O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Tratta ko‘chiriladigan veksel. F
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
Tratta ko‘chiriladigan veksel.
F Forveyting (franso‘zcha a forfait yaxlit, umumiy summa) savdo operatsiyalarini kredit bilan taʼminlashning o‘ziga xos shakli. Unga ko‘ra tovar uchun berilgan va xaridor tomonidan aksentlangan veksellarni tovar sotuvchidan sotib olinadi, sotuvchi sotgan tovari uchun pul olish bo‘yicha o‘z talablarini vekselni sotib olgan kredit muassasasiga o‘tkazadi. Sotuvchiga mahsulot bahosi muayyan foiz ushlab qolingani holda darxol va to‘la hajmda to‘lanadi. Xaridor esa odatda olti oy davomida kredit muassasasi bilan hisob-kitob qiladi. Forveyting sotuvchi debitorlik qarzlarining kamaytirilishiga, moliyaviy ahvolning yaxshilanishiga yordam beradi. SH SHegirma (skidka) tuzilgan shartnomalarga muvofiq tovar (ish, xizmat) dastlabki bahosining kamaytirilishi. Tomonlar kelishuviga ko‘ra, muayyan foyda olish imkonini vujudga keltirish maqsadida qo‘llaniladi. SHegirmalarning quyidagi turlari uchraydi: oddiy, murakkab, ulgurji narxlar bo‘yicha, dilerlik, bonusli, maxsus, naqd pul to‘langanligi uchun, bitim shartlaridan chetga chiqilganligi uchun belgilanadigan va boshqa ko‘rinishlari mavjud. SHegirmalar muayyan obʼektiv sharoitlar tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan ortiqcha harajatlarni qoplash, hamkorlikni davom yettirishga raqbatlantirish, foyda olish imkonini berish maqsadlarida qo‘llaniladi. SH SHartnoma (kontrakt, bitim) muayyan yuridik oqibatlar, uni to‘zuvchi shaxslar uchun maʼlum huquqlar, majburiyatlar hamda javobgarliklar keltirib chiqarishga qaratilgan o‘zaro kelishuv. SHartnomalar o‘z shakliga ko‘ra og‘zaki yoki yozma bo‘ladi. Og‘zaki shartnomalar qonunda ko‘zda tutilgan hollarda fuqarolar o‘rtasida, ayrim hollarda fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladi. YUridik shaxslar o‘rtasida xo‘jalik muomalasiga talluqli masalalarda tuziladigan shartnomalar albatta yozma bo‘lishi, muayyan shartlarni, zarur rekvizitlarni nazarda tutishi lozim. SHartnomada uning tomonlari, tuzilayotgan vaqti-joyi, shartnoma predmeti, bahosi, umumiy qiymati, mahsulot (ish, xizmat) sifati, ijro etish usuli, hisob-kitob qilish tartibi, bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari va boshqa masalalar ko‘rsatilishi lozim. SHartnoma tegishli vakolatga yega bo‘lgan shaxslar tomonidangina imzolanishi mumkin. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling