O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet132/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Sintaktik prinsip. Bu prinsip bob, abzats, gap boshidagi birinchi so‘zning bosh harf bilan boshlanishi kabi holatlarni me‘yorlashtiruvchi qoidalarni belgilaydi.

Orfografiyaning semantik-uslubiy va sintaktik prinsiplari V.F. Ivanovaning ""Принципы русской орфографии" monografiyasida maxsus yoritilgan, ammo o‘zbek tilshunosligida bu masala hali yetarli tadqiq etilmagan.
Lotin-o‘zbek yozuvi imlo qoidalarining shakllantirilishida fonetik, fonematik va morfologik prinsiplarga ko‘proq amal qilingan.
Tekshirish savollari
1.Orfografiya nima? Orfografiya atamasining qanday ma‘nolari bor?
2.Orfografiya bilan grafika o‘rtasida qanday tafovutlar bor?
3.Orfografiya prinsiplarining mohiyatini qanday tushunasiz?
4.Imlo qoidalarining tuzilishi qanday prinsiplarga tayanadi?

  1. Fonetik va fonematik (fonologik) prinsiplar qanday farqlanadi?

  2. Morfologik prinsipga asoslangan qoidalarning mohiyatini qanday tushunasiz?

  3. Grafik prinsip qanday qoidalarga asos bo‘lgan?

  4. Tarixiy-an‘anaviy prinsip asosida qanday qoidalar yuzaga kelgan?

  5. Differensiatsiya yoki simvolik prinsip asosida tuzilgan qoidalarning mazmun-nohiyatini qanday tushunasiz?

10.Shakliy-an‘anaviy prinsip yozuv me‘yorlarini qanday belgilaydi?
11.Semantik-uslubiy va sintaktik prinsiplar haqida nimalarni bilasiz?
Tayanch tushunchalar
Orfografiya (grek. Orthos- "to‘g‘ri"+grapho - "yozaman") - muayyan til yozuv sistemasining to‘g‘ri yozishni belgilaydigan qoidalari tizimi.Tilshunoslikning imlo qoidalari xususida bahs yurituvchi bo‘limi ham orfigrafiya deb ataladi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling