O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
Birinchi bosqich, loyihaning texnik tahlili. Bu bosqichda quyidagi savolga javob berish zarur: loyiha o‘zining boshlangich smeta xarajatlariga mos holda amalga oshirilmokdami?
Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali yekspert injenerlarning (bu ko‘p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday yekspertlarning xulosasi texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o‘zida qamrab olishi mumkin. zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko‘zda tutilmagan xarajatlarni va favquloddagi zararlarni qo‘shgan holda); loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt. Zarar ko‘rmaslik nuqtasi; yelektr yenergiya, suv va boshqa xarajatlar qiymati; loyihada ishlash uchun xodimlarni o‘qitish imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish bozorining mavjudligi. Ikkinchi bosqich, bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil. Loyihalarning iqtisodiy va moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitoblar uchun yetarlicha foydaga yega bo‘ladimi? degan savolga javob olish zarurdir. Pul oqimini tahlili loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash asosi bo‘lib hisoblanadi. Pul oqimi o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi : loyiha yegalarining aksiyadorlik kapitaliga dastlabki investitsiya qo‘yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag‘larini; olingan foydani; sarfxarajatlarni; Kreditorlar loyihaning iqtisodiy sezgirligini jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan sof qoplash koyeffisiyenti va umumiy qoplash koyeffisiyenti kabi ko‘rsatkichlar orqali aniqlashlari mumkin. Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida homiylar faoliyatini, xatarlarni va ularning taqsimlanishini tahlil yetadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun xatarlarning to‘g‘ri taqsimotini o‘rganadi. Loyihaviy moliyalashtirishni jahon amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan holda, moliyalashtirish tartibiga qarab ikki turga bo‘lish mumkin: mustaqil moliyalashtirish; hamkorlikda moliyalashtirish; Birinchi tur moliyalashtirish, odatda, parallel moliyalashtirish deb ham ataladi, yaʼni bir nechta kredit muassasalari investitsiya loyihasining amaliyotga tadbiqi uchun qarz mablag‘larini ajratadi. Bu bir tomondan banklarga beradigan kredit summalarining meʼyoriy chegarasiga rioya qilishiga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan o‘z kredit xatarlarini kamaytiradi. Mustaqil parallel moliyalashtirish, yaʼni har bir bank qarzdor bilan kredit shartnomasini to‘zadi va investitsiya loyihasining o‘ziga tegishli qismini moliyalashtiradi. Hamkorlikdagi moliyalashtirish, yaʼni kreditorlar yagona sindikat (konsorsium)ga birlashadi; yagona kredit shartnomasi tuziladi ; Sindikat (konsorsium)ni shakllantirishni, kredit shartnomasini imzolashni menejer bank amalga oshiradi; kelgusida kredit shartnomasining amalga oshirilishi ustidan nazorat va zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat (konsorsium) tarkibiga kiruvchi maxsus agent bank amalga oshiradi va buning evaziga komission haq oladi. 3. Sinditsiyalashtirilgan kreditlarni tashkil etish. Bugungi kunda loyihaviy moliyalashtirishning ikkinchi turi keng tarqalgandir. Loyihaviy moliyalashtirishning hamkorlikda moliyalashtirish turi yirik nufo‘zli bankning ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday nufo‘zli birinchi toifali tijorat banklari investisiiya loyihalarini ekspertizasi bo‘yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi, kreditlash imkoniyatining yuqoriligi sababli loyihalarni kreditlash uchun katta miqdorda arizalar olishadi. Lekin bu yirik tijorat banklari har doim ham barcha loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatiga yega bo‘lmaydi yoki bu holat ularning balansiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘p hollarda bunday banklar loyihalarni kreditlash jarayonining tashabbuskori vazifasini bajaradi. Korxonaga qarz berilgandan so‘ng tashabbuskor bank shartnoma bo‘yicha qarzdorga nisbatan o‘z talablarini boshqa kreditorga o‘zatadi. Investitsiya loyihasini baholagani, kredit shartnomasini ishlab chikhani, qarz bergani uchun tashabbuskor bank kommission haq oladi. Bu qayd qilingan loyihaviy moliyalashtirish turlarida asosiy rol tashabbuskor bank sifatida ishtirok yetuvchi yirik tijorat banki va halqaro moliyaviy institutlar zimmasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi davrlarda «loyiha облигасиялари» deb nomlanuvchi qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaruvchi va joylashtiruvchi moliyaviy kompaniya va banklar ham loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ishtirokchilariga aylangan. Dastlabki vaqtlarda bunday obligasiyalarni muomalaga chiqarish investitsiya loyihalarini boshlangich davridan moliyalashtirish uchun yemas, balki bankdan olingan loyihaviy kreditni qayta moliyalashtirish maqsadida amalga oshiradilar yedi. 90 yillarning o‘rtalaridan bu obligasiyalar investitsiya loyihalarini boshlang‘ich davridan moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilmokda. Rivojlanayotgan davlatlarda loyihaviy moliyalashtirish o‘z xususiyatiga yega, yaʼni ko‘p hollarda ular konsyessiya shartnomasiga asoslanadi. Bu shartnomanining mazmuni shundan iboratki, konsessioner (loyihachi kompaniya) kelishilgan davr mobaynida (20, 30 va undan ortiq yillarga) investitsiya faoliyatining obʼektini qurish, moliyalashtirish, boshqarish va xizmatini tashkil etish bilan bog‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. So‘ng esa obʼekt davlatga (davlat korxonasi) topshiriladi. Konsessiya davrida konsessioner obʼektdan foydalanib daromad oladi, investitsiya loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlarini qoplaydi. Loyihalarni moliyalashtirishning bunday usuli so‘nggi vaqtlarda sanoati rivojlangan davlatlarda ham ko‘p infratizimli loyihalarni moliyalashtirish chizmasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Demak, loyihaviy moliyalashtirishda turli investor va kreditorlarning mablag‘lari ishtirok etishi mumkin, yaʼni mablag‘larning sindikatlashuvi ro‘y beradi. SHu jihatdan ham loyihaviy moliyalashtirishni sindikatlashgan kreditlashtirish deb atashimiz ham mumkin. Hozirda yevrokredit bozorida harakat qiluvchi bank sindikat va konsorsiumlarining loyihalarni moliyalashtirishdagi roli kundan kunga o‘sib bormoqda. Respublikamizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ham yevrokreditlar va boshqa rivojlangan chet davlat banklarining kreditlari, xorijiy investorlarningmablag‘lari, respublika aksiyadorliktijorat va xususiy banklarining kreditlari ishtirok yetmokda. Bir loyihani amalga oshirishga yo‘naltirilgan moliyalashtirishning barqaror turi (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) sindisiyalashgan kredit deb ataladi. Bu kredit turi loyihani bir kreditor tomonidan moliyalashtirish uchun talab qilinadigan resurslar xajmini taʼminlashning iloji bo‘lmaganda yoki kreditor uchun yehtimoli bo‘lgan risk darajasi, qabul qilinishi mumkin bo‘lganidan bir necha marta ortib ketadigan bo‘lsa, qo‘llaniladi. Sindisiyalashgan kreditlash o‘tish iqtisodistiga yega bo‘lgan mamlakatlarda xar bir kreditor uchun alohida kredit risklarini pasaytirib, jiddiy muammolarni hal qilish imkoniyatlarini beradi. Sindisiyalashgan kreditlash asosida tashkil etiladigan loyihaviy moliyadashtirish resurslar bazasi sifatini baholashni nazarda tutali. Bu baholash resurslarni jalb etish narxlarini, resurslardan foydalanish muddatlari, jalb qilingan mablag‘larni ko‘yish va koplanish davri, rentabellik darajasi va ularniig sifatiga ichki hamda tashqi omillar majmuining taʼsirini aniqlash asosida o‘tkaziladi. Loyihaviy moliyalashtirish, odatda, jahondagi turli mintaqalarda qo‘shma korxonalar, ular sho‘ʼbalarini tashkil qilish maqsadida ulkan xarajatlarni moliyalashtirishni nazarda tutadi. Bunda loyihalarni moliyalashtirish asosiy faoliyatdan alohida, xarajatlarni moliyalashtirish uchun katta mablag‘larni jalb etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Loyihaviy moliyalashtirishning bunday mexanizmi yordamida kreditlash risklari minimallashtiriladi. Loyihaviy moliyalashtirishda qarz bevosita loyiha tashabbuskoriga yemas, balki sindinirlashtirilgan kredit ishtirokchilari nazoratida bo‘lgan institutga beriladi, u esa o‘z navbatida mablag‘larni loyihani amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan sho‘ʼba korxonaga yoki qo‘shma korxonaga o‘tkazadi. Sindisiyalashgan kreditni beruvchi institut, odatda, loyiha natijasi bo‘yicha mahsulotni kelajakda yetkazib bsrish hisobidan avans to‘lovlarni amalga oshiradi. Bu mahsulotni kontrakt bo‘yicha moliya institutidan bosh (ona) kompa-niyaning boshqa korxonasi sotib oladi. Shunday qilib, loyihaviy moliyalashtirishda sindisiyalashgan kreditni jalb qilish murakkab o‘zaro majburiyatlarni va oxir-oqibat bosh kompaniyaning yoki uning asosiy sho‘ʼba kompaniyalaridan birining bevosita majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Bunda, sindisirlashtirilgai kredit ishtirokchilari qarzni qoplash uchun moddiy kafolatlar etishmay qolgan hollarda risklarni o‘zaro taqsimlash to‘g‘risida kelishib oladilar va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarning belgilangan qismini o‘z zimmalariga oladilar. Korporativ manfaatlarni ko‘zlaydigan tomon (bosh kompaniya) o‘zining boshqa aktivlari bilan qarz uchun javob bermaydi. Bosh kompaniyaning balansida ushbu zayom qarz ko‘rinishida qayd qilinmaydi. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling