O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet31/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Rekursiya - artikulatsiyaning uchinchi bosqichi (talaffuzning qaytishi).
Perseptiv aspekt - fonetikaning eshitish va his etish bilan bog‘liq jarayonlarini o‘rganuvchi aspekti.
Lingvistik-funksional aspekt - fonetikaning yuqori bosqichi. U fonetik birliklarning til mexanizmidagi rolini, demak, ijtimoiy mohiyatini o ‘rganadi.
Adabiyotlar: 10 (18-24. 24-33), 15 (5-16), 16 (27-38), 21 (5-8), 16 (27-38),21 (5-b.) 28(9­10),29 (10-11) 33(53-54-b.).

  1. Fonologiya

Fonologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning tovush materiyasi taraqqiyo tini va shu materiyaning fonologik sistemaga uyushish qonuniyatlarini hamda tildagi vazifalarini tadqiq qiladi.
Fonologiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, u o‘z obyektini semiologik aspektda (semantik darajadagi birliklarni farqlovchi belgilar tizimi sifatida) o‘rganadi,uning ilmiy-nazariy umumlashmalari dialektik fikrlashning asosiy qonunlari va dialektika kategoriyalariga tayanadi.
Tilshunoslikda fonologiya ikki turga - segmental fonologiya va supersegmental fonologiyaga ajratiladi.
I.Segmental fonologiya tilning segment fonemalari bilan shug‘ullanadi, shunga ko‘ra u fonemika (yoki fonematika) deb ham ataladi.
I z o h: fonemalar so‘z tarkibida birin-ketin joylashadi, o‘zaro zanjirsimon ulanib keladi, ayni shu xususiyat fonemalarning segment birliklar ekanligini belgilaydi.Masalan, a+ t+ l+ a+ s > atlas, k +a+ t+ t+ a > katta kabi.
2.Supersegmental fonologiya tilning supersegment birliklari - sillabema, aksentema , intonema va ularning prosodik elementlari masalalari bilan shug‘ullanadi, shunga ko‘ra uprosodiya (yoki prosodika) deb ham yuritiladi.
I z o h: supersegment birliklar til va nutqda ustama hodisa sifatida ishtirok etadi. Masalan, aksentema (so‘z urg‘usi, sintagma urg‘usi, ayiruv urg‘usi) yoki intonema (ohang, uning turlari, prosodik elementlari) shu xususiyatga ega: yangi (sifat: —yangi xabar") - yangi (ravish: “yangi kelib keldi") kabi. Bu ikki so‘zning ma’nolarini farqlashda so‘z urg‘usi ustama hodisa (supersegment fonema) sifatida ishtirok etgan. Intonema, uning prosodik elementlari (ton balandligi, cho‘ziqligi, kuchi, temp, tembr va boshqalar) esa gapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini faqlashda ustama hodisa (supersegment fonema yoki supersegment morfema) sifatida qatnashadi.
Fonologiyaning xulosalari fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va perseptiv aspektlarida to‘plangan tajriba va ma’lumotlarga asoslanadi.Bu hol ham fonologiya bilan akustik fonetika, artikulatsion fonetika va perseptiv fonetika o‘rtasida uzviy aloqa borligidan dalolat beradi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling