyalar va moliya resurslarining xalkaro xarakati, milliy valyutalarni xalkaro ayriboshlashning mukammal va muvozanatli amal kilishi. Iktisodiy o‘sishning tashki manbalari, milliy tarakkiyotning tarkibiy kismiga aylanishi; Milliy iktisodiy manfaatlarni tashki omillarining salbiy taʼsiridan dastlabki ikki belgining cheklanishini istisno yetadigan hamda tugilayotgan muammolarni xal kilish prinsipi sifatida murosani takaxo yetadigan shakllarda ximoya kilish. Suveren iktisodiy xukuklarning bir kismini xalkaro tashkilotlarga topshirish. Batamom ochik iktisodiyotga yerishish uchun yana bir kator ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bundan jaxon bozorlarida rakobatbardosh maxsulot ishlab chikarishni kengaytirish hamda eksportni oshirish juda muxim ahamiyatga yega. Maxalliy maxsulotni eksport kilish imkonini beradigan darajada rakobatbardosh kilib tayyorlashga xorijiy ishtirokchilar bilan hamkorlik kilish natijasida yerishilmokda. O‘zbekiston konun xujjatlari bilan hamkor mamlakatlar konun xujjatlarining bir biriga muvofikligi muammosi kelib chikmokda. Bunday sharoitda jaxon hamjamiyati ko‘pdan beri milliy tadbirkorlik tartiblarning xorijlik ishtirokchilariga daxldor bo‘lishi koidasini asosiy prinsip deb hisoblaydi. 1998 yil 20 maydagi «Chet el investitsiyalari to‘grisidа»gi konunining deyarli barcha asosiy koidalari bu talablarga to‘la – to‘kis mosdir. Bundan tashqari ko‘p sonli imtiyozlar O‘zbekiston xududida xorijiy sarmoya ishtirokida tashkil etilgan korxonalar uchun eng ko‘p kulaylik tugdiradi. Ushbu imtiyozlarning ko‘pligi respublika iktisodiyotida moliyaviy resurslarni jalb etish bilan boglik obʼektiv muammolar mavjudligilan darak beradi. Hamma imtiyozlar eng avvalo xorijiy biznes vakillarining O‘zbekiston iktisodiyotidan manfaatdorligini oshirishga mo‘ljallangan. Xorijiy investorlarga bunday munosabat ishlab chikarishda xalkaro standartlarga yerishish usullaridan va xorijiy sarmoyani jalb etish uchun rakobatchilik kurashining shakllaridan biridir. Mavjud imtiyozlar tizimi obʼektiv zarur ijtimoiy siyosat xususiyatlari yuzaga keltirgan milliy tadbirkorlik rejami bilan bozorning xorijlik ishtirokchilari uchun koidalar belgilashning xalkaro tartibi o‘rtasidagi ziddiyatni xal kiladi. Bunday rejimxorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonini markaz ixtiyoridan chikarishni takozo yetadi. Aslini olganda bu o‘rinda muayyan makro iktisodiy shart sharoitlar mavjud bo‘lib ular mikroiktisodiy subʼektlar xarkatining sabalarini belgilab beradi. Umuman olgan O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini tashki iktisodiy alokalarning bir shakli sifatida yana kuchaytirish uchun jiddiy shart sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari milliy iktisodiyotini rivojlantirishning xozirgi boskichida xorijiy investitsiyalar milliy iktisodiyotni jaxon xo‘jaligiga ko‘shishning eng samarali shakliga aylandi. Jalb etilayotgan xorijiy sarmoyani ko‘paytirishga bundan buyon ham yordam berishi mumkin. bo‘lgan omillardan biri davlat mulki bulgan moddiy aktivlar xalkaro investitsiya loyihalarida katnashishi uchun konun asoslarini yaratishdan iboratdir. Bu umuman olganda, O‘zbekiston investitsiya faoliyatini tashki iktisodiy alokalarining bir shakli sifatida yanada kuchaytirish uchun jiddiy shart-sharoitlar yaratilgan. Aktivlar shunchaki xususiylashtirilibgina kolmasdan, tegishli tanlov asosida u yoki bu investitsiya dasturiga moddiy ulush sifatida kiritilishi mumkin. Mana shu manoda, O‘zbekistonda tabora keng amalga oshirilayotgan tadbirni davlat korxonalari aksiyalari paketlarini tender asosida sotish biln moddiy aktivlar bir kismini ko‘shishini o‘zaro boglab olib borish mumkin bo‘lar yedi. Investitsiya soxasidagi xalkaro hamkorlik fan tyexnika tarakkiyoti bilan chambarchas boglikdir. Birok jarayon turli mamlakatlarda turlicha kechmokda. Uning natijalari esa notekisligi bilan ajralib turadi. Bu xol ayrim milliy iktisodiyotlarning rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatmokda. Bugungi jahon moliyaviy inqirozi sabablarini tusmollagan odam borki, gapini "hamma balo ipoteka mojarolaridan boshlandi" deya talqin etishni odat qildi. Talqinda jon bordek. Rostdan ham banklarning mijozlarga uy qurishlari yoki sotib olishlari uchun orqa-o‘ngiga qaramasdan, yakkash ipoteka krediti ulashishga mukkadan ketganliklari vajidan bu inqirozning ilk nafaslari sezila boshlagan yedi. Aslini olganda, jahon bank amaliyoti yillar davomida sinab ko‘rgan bir haqiqat borki, maʼlum bir tarmoq yoki sohani qamrab olgan kreditlar umumiy kredit portfelining 25 foizidan oshmasligi kerak. Soddaroq tilda izohlanadigan bo‘linsa, biror tarmoqqa - u qurilish bo‘ladimi, yelektron sanoatmi va yoxud mashinasozlikmi, qandayligidan qatʼi nazar - sohaga bank tomonidan ajratiladigan kredit bank umumiy ajratadigan kreditlarining oshigi bilan chorak qismini tashkil yetmogi lozim. Amerika Qo‘shma SHtatlari banklarida esa ipotekaga berilgan kreditlar 60 foizdan oshib ketgan. Har qanday moliyaviy operasiyaning, tayinki, o‘ziga xos tavakkalchiligi bo‘ladi - bundan kredit berish ham mustasno yemas. Biz hozir tilga olgan holatda esa banklar tavakkalchilikni o‘z zimmalariga olishga bo‘yinlari yor bermasdan, derivativlar ko‘rinishidagi turfa qimmatli qogozlar, aksiyalar chiqarishib, uni o‘z narxidan ortiqroq bahoda fond birjalarida sotishni afzal ko‘rishgan. YAʼni o‘zi yo‘q pul qo‘ldan-qo‘lga, tagin haqiqiy bahosidan ham qimmatroqqa "sotilgan", bu bilan "har qanday pul tovar bilan taʼminlangan moddiy asosga yega bo‘lishi lozim"ligi to‘grisidagi iqtisodning "oltin qoidasi" qo‘pol tarzda bo‘zilgan. G‘oyat muhim ahamiyatga yega bo‘lgan ushbu ustuvor vazifaga alohida etibor qaratish zarur. Buning bir qancha sabablari bor. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling