O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- "R" fonemasi
- "Sh" fonemasi
- ^(ж)" fonemasi
- "Л(Ж)"
"N" fonemasi - til oldi-alveolar, sonor, burun tovushi. So‘z boshida (nok, narsa), o‘rtasida (ona,anor) va oxirida (burun, tugun) ishlatiladi. Lab undoshidan oldin qo‘llanganda assimilatsiyaga uchrab, lab-lab "m" tarzida talaffuz qilinadi: shanba >shamba (n > m), tanbur>tambur (n >m) kabi.
—N” undoshi qadimiydir. "R" fonemasi - til oldi-tanglay, titroq, sonor tovush. So‘zning boshida (raqs, ro„mol), o‘rtasida (darak, guruch) va oxirida (xabar, agar, zarar) kela oladi. Toshkent shevasida otning "-lar" bilan qo‘llangan shaklida shu qo‘shimcha oxiridagi "r"ning tushib qolishi keng tarqalgan: kitoblar> kitobla, bolalar>bolala, akamlar>akamla, oyimlar>oyimla kabi. Talaffuzning bu shakli adabiy til me'yori sanalmaydi. Qadimgi turkiy tilda "r" fonemasi so‘z boshida qo‘llanmagan. "Sh" fonemasi - til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. So‘zning boshida (shamol, sholi), o‘rtasida (tushuncha, oSha) va oxirida (naqsh, ravish) kela oladi. Deyarli barcha pozitsiyada asosiy ottenkasi saqlanadi: go„sht, g„isht, tovushlar, tovushni, tovushdan, tushgin, tushkunlik kabi. —Sh” fonemasi qadimiydir. ’^(ж)" fonemasi - til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli undosh. So‘z boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanish holatlari faqat ruscha-baynalmilal o‘zlashmalarda uchraydi: janr, jeton, jemper, jurnal (so'z boshida); major, barja, birja (so'z o‘rtasida); blindaj, peyzaj, drenaj, ekipaj, personaj, garaj, tiraj, massaj, sabotaj, staj (so‘z oxirida) kabi. So‘z o‘rtasida qo‘llanishi tojik tilidan o‘zlashgan bir necha so‘zda ham uchraydi: mujda, gijda, ajdaho (ajdarho) kabi. Bunday pozitsiyada sirg‘aluvchi "j" qorishiq "dj" ning "d" ta’sirida o‘zgargan ottenkasi bo‘lishi ham mumkin. Bu undosh so‘z oxirida jarangsizlashadi: mas- saj>massash,drenaj>drenash, ekipaj>ekipash kabi. "Л(Ж)" fonemasi - til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangli, shovqinli undosh. Bu fonema so‘zning boshida (joy, jiyda, jo „ra), o‘rtasida (majlis, ojiz, ijozat) va oxirida (haj, avj, boj, toj, ilinj) kela oladi. So‘z oxirida bir qadar jarangsizlashib, "ch" ga yaqin talaffuz etiladi: lunj>lunch, vaj>vach, iloj>iloch, xiroj>xiroch, dilxiroj>dilxiroch kabi. So‘z ichida jarangsiz undosh bilan yonma-yon bo'lganda ham jarangsizlashadi (assimilyatsiya qilinadi): ijtimoiy> ishumoiv (j>sh) kabi. Demak, qorishiq "j(i)" assimilativ holatda yoki so‘z oxirida o‘zining asosiy bo‘lmagan (notipik) ottenkasi bilan qatnashadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling