O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
prof. Sh.U. Rahmatullayev
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- prof. V.V. Reshetov
- Prof. A. Abduazizovning
prof. Sh.U. Rahmatullayev ham o‘zbek tili undoshlarini 24 ta deb hisoblaydi va ularni shovqin tovushlari (p, f, t, s, sh, ch, k, q, x, h, q =10 ta), ovozli tovushlar (b, v, d, z, j, dj, g, g‘ = 8 ta) hamda ovozdor tovushlar (y, m, n, ng, l, r = 6 ta) degan guruhlarga ajratadi. Qorishiq "ts" undoshi bu tizimda ham hisobga olinmagan.
Sh.U. Rahmatullayev yuqoridagi guruhlarni quyidagicha tavsiflaydi: shovqin tovush tarkibida faqat shovqin qatnashadi. Ovozli tovushning asosini shovqin tashkil qilib, biroz ovoz ham qatnashadi; ovozdor tovushda esa ovoz shovqindan ustun bo‘ladi. Tovushlarning shovqin tovush va ovozli tovush turlari hosil bo‘lish usuliga ko‘ra portlovchi, sirg‘aluvchi, qorishiq (portlovchi-sirg‘aluvchi) deb uchga guruhlanadi; ovozdor tovushlar ham (—y” sirg‘aluvchisidan tashqari) asli portlovchi tovush bo‘lib, har birining o‘ziga xos qo‘shimcha belgi-xususiyati mavjud. Bu tovushlardan beshtasi - lab tovushlari, qolganlari - og‘iz tovushlari; og‘iz tovushlaridan bittasi - og‘iz-bo‘g‘iz tovushi, uchtasi - og‘iz-burun tovushi; qolganlari - sof og‘iz tovushlari; og‘iz tovushlarining bittasi - til o‘rta, beshtasi - til orqa (ikkitasi - sayoz til orqa, uchtasi - chuqur til orqa) tovushlari; qolgan ko‘pchilik tovushlar - til oldi tovushlari. Ko‘rinadiki, tovushlarning hosil bo‘lishida tilning old qismi, aniqrog‘i - tilning uch qismi faol qatnashadi. Shovqin to‘sig‘i jihatidan ikki tovushda (j,sh) asosiy to‘siqdan tashqari, qo‘shimcha to‘siq ham mavjud. Tarkibi jihatidan ch, dj, ng tovushlari qorishiq (ikki tovush qotishmasiga teng: ch = tsh, j=dj, n=ng ). Undosh tovushlarning yuqoridagi tasnifini Sh.U. Rahmatullayev quyidagi jadval tarzida ifodalaydi:
I z o h: qo‘shimcha to‘siqli tovushlar o‘rta qavslarga, og‘iz-burun tovushlari kichik qavslarga olingan. Sh. Rahmatullayevning fikriga ko‘ra, jadvalda aks ettirilgan tovushlar bir butun holda tizim ham, tuzum ham hosil etmasligi ochiq ko‘rinib turibdi. Shunga qaramay ikki a'zoli mikrotuzum hosil etuvchi tovushlar mavjud: p-b, f-v, t-d, s-z, sh-j, k-g, x- g‘, ch-dj. Bu juft tovushlar o‘zaro bir jihatdan - tarkibida ovoz qatnashmasligi yoki qisman qatnashuvi jihatidan farqlanadi, boshqa belgi-xususiyatlari o‘zaro bir xildir. prof. V.V. Reshetov o‘zbek tili undoshlarini 25 ta deb hisoblaydi va ularni quyidagi belgilar asosida tasnif qiladi. Lab undoshlari: f, v, p, b, m (barchasi lab-lab undoshlar, ammo "v" ning lab-tish ko‘rinishi ham bor, u asosan ruscha o‘zlashmalarda qo‘llanadi). Til oldi undoshlari: s, z, sh, j, t, d, ch, n, l, r. Til o‘rta undoshi: y Til orqa undoshlari : a) sayoz til orqa undoshlari: k , g, ng. b) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x. Bo‘g‘iz undoshi: h. Qorishiq "ts". Bu undoshlar jadvalda quyidagi tartibda joylashtirilgan:
V.V. Reshetov tavsnifida: 1) lab undoshlarining barchasi lab-labdir, ammo ruscha o‘zlashmalarda "v"ning lab-tish ko‘rinishi ham mavjud: vagon, vino, velosiped kabi so‘zlarda; 2) sirg‘aluvchi "f" va "v"lar mustaqil fonemalar sanaladi; 3) o‘zbek tili fonemalari qatorida qorishiq "ts" ham bor; 4) "m" tovushi "b" ning fakultativ varianti tarzida ham uchrab turadi: bunday // munday, bo„yin//mo„yin, burun//murun kabi; 5) "b" intervokal holatda "v" ga o‘tib turadi: toboq>tovoq, chibin>chivin kabi; 6) jarangli "b" so‘z oxirida jarangsizlanadi: kitob>kitop, javob>javop, olib>olip kabi; 7) "q" undoshi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar oxirida intervokal holatda bo‘lsa, sirg‘aluvchi "g‘" ga o‘tadi: o„rtoq> o„rtog„im, qishloq>qishlog„imiz kabi; 8) "ts" undoshi faqat ruscha o‘zlashmalar tarkibida qo‘llanadi. Prof. A. Abduazizovning ishlarida ham o‘zbek tili konsonantizmida 25 ta undosh borligi ta'kidlanib, shulardan f, j, ts fonemalari rus tilidan o‘tganligi aytiladi. "Tildagi fonemalar sonini ularning bir o„rinda ikki so„z yoki morfemani bir fonologik birlik yordamida farqlay olishi (L.V. Shcherba, bunday so„zlarni "kvaziomonim"lar, boshqalar esa, "minimal juftlikdagi so„zlar" deb atashadi) orqali belgilash doim aniqlikka olib kelmaydi... Agar tilda fonemalar oppozitsiyasini namoyon etuvchi minimal juftlikdagi so„zlar topilmasa, u fonemalarni fonologik sistemadan o„chirish mumkin emas",- deydi u o‘z ishlaridan birida. Bunday xulosaga kelishda A. Abduazizov prof. L.R. Zinderning fonemaning vazifasi faqat so‘z va so‘z formalarini farqlashda emas, balki tildagi birliklarni "tanib olishda" hamdir, degan fikriga tayanadi. Shundan kelib chiqib, A. Abduazizov rus tilidan o‘tgan so‘zlarning strukturasini ular tarkibidagi f, j, ts fonemalari orqali tanib olish mumkinligini aytadi. Shu asosda bu undoshlarni o‘zbek tili fonemalari qatoriga kiritadi. A. Abduazizov o‘z ishida undoshlarning fonologik tasnifini beradi. Bunday tasnifda undoshlarning barcha artikulatsion-akustik xususiyatlari ichidan bir fonemani boshqa fonemadan farqlash uchun xizmat qiluvchilarini (ya'ni farqlanish belgilarini) tanlab oladi. Ma'lumki, fonologik tasnifda fonemalar paradigmatik va sintagmatik jihatdan qaraladi. Paradigmatik tomondan fonemalar bir-biriga oppozitsiya (zidlanish) sifatida qarama-qarshi qo‘yiladi. Ayni shu zidlanishga asos bo‘lgan farqlovchi belgilar tildagi birliklarni (so‘zlarni, morfemalarni) ham farqlash uchun xizmat qiladi. A. Abduazizov fonemalardagi paradigmatik xususiyatlardan kelib chiqib, o‘zbek tili undoshlarining quyidagi oppozitsiyalari borligini ko‘rsatadi: Artikulyasiya o‘rniga ko‘ra : Labial (lab-lab, lab-tish) va til oldi, tish (dorsal) undoshlari oppozitsiyalari: p-t, b-d, m-n, f-s, v-z. Tish-alveolar oppozitsiyalari: s-sh, z-j, ts-ch, d-dj. Keyingi oppozitsiyada ( d-dj zidlanishida) yana bir belgi - portlovchi affrikata ham farqlanadi. Labial-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: p-k, b-g, f-x, v-g‘, p-q (oldingi ikki oppozitsiyada velar emas-velar, keyingi uchtasida uvular emas-uvular belgilari fonologikdir). Tish-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: t-k, d-g, s-x, z-g‘, n-ng. Bu oppozitsiyalarning birinchi ikkitasi velar emas-velar, keyingi uchtasi uvular emas- uvular belgilari bilan farqlanadi. Alveolyar-til orqa (uvular) undoshlari oppozitsiyalari: sh-x, j-g‘ (jurnal so‘zidagi sirg‘aluvchi "j"). Bu oppozitsiyalarda uvular emas - uvular belgilari fonologikdir.Til orqa (uvular)-faringal (uvular emas) oppozitsiyasiga yakkalangan x- h kiradi: xol-hol, xam-ham kabi. Yuqoridagi oppozitsiyalar zanjirsimon ulangandek bog‘lanishda bo‘lib, umumiy bir butunlikni tashkil etuvchi belgi, ya'ni integrativ belgi bilan izohlanadi. Fonemaning sistema yasovchi faol birlik ekanligi uning bir butunlikda ushlab turuvchi integrativ funksiyasi tufaylidir. O‘zbek adabiy tili undoshlari quyidagi zanjirsimon oppozitsiyalarni tashkil etadi: p-t-k, b-d-g, f-s-x-h, v-z-g‘. Bu oppozitsiyalarda labial-til oldi (tish va alveolar) - til orqa (velar, uvular) - bo‘g‘iz undoshlari ishtirok etgan. Boshqa zanjirsimon oppozitsiyalar m-n-ng, f-s-sh- x, v-z-j-g‘ bo‘lib, ular ham yuqoridagi artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra farqlanish belgilariga asoslanadi. Zanjirsimon oppozitsiyalar uch yoki to‘rt guruhdan (a'zodan) iborat. O‘zbek tilida artikulyatsiya o‘rni, usuli va jarangliligiga ko‘ra "y" yakka qoladi va hech qanday oppozitsiyaga kira olmaydi, chunki "y" dagi "til o‘rta palatallik (yumshoqlik)", "jarangli-jarangsiz jufti yo‘q" belgilari boshqa biror fonemada uchramaydi. "Y" so‘z boshi va o‘rtasida aniqroq, lekin so‘z oxiri va intervokal holatda "i" unlisiga yaqinlashadi, ya'ni vokalizatsiya qilinadi: yo„l, oydin, uyim, Navoiy kabi. II.Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra. Bu belgi asosida undoshlarning quyidagi korrelatsiyalari ko‘rsatiladi: Portlovchi-sirg‘aluvchilar korrelyasiyasi: p-f, b-v, t-s, d-z, k-x, g-g‘, q-h. Keyingi uch oppozitsiyada (k-x, g-g‘, q-h zidlanishlarida) velar-velar emas, uvular- uvular emas belgilari bor. Bu belgi bo‘yicha tuzilgan boshqa oppozitsiyalar ekvipolent, ya'ni ikki belgiga asoslangandir: t-sh, d-j. Bular "tish-alveolar" hamda "portlovchi-sirg‘aluvchi" belgilari bilan farqlanadi. Portlovchi-affrikata oppozitsiyalari quyidagilar: t-ch, t-ts, d-dj. Sirg‘aluvchi-affrikata oppozitsiyalari: sh-ch, j-dj. Portlovchi-og‘iz sonantlari: d-l, d-r. Portlovchi-burun sonantlari: b-m, d-n, g-ng. Sirg‘aluvchi-og‘iz sonantlari: z-l, j-r. Og‘iz sonanti-burun sonanti: v-m, l-n, r-n. Yon sonant-titroq sonant: l-r (yakkalangan oppozitsiya. U ko‘pgina tillarda shunday holatdadir). Jarangli-jarangsiz (kuchli-kuchsiz) belgisiga ko‘ra: Bu belgi asosida o‘zbek tilida sakkiz nafar (sakkiz juft) fonema quyidagi korrelatsiyani hosil qiladi: b-p, f-v, t-d, k-g, s-z, sh-j, ch-dj, x-g‘. Korrelatsiyaning barcha jarangsiz a'zolari - markersiz, hamma jarangli a'zolari esa markerli qatorlarni hosil etadi. Sonantlar (m, n, r, l, y tovushlari) aslida jarangli hisoblansa ham, bu korrelatsiyadan chetda turadi, chunki ularning jarangsiz juftlari yo‘q. Sintagmatik jihatdan qaralganda o‘zbek tilidagi jarangli va jarangsiz undoshlarning oppozitsiyalari so‘z boshidagi holatda aniq farqlanadi: dong - tong, bol - pol kabi. Demak, bunday holat jarangli va jarangsiz undoshlar oppozitsiyasidagi fonemalar uchun kuchli pozitsiya sanaladi. So‘z o‘rtasida va so‘z oxirida esa jaranglilik va jarangsizlik belgilariga asoslangan oppozitsiya yo‘qolishi mumkin. Masalan, obkash - optik (talaffuzda opkash - optik: b/p = P ), tub ("masalaning tub mohiyati") tup ("bir tup olma"), talaffuzda tup va tup (b/p= P) kabi. Neytralizatsiya natijasida tildagi ba'zi so‘zlar omofonlarga to‘g‘ri kelib qoladi: tuz tus, sud - sut, ek - eg kabi. Biroq bu omofonlar o‘zbek tilining leksik va grammatik strukturalarida o‘zgarish yasamaydi, balki kontekst yordamida ularning farqlanish funksiyasi oydinlashib turadi. Shunday qilib, A. Abduazizov o‘zbek tili undoshlarining oppozitsiyalarga va korrelatsiyalarga birlashishi ulardagi turli farqlanish belgilariga asoslanishini aytadi. Muallifning ko‘rsatishicha, o‘zbek tili konsonantizmidagi fonemalarning deyarli yarmi "markaz"da (lab undoshlari bilan til orqa undoshlari o‘rtasida) joylashgan til oldi undoshlaridir. Lab, til o‘rta,chuqur til orqa, b o‘g‘iz undoshlari (p, b, f, v, m, y, q, x,g‘,h) "periferiya"da joylashadi. "Markaz"dagi fonemalarning boshqa fonemalar bilan oppozitsiyaga kira olishi, ya'ni integrativ kuchi va valentligi ancha yuqori. Shu sababli fonologik oppozitsiyalarning ko‘pchiligi ana shu nuqtada hosil bo‘ladi. A. Abduazizov o‘z ishida yakka tovush bilan geminatalar o‘zaro qisqa va cho‘ziq undoshlar oppozitsiyasini hosil qilishi, bu oppozitsiyalar intensivlik korrelyatsiyasiga birlashishi mumkinligini aytadi (taqa va taqqa so‘zlarida bo‘lgani kabi). Bu fikr, ma'lumki, I.A. Kissen ishlarida ham uchraydi (mavzuning I.A. Kissenga oid qismiga qarang). Undoshlardagi qisqa va cho‘ziqlik belgilari masalasi D. Nabiyeva ishlarida ancha izchil yoritilgan. Shunga qaramay bu masala uzil-kesil hal qilingan deb bo‘lmaydi. . Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling