O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Bond (inglizcha bond)  tovarning bojxona to‘lovlari to‘lanmasdan oldingi holati. Byudjet


Download 483.74 Kb.
bet79/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

Bond (inglizcha bond)  tovarning bojxona to‘lovlari to‘lanmasdan oldingi holati.
Byudjet  1) qonunchilik yo‘li bilan tasdiqlangan va muayyan muddatga mo‘ljallangan davlat daromadlari va xarajatlari ro‘yxati; 2) davlat, korxona yoki fuqaroning muayyan davrda kutilayotgan daromadlari va xarajatlari.

V


Vaqtinchalik qiymat  buyumning haqiqiy qiymatiga nisbatan auksionda belgilangan bahoning ortib ketishi.

G


Garov  biron bir yuridik yoki jismoniy shaxsning boshqa bir shaxsga mol-mulkini yoki unga bo‘lgan huquqini majburiyatlarni taʼminlash uchun unga berib qo‘yish. Bunga ko‘ra qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda kreditor (qarz beruvchi, yaʼni garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talablarini garov mulk qiymati hisobidan boshqa kreditorlarga nisbatan imtiyozli suratda qanoatlantirishga haqli bo‘ladi. Garovga oluvchi o‘ziga topshirilgan mulk uchun javobgar sanaladi.
Garov shartnoma yoki qonunga asosan yuzaga keladi. Garov zaklad, ipoteka yoki huquqlarni garovga qo‘yish tarzida amalga oshishi mumkin. Garovga qo‘yuvchi va garovga oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma hamda qonun aktlari asosida tartibga solinadi.

D


Dalolatnoma  muayyan dalil faktning yuz berganligini tasdiqlash maqsadida tuziladigan yuridik hujjat bo‘lib, huquqlar va majburiyatlar vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbo‘zarlik harakatlari, moliyaviy va boshqa nazorat natijalari to‘qrisida hamda boshqa hollarda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma to‘zish tartibi, uning mazmuni va unga qo‘yiladigan talablar qonuniy aktlarda belgilab qo‘yiladi.
Debitor  korxona, muassasa, tashkilotdan qarzdor bo‘lib qolgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Xo‘jalik amaliyotida olingan mahsulot uchun pul to‘lamagan, veksel yuzasidan to‘lovni amalga oshirmagan veksel beruvchi shaxs, tijorat kreditini olib, to‘lovni amalga oshirmayotgan tashkilot va boshqalar.

Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling