O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Xarid haqidagi forvard kelishuv


Download 483.74 Kb.
bet76/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

Xarid haqidagi forvard kelishuv. Forvard xarid haqidagi oddiy kelishuvni moliyalashtirishda, kreditor etkazib berilmagan yoki yaratilmagan minerallar yoki boshqa resurslarni sotib olish uchun kredit beradi. Loyiha ishga tushgandan keyin va minerallar qazib olinishi boshlangandan keyin, kreditorlar qarzni o‘zish jadvaliga muvofiq keladigan miqdorni olish huquqiga yegalar.
Forvard shartnomalaridan olinadigan daromadlar qatʼiy foizga va barqaror tushumga yega yemas. SHunki ulardan olinadigan daromadlar bitim valyutasining spot kursini o‘zgarishiga bog‘liq.
G‘arbiy Evropadagi bir qator tijorat banklari, shu jumladan, Doyche bank faoliyatida forvard shartnomasidan foydalanish tajribalari shuni ko‘rsatdiki, agar forvard kursi spot kursidan yuqori bo‘lsa, bank forvard shartnomasi bo‘yicha sotib olinadigan miqdordagi valyutani bitim imzolanishi bilan spot sharti bo‘yicha sotadi va baholovchi valyutada olingan tushumni shartnoma muddati tugagunga qadar boshqa bankka muddatli jamg‘arma sifatida joylashtiradi. Bunda forvard shartnomasi bo‘yicha sotib olinayotgan valyuta muddatli depozit shaklidagi valyuta rezervlari hisobidan to‘lanadi.
Agar forvard kursi spot kursidan kichik bo‘lsa, bank shartoma bo‘yicha sotib olinayotgan valyuta miqdoridagi mablag‘ni kreditga beradi. Odatda kreditni qaytarish muddati forvard shartomasining tugash muddatiga mos keladi.
Agar bitim valyutasi va baholovchi valyuta bo‘yicha foiz stavkalari teng bo‘lsa va bu tenglik o‘zoq vaqt davom yetadiganligiga treyder ishonsa, unda forvard kursi darajasida bo‘ladi. Bunda treyder ikki mamlakatdagi foiz stavkalarining shu davrgacha bo‘lgan holatini tahlil qiladi va shunga qarab ustama yoki diskontning darajasini aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritishning yangi qoidalari va hisob varaqlari rejasiga ko‘ra, Markaziy bank forvard shartomalarini muddatidan qatʼiy nazar hisobotlarda qayta baholash natijalarini aks yettirishni talab qilmoqda. Ushbu talabnomaga ko‘ra, bank forvard shartomasi qiymatini qayta baholashi zarur.
Aytaylik, forvard shartomasi uch oyga tuzilgan, yaʼni 10 sentyabrda tuzilgan bo‘lib, 10 dekabrda tugaydi. Bank 1 oktyabr holatiga Markaziy bankka hisobot topshiryapti deylik. Ushbu hisobotda u mazkur shartnoma bo‘yicha foyda va zarar summasini aniqlaydi. Buning uchun sotib olinishi lozim bo‘lgan valyutaning hisobot davridagi kurs bo‘yicha so‘mdagi yekvivalenti uning forvard kursi bo‘yicha so‘mdagi yekvivalenti bilan solishtiramiz. Agar foyda hosil bo‘lsa, u quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali- foyda schyotiga olib boriladi:
Debet 16901 Ryealizasiya qilinmagan foyda - forvard valyuta kursi 100000 so‘m.
Kredit 45405 Forvard (opsion) fyuchers valyuta bitimlari bo‘yicha foyda 100000 so‘m.
Demak, yuzaga kelgan foyda summasi asosiy foyda schyotiga kirim qilanadi. Bizning fikrimizcha, bu maqsadga muvofiq yemas. SHunki hali bank balansi bo‘yicha hech qanday mablag‘lar harakati sodir bo‘lmadi. Bundan tashqari, Markaziy bank xohlagan vaqtda forvard operasiyalari bo‘yicha zarar summasini aniqlash imkoniyatiga yega.

Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling