O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-mavzu. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish
Nazorat uchun savollar:
Tadbirkorlik faoliyatida lizingning afzalliklari. Lizingning iqtisodiy mohiyati va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasida lizing amaliyotining xuquqiy asoslari. Lizing turlari mohiyati va ahamiyati. Moliyaviy lizing va operativ lizingning farkli jixatlari. Sublizing xaqida tushuncha. Kredit operatsiyalariga nisbatan lizing operatsiyalarining afzalliklari. Lizing shartnomalarini tayyorlash bosqichlari. 13-mavzu. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish Reja: 1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tushunchasi. 2. Investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirish xususiyatlari. 3. Sindikasiyalashtirilgan kreditlarni tashkil etish. Tayanch iboralar: investitsiya loyihasi, investitsiya g‘oyasi, loyiha sikli, konsepsiya, loyihaviy moliyalashtirish, sindikatlashgan kreditlar. 1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tushunchasi. Investitsiya loyihasi tushunchasi uning yo‘naltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, obʼektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qaralishi mumkin. To‘liq shakllangan, yakuniga yetgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi: investitsiya g‘oyasini shakllantirish; investitsion imkoniyatlarni tadqiq etish; investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash; shartnoma xujjatlarini tayyorlash; loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash; qurilish-montaj ishlari; obʼektni ishga tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) monitoringini olib borish. Investitsiya loyihasi o‘z maqsadi, yo‘nalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga yega bo‘lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy, yekologik, iqtisodiy jihatdan to‘liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi. Investitsiyalash nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini tanlab olish va amalga oshirish uslubiyoti va uslubiyotini ishlab chiqish masalalari goyat muhim hisoblanadi. Jahon amaliyotida faqat xayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadigan va keng tarqalgan investitsiya loyihalari sikli konsepsiyasi mavjud. Loyihalarni boshqarish uslubiyotining «loyiha sikli konsyepsияси» va «loyiha tahlilи» ko‘rinishlarida keng tarqalgan. Ushbu konsepsiyalar investitsiyalarning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda pul oqimlarini vaqtli qiymati konsepsiyasi asosida tashkil etiladi. Loyihalarning ko‘lami, tuzilmasi, resurslari, qiymati va boshqalarga qarab ularni boshqarishning maxsus usullariga ehtiyoj ortib boradi. Boshqarish aslida qo‘yilgan maqsadlarga yerishish vazifasini, loyihani amalga oshirish muammolarini bartaraf qilish, huquqlar va masʼuliyatlarni jamlash vazifalarini ko‘zlaydi. Iqtisodiyotlarning globallashuvi va integrasiyalashuvi, loyihalarni amalga oshirishda chet ellik sheriklar, turli subʼektlar, moliya institutlarining ishtirok etishi, ular xarakatlarini va faoliyatlarini muvofiqlashtirishni talab yetadi. «Loyiha» deyilganda butun dunyoda, resurslar va vaqt birligi bilan cheklangan, nazariy ishlanmalar bilan asoslangan va «loyiha sикли» konsepsiyasi ko‘rinishida taʼriflangan belgilangan jarayonni tayyorlash va maqsadli faoliyatni amalga oshirish tushuniladi. Loyiha sikli loyihani tayyorlash, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, amalga oshirish (mo‘zokaralar, bajarish) va baholash bosqichlarini, shuningdek loyihani amalga oshirish natijalarini baholash mumkin bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p nuqtai nazarlar va mezonlarni qamrab oladi. Loyihaning hayotiy yo‘li loyiha siklini yaratadigan, muayyan izchillikdan iborat bo‘lgan o‘ziga xos bosqichlarga yega. Loyiha bazaviy modelga (Baum sikli) yoki DRMS sikli (Develorment Rgojest Manajment Setrge), Rondinelli sikli, Gudman va Lav sikliga (Integrasiyalashgan loyihaviy rejalashtirish va boshqarish sikli), YUNIDO (United Nations Indastrial Development Organization) diagramma-tizimi, Mak Artur diagrammasiga yega bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan loyiha sikllarida o‘zaro o‘xshash tomonlar ko‘p, lekin ularning har birida o‘ziga xos maqsadlarni ko‘zlaydi. Ularning hammasida faoliyatning siklik xarakteri to‘g‘risidagi g‘oya ilgari suriladi, shu bilan birga turli tuman va ayni paytda o‘zgarib turadigan fikrlar yangi maʼno kasb yetadi. Loyiha, birinchidan, maqsadli yo‘naltirilgan faoliyat, ikkinchidan, bu faoliyat vaqt birligi va resurslar bilan deyarli cheklangan, uchinchidan esa, undan keladigan naf qilingan xarajatlardan doimo ortiq bo‘ladi. SHunki, kelajakdagi daromadlar bugungi pul qiymatlari bilan o‘lchangan bo‘lib, zamonaviy xarajat oqimlaridan yuqori bo‘lishi nazarda tutiladi. Investitsiya loyihasi o‘zaro bokliq bo‘lgan tadbirlar maj-muidan iborat bo‘lib, cheklangan davr davomida, belgilangan byudjst hisobidan, qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga qara-tilgan aniq maqsadni nazarda tutadi. YAʼni, investitsiya loyihalari boshqa tadbirlardan quyidagilar bilan ajralib turadi: Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling